• Suv resurslarini majmuaviy ravishda boshqarish sohasidagi O‘zbekistonning tajribasini butun Markaziy Osiyo miqyosida qo‘llash sari

    2014 Apr 29

    Mahalliy miqyosdagi muammoni butun mamlakat kuchlarini ishga solish orqali yechishga qaratilgan harakatni “chumchuqqa zambarak otish” bilan qioslasa bo‘ladi. Butun mamlakat miqyosida amalga oshiriladigan sa’y-harakatlar samaraliroqdek tuyulsada, ko‘p hollarda ular kutilgandan ko‘ra kamroq natijalarga olib keladi. 

    18-19 aprel kunlari Toshkent shahrida “Markaziy Osiyoda Suv resurslarini majmuaviy ravishda boshqarish” mavzusida konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Unda Davlatlararo suv xo‘jaligi komissiyasi, BMTning Markaziy Osiyo bo‘yicha idorasi, BMTTD, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi. Konferentsiyani BMTning O‘zbekistondagi Doimiy vakili janob Stefan Prisner ochib berdi. Mazkur konferentsiya uning ishtirokchilariga suv resurslarini boshqarish sohasida fikr almashish imkonini yaratdi. 

    BMTTDning Suv resurslarini majmuaviy ravishda boshqarish loyihasi rahbari Ulug‘bek Islomov suv resurslarini boshqarish masalasiga mahalliy miqyosdagi ahamiyatga ega bo‘lgan muammo sifatida qarash maqsadga muvoffiq degan fikrni ilgari surdi. Uning ta’kidlashicha, bunday muammolarga kichik, ixchamgina yechimlarni topish va mahalliy davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy aholi bilan birgalikda hayotga tadbiq etish zarur, negaki suv resurslarini majmuaviy boshqarish usullarini faqat “ozgina-yu sozgina” tamoyiliga rioya etibgina joriy qilish mumkin. 

    “Suv resurslarini majmuaviy boshqarish kontsepsiyasini birdaniga hayotga tadbiq etishning iloji yo‘q, aksincha, uni bosqichma-bosqich, shoshmasdan, mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy sharoit va talablardan kelib chiqqan holda tadbiq etish lozim”, deb ta’kidladi Ulug‘bek Islomov BMTTD vakillariga. 

    “Mazkur kontsepsiyani ko‘plab davlatlar birdaniga butun mamlakat miqyosida joriy etishga harakat qilmoqda, biroq ko‘p hollarda ular mahalliy talablar, shart-sharoitlarni inobatga olmaydi. Natijada taklif etilgan dastur va rejalar o‘ta mablag‘talab bo‘lganligi sababli shu zahotiyoq rad etilib joriy etilmay qolyapti. Aslida esa bu masalaga butunlay boshqa tomondan yodashish talab etiladi”. 

    O‘z nuqtai nazarini tasdiqlash maqsadida Ulug‘bek Islomov konferentsiyada o‘qigan ma’ruzasida Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan BMTTD loyihasini misol tariqasida eslatib o‘tdi. Ushbu viloyat O‘zbekistonning eng tez rivojlanayotgan viloyatlaridan bo‘lishiga qaramay, u doim o‘zining nihoyatda cheklanib qolgan suv resurslarini boshqarish bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Xususan, viloyatda sanoat va qishloq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanadigan suv resurslarini aniq belgilab olish lozim. Bundan tashqari, suv resurslari masalasiga davlat qarorlarini qabul qilish jarayonida muhim iqtisodiy tamoyil sifatida qarash lozim. 

    Yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda, BMTTD loyihasi Navoiy viloyatidagi suv resurslarini boshqarish masalasiga mahalliy miqyosdagi muammo sifatida qarab uning yechimiga aynan shu nuqtai nazardan yondashishga qaror qildi. Loyiha qamrab olgan aholining barcha talab va ehtiyojlari chuqur o‘rganilib, tahlil qilindi. Ushbu tahlil asosida tegishli loyihalar bevosita mahalliy aholi bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilib, amalga oshirildi, negaki bu loyihalarning natijalari biron bir xalqaro tashkilot yoki davlat mansabdor shaxslarining “sovg‘asi” emas, balki aynan shu aholining yutuqlari bo‘lib hisoblanishi zarur edi. 

    “Rivojlanish sohasida amalga oshirilayotgan loyihalarda nihoyatda tez-tez uchrab turadigan kamchilik bu aniq tahlil va muvoffiqlik yetishmovchiligidir, ayniqsa markazlashgan tizim sharoitida. Loyihamiz doirasida biz rejalashtirish jarayoniga viloyat hokimliklarini jalb etdik chunki ular suv resurslarini taqsimlashda muhim rol o‘ynaydilar, shuningdek bevosita mahalliy aholining fikrini ham inobatga oldik” dedi Ulug‘bek Islomov. 

    “Shuningdek, agarda bir narsa buzulgan bo‘lmasa, uni tuzatishga harakat qilish kerak emasligini ham esda tutish lozim. Alohida aholi guruhlarining ehtiyojlarini inobatga olmaydigan katta, keng miqyosdagi institutsional o‘zgartirishlar hech qanday samara bermaydi. Aksincha, kichik, ixchamgina loyihalar va idoralararo muvoffiqlik mablag‘ va resurslarni aynan kerak joylarga yo‘naltirishga yordam beradi”. 

    BMTTD tomonidan konferentsiyada ishtirok etgan Markaziy Osiyoning beshta mamlakati vakillariga berilgan tavsiyalar qatorida har bir mamlakat o‘z talab, shart-sharoitlariga ega, va suv resurslarini majmuaviy ravishda boshqarish kontsepsiyasi har joyda va har doim ham bir xil samarador bo‘lmasligi mumkinligini tushinish va tan olish lozim deb ta’kidlandi. 

    Konferentsiya davomida yana bir fikr aytib o‘tildi, u ham bo‘lsa mamlakatlar doim suv resurslarini majmuaviy ravishda boshqarish tizimini to‘laqonli hayotga tadbiq etishga intilishi hamda suv, yer va ular bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tabiiy resurslarni boshqarishda ko‘p tomonlar bilan muvoffiqlashgan reja asosida harakat qilish lozimligi, va faqat shundagina haqiqiy iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga erishish mumkinligi ta’kidlandi. 

    19 aprel kuni Davlatlararo suv xo‘jaligi komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish Markaziy Osiyoda suv resurslarini muvoffiqlashgan holda boshqarish masalasida katta ahamiyat kasb etadi.