Technovation Challenge Oʻzbekistonlik o’quvchi qizlarni dolzarb muammolarni xal etishga qanday ragʻbatlantirmoqda?

2017 Mai 31

Oʻquvchi va talabalarning oʻzlashtirish darajasini oshirishda, qariyalarni ish bilan ta’minlash muammolarini xal etishda, maishiy chiqindilarni qayta ishlab chiqarishni  takomillashtirishda mobil ilovalar qanday yordam berishi mumkin? Technovation Challenge dasturi doirasida oʻtgan 3 oy davomida Oʻzbekistonlik o’quvchi qizlar bu va boshqa masalalarni xal etishga harakat qildilar.

Technovation Challenge – ilk bor 2010-yilda San-Fransisko (AQSh)da 10-18 yoshlardagi qizlar uchun ishga tushurilgan Xalqaro dastur.  Technovation maqsadi – texnologiyalar, jumladan, mobil ilovalar yordamida qizlarni jamiyatdagi mavjud muammolarni xal etishga ilhomlantirish va zarur qo’nikmalarni oʻrgatish.

2017-yilning fevral oyida Technovation dasturi ilk bor Oʻzbekistonda ishga tushurilgan. 12 hafta davomida 95 nafar yuqori sinf (15-18 yosh) oʻquvchi-qizlari 22ta guruhga boʻlinib, sogʻliqni saqlash, ta’lim, atrof-muhit, kam ta’minlangan, tengsizlik va xavfsizlik sohalariga oid masalalarni xal etishga yonaltirilgan loyihalar ustida ishladilar. Ishtirokchilar 43 nafar mentor-ayol rahbarligida maxsus ishlab chiqilgan oʻquv dasturi boʻyicha oʻqitilib, natijada, biznes yuritish, dasturlashtirish va oʻzini-oʻzi rivojlantirish borasida yangi bilimlarga ega boʻldilar. Mobil ilovalarni ishlab chiqish, marketing izlanishlarni olib borish, biznes-reja tuzish, prezentatsiyalar tayyorlash, fikrlash dizayni, yetakchilik, videoroliklar va ma’ruza-chiqishlarini tayyorlash – bu dastur davomida egallagan koʻnikmalarning bir qismigina xolos.

 BMTTDning «Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish» loyihasi Oʻzbekistondagi bolalar va oilalarni qoʻllab-quvvatlash Uyishmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va INHA Universiteti bilan hamkorlikda dasturning Oʻzbekistondagi tashkilotchilari sifatida qatnashdilar..

Gʻolib-guruhlar homiylardan va tashkilotchilardan qimmatli sovgʻalar olib, eng muhimi – oʻz loyihalarini nihoyasiga yetkazish va amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻldilar:

  • «Eng yaxshi innovatsion loyiha» nominatsiyasida Isroil Elchixonasining EClean loyihasi bilan qatnashgan ECOLIFE guruhi gʻolib chiqdi.
  • «Eng yaxshi ijtimoiy loyiha» nominatsiyasida AQSh Elchixonasining JoinME ilovasi bilan qatnashganUNIQUE UNION guruhi gʻolib chiqdi.
  • BMTTDning maxsus «ochiq ma’lumotlar» nominatsiyasida, Opendatadan eng toʻliq foydalanilgan, HealthTech ilovasi bilan qatnashgan Bright Minds guruhi gʻolib chiqdi.
  • «Yoshlarning eng yaxshi loyihasi» nominatsiyasida Kamolot YIHdan Globedoo ilovasi bilan  qatnashganBLAH BLAH TEAM guruhi taqdirlandi.
  • «Asaka» Bankdan eng amaliy loyiha uchun WisePower ilovasi bilan qantashgan BRAVEHEARTS guruhi taqdirlandi.
  • Datasite kompaniyasidan «Ayollar va bolalar uchun eng yaxshi ilova» nominatsiyasida Yordam ilovasi bilan qatnashgan TECHNO SQUAD guruhi taqdirlandi.
  • Yoshlar Tashabbuslari Markazining maxsus nominatsiyasi boʻyicha talabalar uchun Linkey ilovasi bilan qatnashgan LIMITBUSTERS guruhi taqdirlandi.
  • BMTning Oʻzbekistondagi Vakolatxonasining maxsus nominatsiyasini Drop Stop ilovasi bilan qatnashgan THE WORLD SAVERS guruhi qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Technovation uchun mazkur dasturlarni qoʻllab-quvvatlash muhimligining sababi nima?

Ekspertlar tahminiga ko’ra  keyingi yillar davomida butun dunyoda texnologik sohasidagi malakali kadrlar tanqisligi kutilmoqda. Jumladan, Yevropa komissiyasi bashoratiga binoan 2020-yilga kelib Yevropada AKT sohasidagi mutaxassislar tanqisligi  800 000 dan ziyodni tashkil etadi. Bundan tashqari, bugungi kunga kelib koʻp mamlakatlarda AKT sohasida, ayniqsa, yuqori boshqaruv darajasida, koʻpchilikni erkaklar tashkil etadi. Texnika mutaxassisliklaridagi talaba-qizlar soni ham erkaklarga nisbatan juda kam.

Oʻzbekistonda hozirgi vaqtda mamlakat texnika oliy oʻquv yurtlaridagi qizlar soni talabalarning umumiy soniga nisbatan 16-22% foizni tashkil etadi[1]. Tadqiqot natijalaridan ma’lumki, erkak va ayollarning bandligi orasidagi uzilishning qisqarganligi, koʻp mamlakatlarda iqtisodiy taraqqiyotning muhim omiliga aylandi. Jumladan, Osiyo-Tinch okean mintaqasida ayollarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlarining cheklanganligi yiliga 42-46 mlrd. AQSh dollariga aylanadi.

Technovation dasturi yoshlar, ayniqsa, qizlar uchun imkoniyatlarni kengaytiradi. Oʻtgan yillar tahlili natijasiga koʻra  Technovation tanlovining 58% nafar ishtirokchisi AKT sohasida ishlash istagini bildirdilar. Oʻzbekistonlik ishtirokchi-qizlardan olingan intervyu davomida, dasturdagi ishtirok ularni kelajakda AKT sohasi bilan bogʻliq kasb-hunar tanlashga ragʻbatlantirgani ma’lum boʻldi.  Dastur tomonidan ishtirokchi va mentorlarning klublari va hamjamiyatlarini tashkil etish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, keyingi yillar davomida, tanlov qamrovidagi hududni kengaytirish, ya’ni faqat Toshkent shahri bilan chegaralanmay, mamlakatning boshqa viloyatlariga ham chiqish moʻljallangan. Technovation tashabbusi 2017-2021-yy. harakatlari Strategiyasining asosiy yoʻnalishlaridan biri – ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga yordam berishi mumkin.

Ijobiy ta’sirni maksimallashtirish uchun Тechnovation kabi tashabbuslarni ta’lim sohasidagi islohotlarga, jumladan, texnologik fanlarni boshlangʻich, oʻrta va yuqori ta’lim oʻquv dasturiga kiritish, oʻqitish sifatini oshirish, ta’lim tizimiga xususiy sektorni jalb etishni kengaytirish bilan bogʻlash joiz.

Tanlovning keyingi bosqichi – butun dunyodagi ishtirokchilar orasidagi barcha loyihalarni taqdim etish, undan soʻng tanlovning San-Fransisko (Kaliforniya)da boʻlib oʻtadigan yakuniy bosqichida ishtirok etadigan oʻnta final-guruhlari tanlab olinadi.


 

[1] Manba: data.gov.uz portalidan olingan ma’lumotlar asosidagi hisob-kitoblar