Sil kasalligini to‘xtatishda velosipedlarning xissasi

2015 Noya 27

Salomatlik ko‘ngillisi Juzimgul Matirzayeva velosiped yordamida Sil kasalligini profilaktikasi bo‘yicha bilimlarini uzoq masofodagi oilalarga yetkazish imkoniga ega bo‘ldi Salomatlik ko‘ngillisi Juzimgul Matirzayeva velosiped yordamida Sil kasalligini profilaktikasi bo‘yicha bilimlarini uzoq masofodagi oilalarga yetkazish imkoniga ega bo‘ldi

«Mahallamizda o‘pka kasalligi chalingan, lekin o‘z vaqtida qishloq vrachlik punktiga murojaat qilish muhim ekanligini bilmasligi shuningdek stigma xissi sababli o‘z kasalligini yashirib yo‘rishni ma’qul deb bilgan bemor bo‘lar edi»-deydi ko‘ngilli Juzimgul Matirzayeva, 1620ta xonadondi o‘ziga qamragan «Qrantau» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi oilalar o‘rtasida salomatlik mavzusida o‘tkazayotgan targ‘ibot ishlari paytida BMTTD mutaxassislari bilan o‘tkazgan suhbatida. Uning asossiy ish faoliyati aholi o‘rtasidagi noto‘g‘ri fikirlarni salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan.

«Aksariyat odamlar Sil kasalligining davosi yo‘q deb bilishadilar va o‘zlarini bemorlardan o‘zoqroq tutishga harakat qiladi, lekin bizlar olib borgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida aholining kasallik haqidagi tushunchalarini ijobiy tomonga o‘zgartirishga erishdiklar».

O‘zbekistonning shimoliy g‘arbidagi Qoraqalpog‘iston hududida Sil kasalligining tarqalishi muammosi Orol dengizining qurub ketishi oqibatida havoning ifloslanishi va sifatsiz ovqatlanish masalalari natijasida yuzaga kelgan muammolardan biri hisoblanadi. Kasallikning yuqish yo‘llari va natijali davolanishi haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lmasligi odamlarning kasallikdan qo‘rqishining kuchayishi, aholi orasida stigma hollatlariga sabab bo‘lmoqda.

Bu mammolarning ijobiy yechish maqsadida amalga oshirilayotgan BMTning Qo‘shma Dasturi doirasida o‘z mahallalarda Sil kasaligi haqida kerakli ma’lumotlarni tarqatish maqsadida 1730 nafar jamoatchilik ko‘ngillilari tayyorlandi. J.Matirzayeva mehnatlari jamoatchilik tomonidan 2015 yilda munosib baholanib yangi velosiped bilan taqdirlangan eng faol 55 nafar ko‘ngillilardan biri. Keyinchalik esa ularning mehnatlari bundan ham yuqori saviyada baholanib, dunyo miqyosda «Xalqlar ovozi» mukofoti bilan taqdirlandi.

Hududdagi aholining salomatligini ta’minlashga qaratilgan ishlarini amalga oshirish J.Matirzayeva va uning safidagi boshqa ko‘ngillilarning kundalikli faoliyatlaridir. Qozonilgan faxr va iftixorlari ortishiga qaramasdan u va boshqa ko‘ngillilar o‘z ishini sadoqatli bajarib kelmoqda. Bu ishlari amalga oshirishda velosipedlar ularga juda ham qo‘l kelishmoqda, chunki velosiped yeng qo‘layli va samarali vosita hisoblanadi.

«Odatta men har kuni 6 - 7 xonadonga borib xabar olaman va velosiped bilan ta’minlanganimdan so‘ng bu ishlarni bajarishda juda ko‘p vaqtimni tejashga erishmoqdaman, chunki ayirim xonadonlar 8 km uzoqlikda joylashgan»-deydi J.Matirzayeva- «Yendilikda ko‘proq xonadonlarga borishimga va salomatlikga oid ma’lumotlarni yetkazishim, bu orqali o‘z mahallam va o‘z oilamda salomatlikni ta’minlashga o‘z xissamni qushish imkoniga ega bo‘ldim.»

«Men kabi jamoatchilik ko‘ngillilari uzoq masofadagi xonadonlargacha yetib borishda zarur bo‘lgan ushbu harakatlanish vositasi bilan ta’minlanganimizdan so‘ng targ‘ibot ishlariga ko‘proq vaqt tejash imkoniga ega bo‘ldik hamda aholining bilimlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlar hajmini ko‘paytirish va ularda ushbu kasallikni tarqalishiga chek qo‘yish imkoni bor ekanligiga ishonch hosil qilishmoqdamiz».

J.Matirzayeva va uning yonidagi ko‘ngillilar mahalla hududidagi «Ornek-2» Qishloq Vrachlik Punkti bilan ham bevosita hamkorlikda ishlamoqda. QVP hamshiralari bilan hamkorlikda J.Matirzayeva o‘ziga berilgan mahsus o‘quv materiallari yordamida oilalar orasida noto‘g‘ri tushunchalarga chek qo‘yib sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilib kelmoqda.

Ayniqsa, ushbu noto‘g‘ri tushunchalardan biri Sil kasalligi nasildan-naslga o‘tadi deb o‘ylashlari. Avvallari aholi o‘rtasidagi ushbu noto‘g‘ri fikr tufayli ayirim Sil kasalligiga chalingan bemorlarning oilalarni chetlatmoq holatlari va natijada ayrim odamlarning davolanishdan bosh tortish holatlariga olib kelardi.

J.Matirzayeva, shuningdek, mahalladagi Sil kasalligi holatlariga oid ma’lumotlar va hisobotlarning tayyorlanishida ham muhim o‘rniga ega. Shuningdek u mahallada o‘tkaziladigan har xil tadbirlarni tashkil etishda va aholini jalb qilishda ham yaqindan yordam ko‘rsatib kelmoqda.

«Sil kasalligining tarqalishini to‘xtatish va stigma holatlariga chek qo‘yishga qaratilgan ishlarida J. Matirzayeva va u kabi ko‘ngillilar o‘rni jo‘da muhim, chunki ularni o‘z mahalladoshlari bilishadilar va ularga ishonishadilar» - deydi Dastur Koordinatori, Xeli Nyukyanen.

«Shuningdek ular mahallalar miqyosida tarqatish uchun muhim bilimlarga ega va bu o‘z navdatida Sil kasalligiga qarshi strategiyani mahallalarda yanada kengroq va samarali qo‘llashga imkoniyat yaratadi».

Ko‘ngillilar tomonidan Qoraqalpog‘istonda qamrab olingan 128 000 ta xonadonlardan biri Juzimgul Matirzayeva tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Shamsiya Qutekeyevaning oilasidir. Targ‘ibot ishlaridan natijasida uning oila a’zolari o‘rtasida kasallik haqidagi tushunchalari butunlay o‘zgardi.

«Avvallari bizning oilada Sil kasalligining davosi yo‘q va o‘lim holatiga olib keladi debo‘ylardik, lekin Juzimgul bizlarga to‘g‘ri ma’lumotlarni yetkazishi natijasida ushbu kasallikning davosi bor ekanligini hamda uning yuqish yo‘llari va davolash choralari haqida bilamiz»-deydi Sh.Qutekeyeva «Shuningdek, ko‘pchilik odamlarni qo‘rqishga soluvchi Sil kasalligi nasldan-naslga o‘tadi degan tushunchaning ham noto‘g‘ri ekanligini bilib oldik».

O‘z bilimlarini oshirgan Qutekeyeva xonadonidagilar xonalarni har kuni shamollatish va tozalab borish, bakteriyalarni o‘ltirish maqsadida xonalarga quyosh nurlarini tushirish kabi tavsiyalarga ham amal qilishni uzlariga odat qilmoqdalar. Shuningdek, ular shaxsiy gigiyena, ya’ni yo‘talganda yoki aksirganda og‘iz va burunni bekitish kabi qoidalariga qat’i amal qilishmoqdalar va buni boshqalarga da targ‘ib qilmoqdalar.

BMTTD tomonidan ko‘rsatilayotgan izchil yordam va o‘ziga taqdim qilingan velosipeddan foydalangan holda o‘z mahallasida Sil kasalligiga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

«Odamlarning ko‘zlarida sog‘lom va yaxshiroq hayotga degan umidlarni ko‘rish orzusi meni ushbu ishlarga undadi.O‘z mahallamda sog‘lom hayotni ta’minlash bilan birgalikda men o‘zim va oilamning ham sog‘lom bo‘lishinim ta’minlamoqdaman»- deydi u o‘z so‘zining yakunida- «Bizlarning ishlarimiz munosib baholanishi va boshqalarga namuna tarqasida xizmat qilishiga arzigo‘ylik ekanligini bilganimda o‘zimni juda ham baxtli sezdim».

 

***

BMTning «Orol dengizi fojiasidan zarar ko‘rgan aholi turmush tarzini yaxshilash» Qo‘shma Dasturi haqida

BMTning Qo‘shma Dasturining faoliyati Qoraqalpog‘istondagi mahallalarning iqtisodiy, oziq-ovqat, salomatlik va atrof-muxitning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Dasturning maqsadi inson xavfsizligi konsepsiyasi doirasidagi tamoyillarni qo‘llash yo‘li bilan aholini turmush tarzini yaxshilash bilan birgalikda ularni iqtisodiy va tabiiy inqirozlardan saqlashga qaratilgan.

Blog konsultant Djeyms Brindli tomonidan tayyorlandi