Kadrlarga bo‘lgan sanoat ehtiyojining o‘zgarishi

2016 Mai 5

Xalqaro rivojlanish tashkilotlarining uslubiyatiga ko‘ra, o‘rta daromadli mamlakatlar qatorining yuqori pog‘onasiga o‘tish uchun, mamlakat amalga oshirish kerak bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘p jihatdan mehnat bozoriga yetkazib berilayotgan kadrlar sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Axir, ular innovatsion g‘oyalarni taklif qilishlari va amalga oshirishlari, eng zamonaviy uskunalar bilan ishlay olishlari kerak.

Prezident I.A.Karimov mamlakatning YaIMda sanoatning ulushini oshirish vazifasini qo‘ydi. Hozirda, shuningdek yaqin kelajakda texnik kadrlarga talab yanada ortib borishi kuzatiladi. Quyidagi diagrammada, sanoat sektorida kadrlarga bo‘lgan talab o‘zgarishi prognozi ko‘rsatilgan. Ko‘rib turganimizdek, diagramma kasb-xunar kollejlar tizimini tadbiq etish yo‘li to‘g‘ri tanlanganligi tasdiqlamoqda. Shu bilan birga, bozor iktisodiyotidagi tez o‘zgaruvchan sharoitlar ta’lim tizimi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Shunday qilib, texnik mutaxassislar kollejlar tomonidan nafaqat yetishtirilishi kerak, balki xususiy sektordagi ish beruvchilarni kutayotgan talablarini qondirish ham kerak.

I-grafik

Shu sababli, sanoatdagi kadrlarga bo‘lgan talab extiyojlarni qondirish uchun, qo‘shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish talab etiladi va eng avvalo kasb-xunar kollejlar talabalarining tayyorlov jarayoniga o‘zgartirish kiritish darkor.

Respublikamizda xar yili 9 sinfni o‘rtacha 500 mingta o‘quvchi bitiradi, shulardan 90 % taxsil olishni kasb-xunar kollejlarda davom ettiradi. Hozirgi kunda har bir o‘quvchi o‘rta ma’umotga ega bo‘lishi majbur va undan so‘ng yana 3 yil litsey va kollejda taxsil olib, biron-bir kasb egasi bo‘lishi lozim yoki akademik bilimlarini oshirish kerak. Agarda o‘quvchi tirishqoq, mehnatkash bo‘lmagan taqdirda ham, mashg‘ulotlarni o‘z vaqtida bajarmay darslarni qoldirgan ko‘p holatlarda xam tegishli diplomlarini oladilar. Shu tarzda, tirishqoqlik bilan biron-bir kasb egasi bo‘lmoqchi bo‘lgan a’lochi o‘quvchi bilan qoniqarli saviyadagi bilimga ega bo‘lgan o‘quvchining tenglashtirilishi yuz beradi, chunki saviyasidan qat’iy nazar ularning ikkalasi ham diplom oladilar. Yaratilgan yuqori stipendiya, ball, qizil diplom kabi rag‘batlantirish choralariga qaramay, bozor iqtisodiyoti sharoitida ushbu tadbirlar lozim darajada o‘z samarasini bermaydi, chunki mazkur tadbirlar o‘quvchilarni asosiy qismini qamrab ololmaydi va kelgusida korxonalarda talab etilayotgan professional ko‘nikmalar bilan ta’minlab bermaydi. Yuqorida keltirilgan misollar oliy o‘quv muassasalariga ham tegishli. Ammo, bu degani o‘quv dasturlari bozor extiyojlarini qondirishga loyiqmas degani emas, balki ular, shunchaki har doim ham tez o‘zgarayotgan bozor iqtisodiyoti sharoiti talablarga muvofiq o‘zgara olmayapti xolos. Ushbu vaziyatda, biznes egalari kollej bitiruvchilarni ishga qabul qilishga shoshilmayaptilar, chunki bitiruvchida diplomning mavjudligi, uning kasbiy ko‘nikmalari borligidan kafolat emas.

Shu sababli, mazkur savol anchadan buyon davlatning diqqat markazidan joy olgan. 2014 yilning oxirida «O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)» qo‘shma loyhasi doirasida Koreya Respublikasiga tashkil etilgan o‘quv safarida Koreyaning texnologiya va ta’lim universiteti professori janob Kim Duk Xo bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xamkorligida ushbu vaziyat o‘rganildi. Koreya mutaxassislari, kasb-xunar kollejining diplomi bilan bir qatorda, bitiruvchilarga ixtiyoriy malakaviy tayyorlov sertifikatlarini joriy qilishni tavsiya qtldilar. Bu degani, o‘quvchilar kollejning bitiruv kursi oxirida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha o‘zlarining malakalarini real baholashga imkon beradigan qo‘shimcha sinov topshirishlari mumkin. Ushbu sertifikat, ish qidiruvchiga izlangan joy talablariga muvofiq ekanligi to‘g‘risida kafolat bo‘ladi. Axamiyati shundaki, mazkur sinov o‘quv dasturi bo‘yicha emas, balki u yoki bu kasb maxorati malakasini olishga, biznes talablariga va amaliyotga maksimal darajada yaqinlashtirilgan mezonlarga tayangan bo‘lishi kerak.

II-grafik

Sinovlarni xususiy sektor hamda davlat vakillaridan iborat mustaqil komissiya qabul qilish kerak. Mazkur sertifikatlarga ham, chet-tillar halqaro sertifikatlari (TOEFL, IELTS, HSK, DALF, DAF) kabi yoki halqaro o‘quv testlari kabi (GMAT, GRE) xususiy sektorning ishonchini oshirish darkor. Bunday yondashuv yoshlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha real bilimlarni va mahoratni olish maqsadida qiziqish va g‘ayratini oshirishga imkon beradi, xolbuki bu xolatda ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligi ham oshadi.

“Yaqin kelajakdagi” kadrlarni tayyorlashda ularni qayta o‘qish va qo‘shimcha qo‘nikmalarni olish, yoki bo‘lmasa, qo‘shimcha kasb egasi bo‘lish qobiliyatlarini ham inobatga olish kerak. Ayrim mezonlar bo‘yicha, iqtisodiyotni rivojlanishiga baho berishda ishchi o‘rinlarni barqarorligi va butligi inobatga olinadi. Biroq, bozordagi konyunktura o‘zgaruvchandir va ayrim mutaxasisliklar kam ahamiyatli bo‘lishi mumkin, ayrimlariga esa talab yanada oshishi mumkin. Butun bor iqtisodiyotni rivojlanishi ham, ushbu talablar qanchalik tez qanoatlantirilishi bilan bog‘liq. Amerikalik jamiyatshunos Elvin Tofflerni shunday ta’kidlagan so‘zlari bor, “21-asr savodsizlari bu o‘qishni va yozishni bilmaganlar emas, balki ilm olishni va qayta o‘qishni bilmaganlardir”

Yana bir muhim jihatlardan biri – innovatsiyalarni rag‘batlantirishdir. Hozirgi kunda barcha korxonalar ichki va tashqi bozorlarda muvaffaqiyatli va raqobatli faoliyat yuritmoqchi bo‘lsalar, innovatsiyalar ustida ishlashlari kerak. Usullardan biri – bugungi kunda katta korporatsiyalar bilan muvaffaqiyatli raqobat olib borayotgan “startap loyihalarni” qo‘llab-quvvatlashdir. Amaliyotni ko‘rsatishicha, bizning yoshlarimizda qiziqarli innovatsion g‘oyalar talaygina. Biroq, ularni bozorga olib chiqish, xayotmandligini, talabgorligini va ommalashish imkoniyati sinovlarini o‘tkazishga yetarlicha ko‘nikmalari mavjud emas.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining «O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)» qo‘shma loyhasi, biznesning inklyuziv modellarini rivojlantirish faoliyati doirasida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, ularni ish bilan band bo‘lishiga yordam berish maqsadida hamda yuqorida taklif etilgan chora-tadbirlarni aprobatsiyadan o‘tkazish maqsadida Namangan shahrida dizayn markazini tashkil etilishida ko‘maklashmoqda, shuningdek biznes g‘oyalarni tadbiq etishda eng kam xarajat talab etiladigan tijorat startap loyihalarni tanlash, sinovdan o‘tkazish hamda ishga tushirish mexanizmini tajriba tariqasida joriy etish bo‘yicha “Startap-tashabbuslari” loyihasini ishga tushirdi.

Muallif: Bahodir Bekov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda BMT Taraqqiyot Dasturining «O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)» qo‘shma loyhasi raxbari