2-maqsad: Ochlikni yo‘q qilish

YuNISEF surati

Ochlikni yo‘q qilish, ozuqaviy xavfsizlikni ta’minlash va oziqlanishni yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga yordamlashish

Oxirgi o‘n yilliklar mobaynida kuzatilayotgan yuqori sor’atli iqtisodiy o‘sish va qishloq xo‘jaligi unumdorligining oshishi tufayli yetarlicha oziqlanmaydigan aholining soni ikki barobar qisqarishiga erishildi. O‘tmishda aholisi ochlikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarning aksariyati hozirda o‘z aholisining ijtimoiy jihatdan eng ojiz bo‘lgan qatlamlarining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qodir. Markaziy va Sharqiy Osiyo, Lotin Amerika va Karib hududi mamlakatlarida ashaddiy ochlik holatlariga butunlay barham berildi.

Buning barchasi Mingyillik taraqqiyot maqsadlari dasturi doirasida erishilgan muhim yutuqlardir. Afsuzki, ushbu yutuqlarga qaramasdan, ko‘plab mamlakatlarda ochlikdan aziyat chekayotgan, yoki yarim och yurgan aholi qatlamrlari hali ham mavjudligi, mazkur mamlakatlarning rivojlanish yo‘lidagi ketta to‘siqlik bo‘lib qolmoqda. 2015 yil holatiga ko‘ra, 795 million odam hanuz doimiy ozuqaviy tanqislikdan qiynalib yuribti. Ko‘pincha bunday holatlar bevosita atrof-muhitning tanazzulga uchrashi, qurg‘oqchilik va biologic xilma-xillikning yo‘qotilishi oqibatida yuzaga kelmoqda. 5 yoshiga yetmagan 90 million nafar bola tan vazni me’yordan kam bo‘lganligi tufayli hayotdan ko‘z yumushi xavfi ostida yashab kelmoqda. Afrikada esa, to‘rtta odamdan har bittasi och yurishga majbur.

Barqaror taraqqiyot maqsadlari 2030 yilgacha barcha ko‘rinishdagi ochlik va ozuqaviy tanqislikni butunlay yo‘q qilishga, butun yil davomida barcha aholi – ayniqsa, yosh bolalar va ijtimoiy jihatdan eng ojiz bo‘lgan aholi qatlamini to‘laqonli sog‘lom ozuqa bilan ta’minlashga qaratilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun qishloq xo‘jaligi sohasida oqilona va tejamkor uslublarni hayotga tadbiq etilishi, xususan, kichik fermerlarning tirikchiligi, faoliyati va salohiyatini oshirish, qishloq xo‘jaligi yerlari, texnologiyalari, bozorlaridan teng huquqlik asosida foydalanish imkoniyatini ta’minlash talab qilinadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligining unumdorligi, hosildorlikni oshirish maqsadida xalqaro hamkorlikni rag‘batlantirib, infratuzilma va ilg‘or texnologiyalarni hayotga tadbiq etishga sarmoyalarni jalb etish ham lozim. Ushbu maqsad va qolgan 16 ta maqsadga erishilsa, 2030 yilgacha dunyoda ochlik kabi ofatdan butunlay qutulgan bo‘lamiz.

Ochlikni yo‘q qilish maqsadi Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

 2-maqsadga erishish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot.