Yangi Barqaror taraqqiyot dasturi

Butun dunyo insoniyati qashshoqlik, tengsizlik va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning yechimini talab qilmoqda. 2015 yil 25 sentabr kuni barcha mamlakatlarning yetakchilari 2030 yilgacha bo‘lgan davrga bo‘ljallangan barqaror taraqqiyot dasturini qabul qilib, talablardan aniq harakatlarga o‘tish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida yig‘ilishadi. 

Pol Led, BMTTDning 2015 yildan keyingi davrga mo‘ljallangan taraqqiyot dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh rahbari 2015 yilda butun dunyo mamlakatlarining vakillari yig‘ilishib, yangi taraqqiyot dasturini qabul qilishi hamda iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilishda yagona bir kelishuv tuzishi haqida gapiradi.

Barqaror taraqqiyot 2030 dasturi yangi 17 ta Barqaror taraqqiyot maqsadlari (BTM)dan, yoki Global maqsadlardan iborat bo‘lib, keyingi 15 yillik davrdagi umumjahon siyosati va sarmoyalar yo‘nalishlarini belgilab beruvchi dasturdir. Unda dunyo mamlakatlarining yetakchilari qashshoqlikka – dunyoning barcha nuqtalarida, batamom – barham berishga va’da qilishi kutiladi.

Barqaror taraqqiyot maqsadlari konsepsiyasi 2015 yilda bo‘lib o‘tgan BMTning Barqaror taraqqiyot mavzusidagi Rio+20 konferensiyasida dunyoga kelgan. Mazkur konferensiya davomida barqaror taraqqiyot konsepsiyasining uchta tamoyili, xususan, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash tamoillarini qamrab oluvchi vazifalar ham belgilab olingan.

Global maqsadlar 2000 yilda qabul qilingan va qashshoqlikka qarshi kurashish masalalarini yechishni ko‘zda tutgan 15 yillik dastur – Mingyillik taraqqiyot maqsadlari (MTM)ning davomi bo‘lib hisoblanadi.

Mingyillik taraqqiyot maqsadlari doirasida qashshoqlik va ochlikka barham berish, o‘limga olib keluvchi, lekin davolasa bo‘ladigan kasalliklarning oldini olish, barcha bolalar uchun ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash va rivojlanish sohasidagi shu kabi boshqa yo‘nalishlardagi o‘lchab bo‘ladigan, barcha tomonlar bilan kelishilgan vazifalar va maqsadlar belgilab olingan edi.

Mingyillik taraqqiyot maqsadlari quyidagi kabi yo‘nalishlarda “yo‘l ko‘rsatgich” bo‘lib xizmat qilgan:

  • Daroman bo‘yicha qashshoqlik
  • Yaxshilangan suv manbalaridan foydalanish imkoniyati
  • Bolalarning boshlang‘ich ta’lim muassasalarida o‘qishi
  • Bolalar orasidagi o‘lim darajasi

Yuqoridagi vazifalar millionlab insonlar uchun hali to‘laqonli bajarilmay qolganligini inobatga olganda, biz tanlangan yo‘limizning oxirgi qismini bosib o‘tib, qashshoqlikka batamom barham berishimiz, to‘liq gender tenglikka erishishimiz, sog‘liqni saqlash sohasining sifatini oshirishimiz, har bir bola maktab ta’limini olish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlashimiz lozimdir. Endi biz dunyoni barqaror taraqqiyot yo‘liga yo‘naltirishimiz kerak. Va Global maqsadlar aynan shu vazifalarning yechimini 2030 yilga qadar topishimizni nazarda tutadi.

Mazkur dastur barcha mamlakatlarda joriy etilib, tinchliksevar, ochiq jamiyatni yaratish, inson turmushi va mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda dolzarb bo‘lgan iqlim muammolari, jumladan, iqlim o‘zgarishi muammosini hal etish kabi maqsadlarga qaratilgan. Joriy yilda Iqlim masalalariga bag‘ishlangan Parij konferensiyasi davomida butun jahon mamlakatlarining yetakchilari iqlim o‘zgarishi muammosi yuzasidan yagona bir kelishuvga erishishi kutilmoqda.

Global maqsadlar Mingyillik taraqqiyot maqsadlari dasturi tomonidan boshlab qo‘yilgan ishlarni oxiriga yetkazib, hech bir inson taraqqiyot jarayonidan chetta qolib ketmasligini ta’minlashni nazarda tutadi.

BMTTD hamkorlari

Barqaror taraqqiyot jamg‘armasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan Ispaniya hukumatining boshlang‘ich sarmoya tariqasida ajratilgan mablag‘i hisobiga joriy etilgan bo‘lib, Mingyillik taraqqiyot maqsadlari bosqichidan Barqaror taraqqiyot maqsadlari bosqichiga o‘tishni ta’minlashga xizmat qiladi. QO‘SHIMCHA MA’LUMOT 

Logo BCTA

“Business Call to Action” (BCtA) nomli global tashabbusning asosiy maqsadi Mingyillik taraqqiyot maqsadlariga erishish jarayonni tezlashtirishdan iborat bo‘lib, u tijorat sohasidagi yuksalish va shu bilan birga umumiy taraqqiyot jarayoniga yordam beruvchi biznes-modellarni hayotga tadbiq etuvchi kompaniyalarni rag‘batlantirishga qaratilgan.QO‘SHIMCHA MA’LUMOT 

BMTTDNING BUTUN DUNYODAGI HAMKORLARI HAQIDA QO‘SHIMCHA MA’LUMOT OLISH