Kichik biznes xalqaro bozorlarga chiqmoqda

2016 Noya 16

O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishida kichik va xususiy biznes sektorlarining rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanib, bu boradagi sa’y –harakatlarning bir qismi xalqaro biznesda aloqa o‘rnatish bilan bog‘liqdir. O‘z faoliyatini 2011 yildan boshlab “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi kichik va xususiy biznesga yordam berib, 2016 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan World Food Moscow kabi xalqaro ko‘rgazmalardagi ishtiroklari orqali qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

«Xalqaro maydon» sari tashlangan ilk qadam qo‘rqinchli bo‘lishi mumkin.

«Faraz qilib aytganda «mijozning o‘zi qo‘lingga kelib tushishi»ni boshqa bir vaziyatda taxmin qilib ko‘rish ham qiyin bo‘lsa kerak. Barchaga ma’lum bo‘lganidek, birinchi bitimni tuzish biznes yuritishning eng qiyin qismi bo‘lib hisoblanadi» - deydi Alisher Sapayev, "UzAgroExport" tashqi savdo kompaniyasining marketing bo‘limining boshlig‘i. Loyiha hamkori "UzAgroExport" tashqi savdo kompaniyasi 2016 yilda ta’sis etilib qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishga ixtisoslashtirilgan va u World Food Moscow ko‘rgazmasida milliy stendning tashkil etilishida asosiy hamkor bo‘lgan.

«Jamiyki mavjud marketing vositalaridan - savdo yarmarkalar, keng miqyosdagi masalalarni yechishga imkon beradi. Bu yerda ishtirokchilar biznes yuritishlari, o‘z mavqelari ustida ishlashlari, ishbilarmon hamkorlarni izlashlari yoki bozorni o‘rganishlari mumkin», - deb qo‘shimcha qildi, A. Sapayev.

Milliy hamkorlar bilan birgalikda, jumladan "Uztadbirkoreksport" va "Uzagroexport” tashqi savdo kompaniyalar bilan BMTTDning «Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish» loyihasining sa’y-harakatlari natijasida xalqaro biznesdagi aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari yaqin chegaradosh xududlarda o‘z e’tirofni topib, uzoq xorijiy mamalakatlarda ham tobora o‘sib boruvchi nufuzga ega bo‘lmoqda va shu sababali meva-sabzavotlar sektori kelgusida ham rivojlanishini davom ettiraveradi. “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi to‘qimachilik va yengil sanoat kabi boshqa tarmoqlarni ham qo‘llab - quvvatlaydi, lekin shu bilan birga, qishloq xo‘jalik sohasi muhim yo‘nalish bo‘lib qolaveradi.

Xar yil bo‘lib o‘tadigan Moskva ko‘rgazmasi biznesni rivojlantirish va ta’lim olish uchun yaxshi imkoniyat yaratib beradi. Joriy yil, halqaro ko‘rgazmalarda milliy kompaniyalarimizdan sakkiztasi ishtirok etdi. O‘tgan yildan farqli o‘laroq, bu yil ayol qatnashchilar soni oshdi (bitta kompaniya rahbari va 2 ayol xodimlar) hamda halqaro bozorda mahsulotlarni sotish bo‘yicha maxsus trening o‘tgan ikkita kompaniyalarning vakillari ham ishtirok etdilar.

"Biz deyarli yangi kompaniya bo‘lganligimiz tufayli, eksportni amalga oshirishga tayyormikanmiz, deb, dastlab ozroq ikkilandik”, – deydi Moskva ko‘rgazmasida o‘zining “Green Agro Food” MChJsini namoyish etgan, Baxodirxo‘ja Abduraxmonov.

«Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish» loyihasining qo‘llab quvvatlashi biznes muvaffaqiyatiga har tomonlama ta’sir etayotganligiga kompaniyaning rivojlanishi va shakllanishi yorqin misol bo‘la oladi. Toshkent viloyatida joylashgan kompaniya o‘z ishini 2014 yil 20ta xodimdan boshlagan edi. O‘tgan davr mobaynida kompaniya kengaydi va mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos kelishi, eksport mahsulotlarini ishlab chiqish strategiyasi masalalariga bag‘ishlangan savdoni rivojlantirish va eksportni oshirish bo‘yicha treninglarda ishtirok etdi.

“Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi qo‘llab quvvatlashi natijasida kompaniya taklif etayogan yashil sabzavotlar, shu jumladan, salat, brokkoli va karam maxsulotlarining sifati oshirilib, Global G.A.P (foydali qishloq xo‘jalik amaliyotlari) standartlariga mos kelish darajasigacha ko‘tarishga muvaffaq bo‘lindi, bu o‘z o‘rnida kompaniyaga xalqaro bozorlarga chiqishga imkon berdi.

“Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasining qo‘llab-quvvatlashi orqali Moskva savdo yarmarkasida ishtirok etishi, kompaniyaga juda foydali bo‘ldi, chunki uning natijasida umumiy qiymati 1,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan shartnomalarning imzolanishi, kompaniyaga o‘zlashtirayotgan yer maydonlarining 50ga ko‘payishi hamda qo‘shimcha 100ta mavsumiy ish joylarining yaratilishiga sabab bo‘ldi.

"Biz “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasiga qishloq xo‘jalik mahsulotlarimizni xalqaro standartlarga moslashtirishda va yagona marketing strategiyasini ishlab chiqish orqali o‘zimizga bo‘lgan ishonchni orttirishda yordam berganligi uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz” –deb, qo‘shimcha qildi, B. Abduraxmonov.

Bugungi kunga kelib, “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi va uning hamkorlari 60ta kompaniya vakillarining dunyoning turli qismlarida, Xitoyning sharqiy shaharlarini qo‘shgan holda, bo‘lib o‘tgan 15dan ziyod savdo yarmarkalaridagi ishtiroklarini qo‘llab-quvatladilar hamda buning natijasida 63 mln. AQSh dollariga teng shartnomalar imzolandi.

"O‘zbek kichik va xususiy biznesining bunday qo‘llab-quvvatlanishi ishtirok etuvchi kompaniyalar uchun juda muhim bo‘lib, bu yirik rivojlanish dasturning bir qismidir. Biz jahon biznes sektori O‘zbekistonni investitsiya va savdo xududi sifatida qabul qilishini istaymiz. Iqtisodning o‘sishi qanchalik ko‘p bo‘lsa va mahsulotlarimizning sifati yaxshilansa, bizga ham e’tibor shunchalik ko‘p bo‘ladi”, – deydi «Uztadbirkoreksport» tashqi savdo kompaniyasining marketing bo‘limi boshlig‘i Shoxruh Xodjayev.

Meva va sabzavotlarni yetishtirish O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining muhim bo‘g‘inlaridan biri xisoblanib, bu sohada millionlab odamlar yetishtirish, qayta ishlash va yetkazib berish bilan shug‘ullanadi va daromad topadi. Ushbu bo‘g‘in mamlakatning iqtisodiy rivojlanishga o‘z hissasini qo‘shish bilan birgalikda, zaruriy mahsulot va xizmatlarni sotib olish uchun kerak bo‘ladigan xorijiy valyutani jalb qilishga ko‘maklashadi. Mahsulotlarimiz dunyo miqyosida o‘z o‘rnini egallashlari uchun, milliy ishlab chiqaruvchilarning chet el kompaniyalari bilan halqaro ko‘rgazma va biznes uchrashuvlarida hamkorlik o‘rnatishlari judda ham muhimdir.

Loyiha faoliyati to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlarni shu yerdan, hamda loyihaning Facebookdagi  sahifasidan olishingiz mumkin.