12-maqsad: Ma’suliyatli iste’mol qilish va ishlab chiqarish

Sudanning Darfur shahri ijtimoiy markazidagi ayollar. Surat: Albert Gonsales Farran/BMT

Oqilona iste’mol qilish va ishlab chiqarish modellariga o‘tishni ta’minlash

Iqtisodiy o‘sish va barqaror taraqqiyotga erishish uchun biz o‘zimizning ekologik izimizni qisqartirish maqsadida tovar va resurslarni iste’mol qilishimiz va ishlab chiqarishimiz modellarini o‘zgartirishimiz zarur. Qishloq xo‘jaligi dunyoda eng ko‘p suv resurslarini iste’mol qiluvchi sohalardan biridir. Dunyoda mavjud bo‘lgan ichimlik suvi zaxiralarining 70 foizi aynan qishloq xo‘jaligi tomonidan iste’mol qilinadi.

Bizining umimiy boyligimiz bo‘lmish tabiiy resurslarimizdan oqilona foydalanishimiz hamda zararli chiqindi va atrof-muhitni ifloslantiruvchi moddalarni to‘g‘ri tasarruf etishimiz mazkur taraqqiyot maqsadiga erishish uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda sanoat, biznes va iste’molchilarni chiqindar hajmini qisqartirish va ularni qayta ishlashga da’vat etishimiz, qolaversa, 2030 yilgacha davr mobaynida rivojlanayotgan mamlakatlarni oqilona iste’mol qilish modellarini tadbiq etishga undashimiz maqsadga muvofiqdir.

Hozirgi kunda dunyo aholisining kattagina qismi o‘zining eng asosiy ehtiyojlarini qondirishi uchun zarur bo‘lgandan ko‘ra ancha kamroq iste’mol qilishga majburdir. Yanada samaraliroq, tejamkorona ishlab chiqarish va iste’mol qilish modellarini, tizimlarini yaratish uchun chakana savdo sohasida hamda bitta iste’molchiga to‘g‘ri keladigan chiqindilar hajmini qisqartirishmiz lozim. Bunday chora ozuqaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda tejamkorona, oqilona xo‘jalik yuritish modellarini joriy etishga yordam berishi muqarrar.

Ma’suliyatli iste’mol qilish va ishlab chiqarishni ta’minlash maqsadi Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

12-maqsadga erishish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot.