Davlat xizmatlari “yagona darcha”da

2017 Iyul 18

Biz tadbirkorlik sub’yektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘satish tizimi tuzilganligi to‘g‘risida intervyu  berganimizdan beri qariyb ikki yil o‘tdi. Ushbu sohada  erishilgan natijalarni o‘rganish va xizmat ko‘rsatuvchi hukumatni kelgusida  yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab olish bugungi kunda muhim bo‘lib hisoblanadi.

Andijon, Guliston, Farg‘ona shaharlari va To‘rtkơl tumanida  O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Biznesga ko‘maklashish markazlari”ning tajriba tariqasida tashkil  tilishi rivojlanish va “yagona darcha”da tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishga misol bơladi. Tashabbus 2009-2013 yillarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTDning “O‘zbekiston biznes-forumi” qo‘shma loyihasi tomonidan zamonaviy AKTdan (veb-texnologiyalar,  elektron reyestrlar,  elektron onlayn to‘lov tizimlari va businessinfo.uz – axborot portali) foydalangan holda amalga oshirilgan  edi.

Shu tariqa tadbirkorlarga xizmatlar ko‘rsatish b o‘yicha sinalgan mexanizm natijada hozirgi vaqtda tadbirkorlik sub’yektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi  yagona markazlarga aylantirilgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyalari bazasida joriy  etildi.

O‘tgan ikki yil mobaynida barcha tumanlar va shaharlarda tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha 194 ta  yagona markazlar faoliyat  yuritmoqdalar. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTDning “O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” qơshma loyihasi ko‘magida markazlar faoliyatining normativ-huquqiy bazasi shakllantirildi va mustahkamlandi, shuningdek ularning moddiy-texnik ta’minoti kuchaytirildi, davlat xizmatlari pasportlarini, xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar shakllari va blanklarini, “yagona darcha” markazlari xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlashda yordam ko‘rsatildi.

Ma’muriy reglamentlar va uslubiy hujjatlarning tasdiqlanishi tartibotlarni  yaxshilashga asos shakllantirganligini ta’kidlash lozim, chunki ular ilk marotoba huquqiy maqomni qayd  o‘tdi. Keyinchalik ulardan kelib chiqib standartlarni  yaxshilash va sifatni  yaxshilashning keyingi bosqichiga o‘tish mumkin. “yagona darcha” markazlari xizmatlari ro‘yxatiga kiritilgan davlat xizmatlari pasportlarining Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 dekabrdagi 358-sonli qarori talablariga muvofiq tayorlanishi tajribasi ijobiy bo‘ldi.

“Yagona darcha” markazlari tomonidan 16 turdagi tadbirkorlik faoliyati uchun ruxsatnoma xususiyatiga  ega hujjatlarni boshqa tashkilotlarga tashrif buyurmasdan turib rasmiylashtirib berish amaliyoti sansolarliklarni, tadbirkorlik sub’yektlari vaqtlari va mablag‘lari ortiqcha sarfini bartaraf  tishga ko‘maklashdi. O‘tgan davr mobaynida ko‘rsatilgan markazlar orqali tadbirkorlik sub’yektlariga 200 mingdan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTDning “O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” qo‘shma loyihasi tomonidan “yagona darcha” markazlari tomonidan bajarilayotgan vazifalari va funksiyalarini avtomatlashtirishni ta’minlovchi, arizachilar bilan munosobatlarni boshqarish axborot tizimini, banklar kassalari hamda  elektron to‘lov tizimlari orqali davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘langan davlat bojlari hamda yig‘imlar summalarini hisobga olish  yagona billing tizimini ishlab chiqish va joirish  etishda, shuningdek 2017 yilning 1 aprelidan boshlab qariyb 61,3 mingta tadbirkorlik sub’yekti, shundan 8,33 foizi real vaqt rejimida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, tadbirkorlik sub’yektlarini Internet tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy  etishda yordam ko‘rsatildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’yektlari hali ham o‘z faoliyatlarini boshlash uchun turli davlat tuzilmalari va instansiyalariga murojaat  tishga majburdirlar, lisenziyalar hamda ruxsatnoma xususiyatiga  ega hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida zamonaviy axborot-kommunikasiya  texnologiyalari imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayapdi, aksariyat davlat xizmatlari afsuski hanuz an’anaviy usulda qog‘oz shaklida ko‘rsatilmoqda.

Horijiy tajriba ko‘rsatib turganidek, “yagona darcha” markazlari kabi institutlar davlat xizmatlaridan  erkin foydalanish va ularning shaffofligini ta’minlashda, davlat organlarining tadbirkorlik tuzilmalariga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishga doir faoliyati samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Shunday qilib, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTDning “O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” qo‘shma loyihasi tomonidan joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan, Jizzax viloyati va Toshkent shahrining Chilonzor tumani “yagona darcha” markazlari faoliyati o‘rganilishi tadbirkorlik sub’yektlari  “yagona darcha” markazlari orqali davlat xizmatlari (rơyxatdan o‘tkazish, ruxsatnomalar, lisenziyalar) bilan bir qatorda shuningdek axborot biznes xizmatlarini (biznes rejalarni, kredit olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayorlash, soliq, lizing, sug‘urta masalalri, bo‘sh turgan binolar (xonalar) va ularni ijraga olish tartibi to‘g‘risidagi axborot, nazorat-kassa mashinasini xarid qilish va boshqalar) olish imkoni ti yơqligini ko‘rsatayotgani aniqladi. “Yagona darcha” markazi faoliyatining belgilangan tartibi sababli,  qorida ko‘rsatilgan masalalarga doir javoblar va ishonchli axborotni ularning binosida olishning imkoni yo‘q, bu  esa tadbirkorlik sub’yektidan zarur axborot hamda maslahatni kelgusida qidirishni talab  etadi.

 Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muammolarni hal etish maqsadida “yagona darcha” markazlari va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi tadbirkorlarga ko‘maklashish markazlarini birgalikda joylashtirish tamoyilini joriy  etish, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari murojaatlarini qabul qilish, qayta ishlash hamda ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus portal tashkil  etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Davlat xizmatini oluvchi mijoz uchun navbat hosil bo‘ladigan, amaldor bilan bevosita munosabat  o‘z beradigan joy sifatidagi ơziga xos ma'muriy qabulxona bo‘lgan “front office” muhimdir. “Yagona darcha” markazlarida tashkil  etilgan qabulxonalar orqali xizmat ko‘rsatuvchi hukumatni shakllantirish uchun juda katta imkoniyatlar ochiladi. Hozirgi vaqtda davlat xizmatlari mijoz – tadbirkorlik sub’yekti unga nima kerakligini aniq bilishi sharti bilan “yagona darcha” tamoyiliga yo‘naltirilgan. Biroq, bu aslida hamma vaqt ham shunday  emas. Tadbirkorlik sub’yektlari o‘z muammolarini birini hal  etishga harakat qilay turib, parallel ravishda ba'zan boshqa muammoni ham hal  etishlari mumkinligini tushinib etmaydilar.

Bunda hozirning o‘zida hayotiy holatlar bo‘yicha ishlash, tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘shimcha huquqlari mavjudligi tơg‘risida ogohlantiruvchi rejimda xabardor qilish, unga davlat va biznes xizmatlarini taklif  etishga imkon beradigan virtual ofis asoslarini faol shakllantirish zarur.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli Farmoni bilan 2014 yilning 1 iyunidan davlat va xơjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida chop  etilmagan ularning tadbirkorlik sub’yektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan me'yoriy-huquqiy va boshqa hujjatlari talablarini buzish holatlari uchun tadbirkorlik sub’yektlariga javobgarlik choralari qo‘llash taqiqlanishi belgilab qo‘yildi.

Bunda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarining tez-tez o‘zgarib turishi amaliyotda quyidagi holatlarga olib keladi:

– barcha davlat va xơjalik boshqaruv organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlarining veb-saytlarini, shuningdek tegishli normativ-huquqiy hujjatlari ularga kiritilgan ơzgartirish va qo‘shimchalarni inobatga olgani holda nashr  etilgan veb-saytlarning tegishli bo‘limlarini tadbirkorlik sub’yektlarining qidirib topishlari qiyin;

– ko‘rsatilgan organlarning veb-saytlarida tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni joylashtirish vaqti, mavjudligi va  yangilanib borishining tizimli monitoringi mavjud  emas. Shu tarzda davlat organi zarur bo‘lgan hujjatni o‘z veb-saytiga istalgan vaqtda joylashtirishi yoki olib tashlashi mumkin, buni  esa amalda nazorat qilish imkonsiz.

Davlat organlari veb-saytlarining normativ-huquqiy va normativ hujjatlar nashr  etiladigan bo‘limlari integrasiyasining mavjud  emasligi, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi qaroriga muvofiq tashkil  etilgan “tadbirkorlik sub’yektining shaxsiy kabineti”da bir vaqtning o‘zida aks  ettirilishi ta'minlanmaganligi tadbirkorlik sub’yektlariga  yangitdan kuchga kirgan qonun hujjatini, vaqti hamda qabul qilib olish sanasini, shuningdek tadbirkorlik sub’yekti faoliyatiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni, xabarlarni, bilidirishnomalarni qidirib topishga imkon bermaydi.

Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risidagi axborotni davlat organlarining zaruriy bildirgilarini inobatga olgan tarzda “tadbirkorlik sub’yektining shaxsiy kabineti” orqali uning to‘la matnidan foydalanish imkonini ta’minlagan holda tadbirkorlik sub’yektlarigacha yetkazib berish mexanizmini amaliyotda amalga oshirish dolzarb bo‘lib hisoblanadi.

Shu sababli, keyingi bosqichda ma'muriy qabulxonani (“yagona darcha” markazi binosini) davlat xizmati tizimidan shu jumladan davlat – xususiy hamkorlik tamoyillarida faoliyat  yurituvchi muassasalar turkumiga o‘tkazish taklif  etiladi, bu  esa davlat xizmatining o‘ziga bo‘lgan  yuklamani kamaytirish, uning samaradorligini oshirish va buning natijasida davlat xodimlari sonini kamaytirishga imkon beradi. Istiqbolda muassasalarga – qabulxonalarga davlat topshiriqlari asosida byudjetlashtirish va rag‘batlantirish tizimini kiritish, davlat xizmatini  esa, ijtimoiy kafolatlarni kuchaytirish hisobiga uning jozibadorligini oshirgan holda strategik masalalarga doir siyosatni ishlab chiqaruvchi markaziy davlat organlarida (vazirliklarda) an'anaviy ko‘rinishda saqlab qolish mumkin.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTDning “O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” qo‘shma loyihasi kelgusida milliy hamkorlarga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan takliflarni konseptuallashtirish, muhokama qilish va amalga oshirishga ko‘maklashishi mumkin.

 

Muallif: Bahodir Bekov, “O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” loyihasi rahbari