KIChIK BIZNES EKSPORT QILISh UChUN IMKONIYaT

2016 Mar 20

Odinakhon Saidova

“Avvaliga rosa qo‘rqdim, xatto-ki tadbirda ishtirok etishdan voz kechmoqchi ham bo‘ldim, ammo hamkasblarim men bilan tajribalari eksport kompaniyalaridan xodimlar borishini aytib, fikrimdan qaytarishdi. Bundan tashqari, turmush o‘rtog‘im meni o‘z ishonchi bilan quvvvatlab turdi”.


Odinaxon Saidova bir necha rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tgan o‘sib kelayotgan tadbirkorlar jamoasining vakili. BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi ko‘magida 2015 yil sentyabr oyida Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan "World Food Moscow ko‘rgazmasida ishtirok etib, o‘zbek biznesi sur’atining yangi ko‘rinishini namoyon etdi.


2011 yildan boshlab, “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi O‘zbekiston bo‘yicha kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bilan ishlab, ularga chet el hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga yordam berib kelmoqda. Bu o‘z yo‘lida, kichik va xususiy biznes sektorining rivojlanishiga xamda Uzbekistonga chet el infestitsiyalarini jalb qilish va rivojlanish borasida amalga oshirayotgan sa’y-xarakatlarining bir qismidir.


Halqaro ko‘rgazmalarda qatnashish mazkur faoliyatning asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida, “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi O. Saidova kabi 60dan ortiq korxona vakillarini yaqin va uzoq manzillarida tashqil etilgan 15ta savdo ko‘rgazmalarida ishtiroklarini qo‘llab-quvvatladi. Natijada umumiy qiymati 43 million AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan bitimlarga erishildi.
“Korxonalarning savdo yarmarkalarida muvaffaqiyatli qatnashishining bevosita namoyon bo‘ladigan natijasi ko‘ra foydali shartnomalar tuzish va yangi ish o‘rinlarining yaratish – bu muhimdir” –deydi Shoxrux Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kichik va xususiy biznes korxonalarini eksport qilishlarida qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan Uztadbirkoreksport tashqi savdo jamiyatning vakili.


“Ko‘rgazmada biznes uchun halqaro miqyosda muvaffaqiyat keltirayotgan va boshqalar bilan baham ko‘riladigan yangi uslub va texnologiyalar namoyon qilinadi. Unda xorijiy xaridorlarga O‘zbekiston biznes imkoniyatlarini ochib beriladi, eng muhimi, chet el bozorlarida savdo qilish ushalmas orzu emasligiga va umuman korxonlarning, shu jumladan, ayollar boshqarayotgan korxonalarning biznesga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanadi”.


Keng turda meva va sabzavotlarni ishlab chiqarayotgan "Agroprodukt Eksport Agrofirma" MChJsining boshqaruvchilaridan biri sifatida Odinaxon Saidovaning loyiha doirasidagi ko‘rgazmada ishtirok etishi shaxsiy biznesi hamda jamiyatga sezilarli foyda keltirdi. Ko‘rgazma paytida u “Sibir Invest” kompaniyasi bilan 100 000 AQSh dollarlik shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Xozirgi kunda u ushbu kompaniyaga ikkinchi partiyadagi yukni yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mazkur shartnomani imzolanishi, tashqi bozorda katta talabga ega bo‘lgan dukkali mahsulotlarni yetishtirish uchun qo‘shimcha 10ga yer olishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, tashqi bozorda unga talab quchli bo‘lgan uzum mahsuloti uchun sovuqxona qurish bo‘yicha harakat qila boshladi. Mahsulotlarning tan narhi arzon bo‘lishi hisobiga Odinaxon xozirda 11 kishini mavsumiy ish bilan ta’minladi, natijada u yashayotgan hamjamiyatiga ish bilan ta’minlash borasida qo‘shimcha imkoniyatlar ochib berdi.


Odinaxon Saidovaning sa’y-harakatlari nafaqat jamiyatdagi moliyaviy barqarorligiga olib kelmoqda, balki bu bilan u butun O‘zbekiston ayollariga ham ijobiy namuna bo‘lmoqda. Ayollarning milliy va xalqaro miqyosda o‘z mavqelariga erishishlari, Odinaxon kabilarning yutuqlari, ularning oila va turmush o‘rtoqlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganliklari O‘zbekiston biznes olamining o‘zgarayotganligiga yorqin misol bo‘la oladi. Ayniqsa, Odinaxonning 2013 yilda “Eng yaxshi tadbirkor ayol loyihasi” tanlovida g‘olib bo‘lishi unga ilhom bag‘ishladi, "World Food Moscow" ishtirok etishi esa unga nimalarga qodir ekanligini isbotlash uchun yana bir imkon berdi.


“Men ko‘rgazmadan juda ham ta’sirlandim, bu hamkorlik o‘rnatish va biznesni rivojlantirish uchun juda foydali bo‘ldi, qanday natijalarga intilish kerakligini aniq tasavvur qila oldim”, deydi Odinaxon Saidova. “Eng muhimi, mehnat qilishingiz va bajaryotgan ishingizni yaxshi ko‘rishingiz kerak, shunda tez orada mehnatingizni rohatini ko‘ra olasiz”.


2014 yildan beri davom etayetgan “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasining 3-Fazasi 160dan ziyod qishloq va shahar biznes korxonalariga yordam berib, O‘zbekistonda kichik va xususiy biznesning rivojlanishiga o‘z hissasini ko‘shib kelmoqda.


Biznes sektorda gender tenglikka erishish maqsadida halqaro biznes trening loyihalarda ko‘proq ayollar boshqarayotgan korxonalar ishtirokiga, shuningdek, salohiyatni oshirish va texnik ko‘mak berishga e’tibor qaratilgan. Muntazam kengayib borayotgan O‘zbekiston biznes- sektorida ayollarning muhim rolini jamiyat tomonidan tushunilishi va rivojlantirilishiga alohida urgu berilmoqda.
Loyiha faoliyati haqidagi batafsil ma’lumotni uning Facebookdagi sahifasi yoki BMTTDning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.