17-maqsad: Barqaror taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik 

Janubiy Sudanda Xalqaro tinchlik kunining nishonlanishi. Surat: Isaak Billi/BMT

Barqaror taraqqiyot yo‘lidagi xalqaro hamkorlikni jadallashtirish

Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishning yagona yo‘li dunyoning barcha mamlakatlari biri-biri bilan dunyo miqyosida hamkorlik va she’riklik qilishga tayyorgarligi va bunday hamkorlikka sodiq bo‘lishiga erishishdan iborat. Boy va rivojlangan mamlakatlarning rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘rsatayotgan ko‘magining hajmi 2000 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan davr ichida 66 foizga oshgan bo‘lsada, qurolli to‘qnashuvlar va tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelayotgan ko‘plab gumanitar muammolarni hal etishga yanada ko‘proq moliyaviy yordam talab qilinadi. Bundan tashqari, rasmiy moliyaviy yordam bir qator mamlakatlarning iqtisodiyoti va savdosini rivojlantirish uchun ham zarur bo‘lib qolmoqda.

Bugungi kunda dunyo xalqlari, ularning taqdiri, farovonligi bir-biriga yanada kuchliroq bog‘lanib qolgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Insonlar aro yangi g‘oyalarning almashinuvi, innovatsiyalarning hayotga tadbiq etilishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun har bir inson yangi texnologiyalar va bilimlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishimiz talab qilinadi. Barqaror taraqqioytga erishishda rivojlanayotgan mamlakatlarni moliyaviy qo‘llash, ular o‘z qarzlarini qaytaraolishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ham boshqa tadbirlar qatorida muhim ahamiyat kasb etadi.

Barqaror taraqqiyot maqsadlari “Shimol-Janub” va “Janub-Janub” formatidagi hamkorlikni yanada jadallashtirib, barcha mamlakatlar o‘zining milliy taraqqiyot dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishiga mustahkam zamin yaratadi. Xalqaro savdo-sotiqni rivojlantirish, rivojlanayotgan mamlakatlarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar teng huquqlilik, ochiqlik, adolat tamoyillariga asoslangan, barcha tomonlarning manfaatlarini teng inobatga oluvchi va himoyalo‘vchi xaqaro savdo-sotiq tizimi va qoidalarini hayotga tadbiq etishga yordam beradi.

Xalqaro birdamlik va jipslikni mustahkamlash Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

17-maqsadga erishish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot.