11-maqsad: Barqaror shahar va aholi punktlari

G‘azo shahrining chekkasida tashkil qilingan qochqinlar lageri. Surat: Sharif Sarxon/BMT

Shahar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi, mustahkamligi va ekologik barqarorligini ta’minlash

Hozirgi kunda dunyo aholisining yarmidan ortig‘i shaharlarda yashaydi. 2050 yilga kelib, shaharlarda yasho‘vchi aholining soni 6,5 milliardga yetishi – ya’ni, butun insoniyatning uchdan ikki bo‘lagi shaharlarda yashashi bashorat qilinmoqda. Shahar qurilishi va shaharni boshqarish texnologiyalarini keskin ravishda takomillashtirmay barqaror taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarning shaharlarida kuzatilayogan tez sur’atli o‘sishlar hamda qishloqdan shaharlarga ko‘chish jarayonlari tarixda misli bo‘lmagan megashaharlarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. 1990 yilda butun dunyoda 10 million va undan ortiq aholisi bor megashaharlardan atigi o‘nisi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2014 yilga kelib, bunday megashaharlarning soni 28 ga yetib qoldi, va bu shaharlarda 453 milliongacha bo‘lgan aholi istiqomat qiladi.

O‘ta qashshoq bo‘lgan aholi asosan shaharlarda uchraydi. Shahar ma’muriyati va mamlakatning markaziy hukumati shaharlarning tobora o‘sib borayotgan ehtiyoj va talablarini qondirishga ojizlik qiladi. Shaharlrning xavfsizligini ta’minlash va infratuzilmalarini takomillashtirish uchun shahar aholisining uy-joy sotib olish, ijara qilish imkoniyatlarini yaxshilash, harobalar joylashgan tumanlarni obodonlashtirish talab qilinadi. Bundan tashqari, ommaviy transport tizimini takomillashtirish, ommaviy “yashil” hududlarni tashkil etish hamda butun shaharlik fuqarolarning fikri va manfaatlaridan kelib chiqqan holda shaharni obodonlashtirish va rejalashtirish texnologiyalariga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish ham zarurdir.

Shaharlar barqarorligini ta’minlash Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

11-maqsadga erishish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot.