16-maqsad: Tinchlik, adolat va samarador institutlar

Sudanning saylov komissiyasi mahalliy jurnalistlar uchun seminar o‘tkazyapti. Surat: Albert Gonsales Farran/BMT

Tinchliksevar va ochiq jamiyat qurishga ko‘maklashish

Tinchlik, barqarorlik, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga asoslangan samarali davlat boshqaruvi barqaror taraqqiyotning asosiy omillaridir. Biz tobora kuchayib borayotgan kontrastlar, qaramaqarshiliklar davrida yashab kelmoqdamiz. Ba’zi hududlarda tinchlik, xavfsizlik va farovonlik hukum surayotgan bo‘lsa, ba’zilari to‘xto‘vsiz ziddiyat va to‘qnashuvlar, zo‘rovonliklardan qutilolmay, aziyat chekyapti. Bunday holat tabiiy, uni o‘zgartirib bo‘lmaydi deb hisoblash katta xatodir.

Tez-tez sodir bo‘lib turadigan qurolli to‘qnashuvlar, zo‘rovonlik va beqarorlik mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishini susaytirib, uzoqqa cho‘zilib ketadigan, avloddan avlodga o‘tib yuruvchi qaramaqarshilik va to‘qnashuvlarni tug‘diradi. Qurolli to‘qnashuvlarga yuz tutgan, qonun ustuvorligi ta’minlanmagan hududlarda jinoyat, zo‘rovonlik, insonning tahqirlanishi, oyoq osti qilinishi odatiy hol bo‘lib qoladi. Bunday holatlarda mamlakatlar, avvalambor, eng katta xavf ostida qolib ketgan, himoyaga muhtoj aholiga yordam berish, ularni himoya qilishga qaratilgan choralarni ko‘rishi shart.

Barqaror taraqqiyot maqsadlari zaminida barcha ko‘rinishdagi zo‘rovonlik holatlarini kamaytirish, barcha mamlakatlar va jamoatchilikning og‘zini biriktirib, ularning sa’y-harakatlarini dunyoda mavjud bo‘lgan ziddiyat va to‘qnashuvlarga barham berish va xavfsizlikni o‘rnatishga yo‘naltirish kabi oliy maqsad yotadi. Mazkur maqsadga erishish uchun qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquqlarini ta’minlash hamda noqonuniy qurol savdosini qisqartirish va rivojlanayotgan mamlakatlarning umumjahon boshqaruvi institutlaridagi ishtirokini yanada rag‘batlantirish talab qilinadi.

Tinchlik va adolatni ta’minlash maqsadi Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

16-maqsadga erishish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot.