Barqaror taraqqiyot 2030 dasturi

“Joriy yilda butun dunyo yetakchilari tarixda ilk bora jahonimizni keng qamrovli, barqaror va turg‘un taraqqiyot yo‘liga yo‘naltirish imkoniyatiga egadir” – Helen Klark, BMTTD Administratori.

Pol Led, BMTTDning 2015 yildan keyingi davrga mo‘ljallangan taraqqiyot dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh rahbari 2015 yilda butun dunyo mamlakatlarining vakillari yig‘ilishib, yangi taraqqiyot dasturini qabul qilishi hamda iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilishda yagona bir kelishuv tuzishi haqida gapiradi.

Barqaror taraqqiyot 2030 dasturi o‘zi nima?

2015 yil 25 sebtabr kuni BMTning bosh qarorgohida bo‘lib o‘tadigan taraqqiyot masalalari bo‘yicha sammitda BMTga a’zo bo‘lgan mamlakatlar 17 ta Barqaror taraqqiyot maqsadlari (BTM)dan iborat bo‘lgan Barqaror taraqqiyot 2030 dasturinini qabul qilishadi. Mazkur dastur qashshoqlikka barham berish, tengsizlikka, adolatsizlikka va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

BTM, yoki Global maqsadlar Mingyillik taraqqiyot maqsadlari (MTM), ya’ni barcha mamlakatlar 2015 yilgacha erishishga ahdlashgan qashhoqlikka qarshi kurash sohasidagi sakkizta maqsadlarga asoslangan. 2000 yilda qabul qilingan MTM keng ko‘lamdagi muammolar, xususan qashshoqlik, ochlik, turli kasalliklarni qisqartirish, gender tenglikni ta’minlash hamda dunyo aholisining toza ichimlik suvi va sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan edi. MTM doirasida salmoqli yutuqlarga erishilgani umumiy maqsad va vazifalar atrofida tuzilgan umumiy dasturning samaradorligini ko‘rsatib berdi. Ushbu yutuqlarga qaramasdan, planetamizning ba’zi hududlarida qashshoqlik bilan bog‘liq muammolar hanuz dolzarbligicha qolgan.

Yangi Global maqsadlar va yanada keng ko‘lamli taraqqiyot dasturi – MTM dan farqlio‘laroq – yanada chuqurroq islohotlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi, qashshoqlikning tub sabablarini bartaraf etib, hamma va har bir inson uchun umumiy taraqqiyot jarayonini ta’minlashga qaratilgandir.

BMTTD Administratori Helen Klark aytganidek: “Mazkur kelishuv butun insoniyat tarihidagi nihoyatda muhim bir bosqichdir, u butun jahonimizni ochiq va barqaror taraqqiyot yo‘liga yo‘naltirishga qodir. Biz birga sa’y-harakat qilsak, maqsadlar sari intilsak, butun dunyo fuqarolarining tinchlik, taraqqiyot va farovonlik haqidagi orzularini ijobat bo‘lishiga, butun planetamizni asrab qolishga muvaffaq bo‘lamiz”.

Global maqsadlar MTM doirasida boshlangan ishlarni oxiriga yetqazish, taraqqiyot jarayonidan hech kim chetda qolib ketmasligini ta’minlashga qaratilgan.

Qanday Global maqsadlar belgilab olindi?


Barcha 17 ta Barqaror taraqqiyot maqsadlari BMTTDning Strategik rejasi, jumladan, barqaror taraqqiyot, samarali davlat boshqaruvi va tinchlikparvarlik, iqlim barqarorligi va dunyoning ofatlarga qarshi turaolish qobiliyatini kuchaytirish kabi yo‘nalishlari bilan chanmbarchas bog‘liqdir. 1-maqsad – qashshoqlikni yo‘q qilish, 10-maqsad – tengsizlikni yo‘q qilish va 16-maqsad – samarali davlat boshqaruvini ta’minlash BMTTDning joriy davrdagi faoliyati va uzoq istiqbolga tuzilgan rejalarini amalga oshirishda eng muhim o‘rin tutadi.

Belgilab olingan vazifalarni bajarishda dunyo mamlakatlariga yordam berishda “majmuaviy yondashuv”ni qo‘llash BTMga erishishning eng unumli yo‘lidir. BMTTD esa ushbu vazifalarni yechishga qodir bo‘lgan noyob, o‘ziga xos bir tashkilot bo‘lib xizmat qiladi.

Global maqsadlarga erishishda BMTTDning vazifasi nimadan iborat?

BMTTD dunyo mamlakatlariga uchta yo‘nalishda yordam berib kelgan va kelajakda ham shu yo‘nalishlarda o‘z yordamini berishga tayyor. Bunday yordam berishda BMTTD “MAPS”, ya’ni “mainstreaming, acceleration and policy support” (“integratsiya, tezlashtirish va strategiyalarni ishlab chiqishda yordam berish”) deb nomlangan yondashuvni qo‘llaydi.

Ushbu yondashuv quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Yangi taraqqiyot dasturini milliy taraqqiyot rejalari va siyosatiga bog‘lashda dunyo mamlakatlari hukumatlariga ko‘maklashish. Ayni paytda bunday yordam BMTTD tarafidan dunyo bo‘ylab bir qator mamlakatlarga ularning iltimosiga ko‘ra berib kelinmoqda;
  • BTMga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni tezlashtirishda mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash. Bunda biz 5 yil davomda MTM dasturini amalga oshirish jarayonida orttirgan boy tajribamizni ishga solamiz;
  • Milliy taraqqiyot dasturlari, siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mamlakatlarga zarur bo‘lgan bilim va tajribalarni BMTning keng ko‘lamdagi tarmoqlari orqali taqdim etish.

Barcha hamkorlarimiz taraqqiyot dasturlarini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan bilim va tajribalarni biri-biri bilan baham ko‘rishib, bunday dasturlarning bajarilishini birgalikda kuzatib, baholab borishi mumkin. BMTTD Barqaror taraqqiyot bo‘yicha ish guruhining rais-tashkilotlaridan biri bo‘lib, BTM erishish bo‘yicha milliy hisobotlarni tayyorlash uchun ishlab chiqiladigan maxsus qo‘llanmaning asosiy mualliflaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.

BMTTD yangi Barqaror taraqqiyot dasturining keng ko‘lamda amalga oshirilishida alohida o‘rin egallashi ko‘zda tutilgan. Bizda mavjud bo‘lgan maxsus qo‘llanma va yo‘l-yo‘riq beruvchi vositalar hamda taraqqiyot dastrlarini ishlab chiqish sohasidagi boy bilim va tajribamiz barcha mamlakatlarga xizmat qilib, ularga azqatishiga aminmiz.