3-maqsad: Sog‘lik-salomatlik

Somalida qizaloqcha poliomielitga qarshi og‘iz orqali emlama olyapti. YuNISEF surati

Barcha aholi sog‘lom turmush kechirishi va salomat bo‘lishini ta’minlash

Mingyillik taraqqiyot maqsadlarining qabul qilinganidan beri bolalar o‘limini qisqartirish, ona sog‘ligini yaxshilash hamda OIV/OITS, bezgak va boshqa kasalliklarga qarshi kurash sohalarida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishildi. 1990 yildan boshlab, butun dunyoda oldini olish mumkin bo‘lgan bolalar kasalliklarining tarqalishi 50 foizga qisqartirildi. Onalar o‘limi ham butun dunyo bo‘ylab 45 foizga qisqardi. 2000 yildan 2013 yilgacha bo‘lgan davr ichida OIV/OITS ni yuqtirish holatlari ham 30 foizga kamayib, 6,2 million insonnig hayoti bezgak kasalligidan qutqarildi.

Ushbu olamshumul yutuqlarga qaramasdan, hozirda har yili 6 milliondan ortiq bola 5 yoshiga yetmasdan hayotdan ko‘z yumib ketmoqda. Har kuni qizamiq va sil kabi oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklardan 16000 nafar bola vafot etyapti. Yuzlab ayollar har kuni homiladorlik davri, yoki tug‘ish bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlardan vafot etmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning qishloq joylarida yasho‘vchi ayollarning atigi 56 foizigina tajribali mutaxassislar nazorati va ishtirokida tug‘ish imkoniyatiga ega. Hozirgi kunda Sahro janubidagi hududda OIV epidemiyasi eng og‘ir muammolardan biri bo‘lib, ushbu hududda yasho‘vchi o‘smirinlarning vafot etishiga OITS kasalligi asosiy sabab bo‘lmoqda.

Ushbu kasallikdan favot etishning oldini olish yo‘llari profilaktika va davolash, ta’lim, immunizatsiya, jinsiy va reproduktiv salomatlikni ta’minlashdan iborat. Barqaror taraqqiyot maqsadlari 2030 yilgacha OITS, sil, bezgak va boshqa yuqumli kasalliklar epidemiyasini to‘xtatish borasida butun insoniyatni birlashtiruvchi omildir. Asosiy maqsad sog‘liqni saqlash tizimi barcha insonlarni qamrab olishini, har bir inson samarador tibbiy vositalar va emlash bo‘yicha xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘lshini ta’minlashda iboratdir. Ushbu maqsadga erishishda har bir insonning salomatligini mustahkamlo‘vchi yangi emlamalarni kashf etishga qaratilgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlarni olib borish ham talab etiladi.

Aholi sog‘ligi-salomatligini ta’minlash Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

3-maqsadga erishish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot.