10-maqsad: Tengsizlikni qisqartirish   

BMT surati

Mamlakatlar o‘rtasidagi va ichida mavjud bo‘lgan tengsizlikni qisqartirish

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, daromad bo‘yicha aholi orasidagi tengsizlik darajasi o‘sib bormoqda. Dunyoning eng boy 10 foiz aholisi dunyo daromadlarining 40 foiziga ega bo‘lib, aksincha, dunyoning eng kambag‘al 10 foiz aholisi esa dunyo daromadining atigi 2 dan 7 foizigacha egadir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, aholining o‘sishini inobatga olganda, tengsizlik darajasi 11 foizga o‘sganligi kuzatilmoqda.

Aholi qatlamlari o‘rtasidagi tobora kengayib borayotgan tengsizlikni qisqartish uchun eng kam daromad oluvchi aholi qatlamlarining iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish bo‘yicha dadil choralarning qabul qilinishi va insonlarning irqi, jinsi va millatiga qaramasdan iqtisodiy o‘sish jarayoniga qo‘shilishini ta’minlash talab qilinadi.

Daromad bo‘yicha tengsizlik hodisasi butun dunyo mamlakatlariga xos bo‘lganligi bois, uning yechimini butun dunyo mamlakatlari birgalikda izlashi va hayotga tadbiq qilishi talab etiladi. Buning uchun qonunchilik mexanizmlarini takomillashtirish, moliyaviy bozorlar va institutlarni yanada samaraliroq nazorat qilish hamda eng muhtoj bo‘lgan mamlakatlarga ko‘proq sarmoya va xorijiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish zarur. Migratsiya va aholi ko‘chishining xavfsizligini ta’minlash ham kengayib borayotgan ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etishda katta ahamiyat kasb etadi.

Tengsizlikni qisqartirish maqsadi Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

10-maqsadga erishish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot.