13-maqsad: Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash

Tinch okeanida joylashgan Kiribati orol davlati iqlim o‘zgarishi oldida nihoyatda ojizdir. BMT surati

Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rish

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishining salbiy ta’siriga uchramagan bironta mamlakat topilmaydi. Issiqxona gazlari hajmi tobora kattalashib, hozirda 1990 yilga nisbatan 50 foizga oshgan. Bundan tashqari, yer haroratining ko‘tarilishi iqlim tizimimizga salbiy ta’sir ko‘rsatib, orqasiga qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunday holat tezkor choralarning qabul qilinishini talab qiladi.

Bir yilda faqatgina zilzila, tsunami, tropik tsiklonlar va suv toshqinlari natijasida yuzaga keladigan o‘rtacha zarar yuzlab milliardlar dollarga tengdir. Ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘ziga yiliga 6 milliard dollar sarflanmoqda. Mazkur taraqqiyot maqsadi 2020 yilga qadar rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlimiy ofatlarning oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish uchun yiliga 100 milliard AQSh dollarini jalb etishni ko‘zda tutadi.

Dengizga chiqish yo‘liga ega mo‘lmagan va orol davlatlari kabi iqlim o‘zgarishi oldida ojiz bo‘lgan mamlakatlarning barqarorligi, mustahkamligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning ajralmas bir qismi ushbu mamlakatlarning aholisini turli tabiiy ofatlarga tayyor turishi, bunday ofatlar yuzaga kelganda jipslashib harakat qilish qobiliyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari hamda tegishli choralarni milliy qonunchilikka kiritish borasidagi ishlardan iborat bo‘lishi shart. Siyosiy iroda va keng ko‘lamdagi texnologiyalar yordamida butun yer shari iqlimining ko‘tarilishini sekinlashishiga erishishning iloji hali bor. Buning uchun butun insoniyat birgalikda harakat qilib, har tomonlama o‘lchanilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim.

Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qilish maqsadi Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

13-maqsadga erishish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot.