14-maqsad: Dengiz ekotizimlarini asrash

 BMT Martin Perret surati 

Barqaror taraqqioyt yo‘lida okeanlar, dengiz va dengiz resurslarini asrash va ulardan oqilona foydalanish

Inson hayotiga zamin yaratib beruvchi jahon ekotizimi dunyo okeanlari – ularing harorati, kimyoviy tarkibi, oqimlari bilan chanbarchas bog‘liqdir. Aynan shu sababdan butun insoniyat uchun, qolaversa iqlim o‘zgarishiga qarshi turishimiz uchun mazkur ne’matdan oqilona, tajamkorona foydalanishimiz, ularni boshqarishimiz o‘ta muhimdir.

Uch milliarddan ortiq aholining turmushi, tirikchiligi dengiz va dengiz sohilida yasho‘vchi biologik xilma-xillikka bog‘liq. Shunga qaramasdan, bugungi kunda dunyoda mavjud bo‘lgan barcha baliq zaxiralarining 30 foizidan haddan tashqari ko‘p foydalanilmoqda, vaholanki, bunday holatda baliq zahiralari qayta tiklanishga ulgurmaydi.

Shuningdek, okeanlar odamlar tomonidan havoga chiqarilayotgan karbonat angidridning 30 foiziga yaqinini o‘ziga so‘rib oladilar. Shu sababli sanoat inqilobi davri kelib, dunyo okeanlarining achish darajasi ham 26 foizga o‘sgan. Okean muhitining ifloslanishi manbalari asosan yer yuzasida joylashgan bo‘lib, hozirda okeanning har bir kvadrat kilometr maydonida 13000 qism plastik axlati topilmoqda. Okeanning bu darajada ifloslanib ketishi insoniyatni havotirga solmay qo‘ymaydi.

Barqaror taraqqiyot maqsadlari dengiz va dengiz qirg‘oqlarida mavjud bo‘lgan ekotizimlarni himoya qilish, ulardan oqilona foydalanish hamda okeanlarning achish darajasi ko‘tarilib, ushbu ekotizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishining oldini olishga qaratilgan choralarga mustahkam zamin yaratadi. Okeanlarimizni muhofaza qilish va okean resurslaridan oqilona, xalqaro huquq va bitimlarga rioya etgan holda foydalanish tizimini takomillashtirib, hozirda dunyo okeanlari duch kelayotgan muammolarni yechishga yordam berishimiz mumkin.

Okeanlarimizni asrash maqsadi Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

14-maqsadga erishish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot.