1-maqsad: Qashshoqlikni yo‘q qilish        

YuNISEF surati

Butun dunyoda barcha turdagi qashshoqlikni butkul yo‘q qilish

Barcha shakldagi qashshokka batamom barham berish masalasi butun insoniyat uchun hanuz dolzarb bo‘lib qolmoqda. Hozirda o‘ta qashshoqlikda yashovchi odamlarning soni ikki barobar qisqarishiga erishildi, ya’ni 1990 yilda o‘ta qashshoq bo‘lib hisoblangan odamlar soni 1,9 milliardni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilga kelib ularning soni 836 millionga tushib qoldi. Shunga qaramasdan, hozirda o‘zining eng asosiy ehtiyojlarini qondirishda qiynalib yurgan insonlarning soni hali juda ko‘p.

Butun dunyo miqyosida 800 milliondan ortiq odam kuniga 1,25 dollarga yashashda davom etmoqda. Ko‘plab odamlar yarim och, toza suv manbai, sanitariya vositalaridan foydalanish imkonidan mahrumdir. Xitoy va Hindiston kabi mamlakatlarda kuzatilayotgan tez sur’atli iqtisodiy o‘sish natijasida millionlab odamlar qashshoqlikdan qutilishga erishdi, biroq iqtisodiy ne’matlarning taqsimlanishi tenglik va teng huquqlilik tamoiliga javob bermaydi. Dunyoning ayol aholisi erkaklarga qaraganda qashshoqlik oldida ojizroqdir. Buning sababi ayollarda haq to‘lanadigan ish topish, daromad jalb qilish, ta’lim olish imkoniyatlari nisbatan cheklanganligidan iborat.

Dunyoning boshqa hududlarida, xususan Janubiy Osiyo va Sahroning janubidagi hududlarda ham vaziyat hanuz chigalligicha qolmoqda. Ushbu hududlarda dunyoning eng qashshoq aholisining 80 foizi yashaydi. Mazkur hududlarda yashovchi qashshoq aholining soni iqlim o‘zgarishi, qurolli to‘qnashuvlar va oziq-ovqat yetishmovchiligi kabi muammolarning yuzaga kelishi oqibatida yanada ko‘payib ketishi kutilmoqda.

BTM biz 2000 yilda boshlab qo‘ygan ishimizni yakuniga yetkazishga hamda 2030 yilgacha barcha ko‘rinishdagi qashshoqlikni butunlay yo‘q qilish uchun kurashishga tayyorligimiz dalili va timsolidir. Ushbu maqsadlarga erishishimiz uchun ijtimoiy jihatdan ojiz bo‘lgan aholini himoyalash, ularning asosiy ijtimoiy resurs va xizmatlardan foydalanish imkonini yaxshilash hamda qurolli to‘qnashuvlar va iqlimiy ofatlardan aziyat chekayotgan aholiga yordam berish bo‘yicha aniq va maqsadli choralarni ko‘rishimiz lozim.

Qashshoqlikni yo‘q qilish maqsadi Barqaror taraqqiyot 2030 dasturining 17 maqsadidan biridir. Belgilab olingan vazifalarni yechish uchun keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash talab qilinadi.

1-maqsadga erishish bo‘yicha vazifalar haqida batafsil ma’lumot.