Yirik planda: Samarali boshqaruv

Visitors using a public information system at the One-Stop-Shop
BMTTDning O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI: “YaGONA OYNA” VA DAVLAT HOKIMIYaTINING JOYLARDAGI ORGANLARI MARKAZLARI AHOLINING MA’LUMOTLAR VA DAVLAT XIZMATLARIDAN FOYDALANISh HUQUQINI AMALGA OShIRIShGA IMKON BЕRADI.

Samarali boshqaruv sohasida BMTTD 2010 yilning noyabrida Prezidentning “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasi”da keltirib o‘tilgan asosiy sohalarga e’tibor qaratmoqda. Mazkur konsepsiya O‘zbekiston hukumati va BMTTD o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uchun yangi istiqbollar va faoliyat sohalarini ochib berdi.

Fuqarolarning manfaatlari doirasida, BMTTD o‘z hamkorlari bilan ularning institutsional salohiyatni mustahkamlash borasida ish olib boradi. Bu xatti-harakatlar fuqarolarga mo‘ljallangan davlat xizmatlarini ta’minlashda, davlat tashkilotlari faoliyatini oshirishi barobarida fuqarolik jamiyatlarining qaror qabul qilish jarayonlari, elektron hukumat tushunchasini targ‘ibot qilish, fuqarolik sud tizimini modernizatsiya qilish va parlament taraqqiyotida ishtirok etishlariga imkon beradi.

BMTTD mamlakatning rivojlanish jarayonlarida ayollarning faol ishtirok etishlariga katta e’tibor qaratadi va ko‘maklashadi.

BMTTD qonun ustuvorligi, manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan va davlat xizmatlarining ochiq, odilona hisobdor va fuqarolar manfaatlarini himoya qiluvchi davlat xizmatini ko‘rsatuvchi tizim sifatida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ga texnik yordam, uslubiy ko‘rsatmalar va taraqqiyot ko‘maklarni ta’minlab beradi. Xalqaro tajribalar, BMT jahon malakasi, innovatsion yondashuv va tajribaviy tashabbuslarda o‘rganilgan bilimlarga tayangan holda O‘zbekistondagi BMTTD quyidagi o‘rta muddatli maqsad va vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan:

  •  aniq dalillar asosida davlat boshqaruvi tizimidagi uslublarni (funksional tahlil, ma’muriy tartiblar, korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni soddalashtirish, jamoatchilik ishtiroki, biznes jarayonlar sharhi) ishlab chiqish dastaklari;
  • qonun va me’yoriy hujjatlarning tartibga solish ta’sirini (kutilayotgan va amaldagi) baholash;
  • hududiy mahalliy hukumat organlari markaziy davlat vakolatlarini markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o‘tkazish;
  • korrupsiyaning qaltisliklaridan xoli bo‘lgan, tadbirkrlik va fuqarolar uchun soddalashtirilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish;
  • ochiq hukumat va ochiq ma’lumotlar bazasi;
  • mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining mahalliy darajada barqaror rivojlanishdagi ishtiroki va hisobdorligi;
  • taraqqiyot dasturlarini ishlab chiqishda inson huquqlariga tayangan yondashuvlar va gender tengligiga asoslanish (imkoniyati cheklangan shaxslar, ayollar, yoshlar va jamiyatning boshqa kam ta’minlangan guruhlari);
  • davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, tadbirkorlikka imtiyozlar berish uchun soddalashtirilgan tartiblarni tatbiq qilish, shuningdek inklyuziv biznes loyihalarga ko‘maklashish yo‘li bilan tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berish.

Amalga oshirilgan ishlar

BMTTDning Oliy sud (oliy sud organi) bilan o‘zaro hamkorligi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar uchun kengaytirilgan tajriba elektron sud tizimining yaratilishiga sabab bo‘ldi. “e-Sud” elektron hujjat almashish tizimini ishlab chiqish va amalda qo‘llash fuqarolarning, jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlar, ayollarning odil sudlov va sud himoyasidan foydalana olish imkoniyatini yaxshilashga zamin yaratdi.

Yanada qulay tadbirkorlik muhitini yaratish maqsadida O‘zbekiston hukumati tadbirkorlikka bevosita ta’sir qiluvchi qonun hujjatlarining dastlabki tartibga solish ta’sirini baholashni tatbiq qilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qildi. BMTTD bu qarorni ishlab chiqishda jamoatchilik ishtiroki va jamoatchilik bilan maslahatlar olib borish bilan o‘zining muhim yordamini ko‘rsatdi.

BMTTD o‘zining mahalliy boshqaruvni qo‘llab-quvvatlash dasturi orqali davlat hukumati organlari uchun e-Hujjat boshqaruv tizimini yaratish va tajribada sinash borasida hukumat organlari bilan hamkorlik olib bormoqda. Bu tizim dastavval 2013 yilda Jizzzax va Namangan viloyatlarida tajribadan o‘tkazildi va 2014 yilga kelib bu tizim standartlash bo‘yicha davlat organi tomonidan kelgusida davlat organlarining ichiki ma’lumotlar bazasi va axborot tizimlarini yaratish imkonini beruvchi milliy elektron hujjat almashuvi tizimi sifatida rasman sertifikatga ega bo‘ldi.

BMTTD ishlab chiqqan O‘zbekiston elchixonalarida va konsullik idoralaridagi onlayn navbat kutish tizimi sabab xorijda O‘zbekiston fuqarolari uchun onlayn xizmatlardan foydalanish imkoniyati ancha ommalashdi. Bu esa bir tugmani bosish bilan uchrashuv vaqtini kutayotgan kishilarning vaqtlarini sezilarli darajada tejashi bilan birga diplomatlarning biznes jarayonlarini ham ancha osonlashtiradi.

O‘zbekistonda jismoniy imkoniyatlari cheklangan kishilarning huquqlari hamon mushkulligicha qolmoqda. BMTTD ko‘magi ostida va jamoatchilik maslahatlaridan so‘ng BMT nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish va amalga oshirish bo‘yicha O‘zNNTMA Respublika kengashi birlashmasi ostidagi Nogironlar jamiyatlari tomonidan Milliy faoliyat rejasi loyihasi ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasi bu Milliy faoliyat rejasi loyihasini o‘rganish va ko‘rib chiqish uchun hukumat muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida tarqatdi.

BMTTDning muntazam qoidalar ishlab chiqish darajasi va qonun-qoidalar ishlab chiqish, jamoatchilik nazorati va xizmat ko‘rsatishda fuqarolik jamiyatlarining ishtirokiga ko‘maklashish bo‘yicha tajribalarning amaliy harakatlari 2014 yilda quyidagi to‘rtta muhim huquqiy hujjatning qabul qilinishi bilan yakunlandi: Ijtimoiy hamkorlik to‘g‘risidagi qonun, Davlat organlarining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun, “O‘bekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori va tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir qiluvchi, qonun hujjatlarining dastlabki tartibga solish ta’sirini baholashni tatbiq qilish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qarorlaridir. BMTTDning OITV bor kishilarning bepul umumiy davolashni ta’minlashdagi targ‘ibot faoliyati natijasida joriy yilda hayotni saqlovchi antiretrovirus terapiyasini (ARVT) olayotgan bemorlar soni 2013 yilga qaraganda 20%ga ko‘paydi ( jami 10,089 kishi (erkaklar – 2631, ayollar – 3677, o‘g‘il bolalar – 2398 va qizlar – 1383).

BMTTD ilk bor yoshlar uchun fuqarolar ta’limi o‘quv dasturini rivojlantirish bilan taraqqiyotga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Shunday qilib, yuqori sakkizinchi va to‘qqizinchi sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan fuqarolar ta’limi o‘quv dasturi “Konstitutsiya asoslari” va “Davlat va huquq asoslari” maktab darsliklari orqali rivojlantirilib, 7 xil mahalliy tilda nashr qilindi hamda O‘zbekistonning 10 000 ga yaqin maktablarida foydalanilmoqda.