• O‘zbekistonda gender tengligi: Nima uchun bu savol meni o‘ylantirmoqda?

    2014 Mar 5

    Mazkur rasm bir necha kun avval, BMTTDning qishloq xo‘jaligiga ichimlik suvini yetkazib berish imkoniyatini kengaytirish loyihasining namoyishi sifatida olingan. Bu rasmda biz ketmin bilan arik kaziyotgan ayollarni ko‘rishimiz mumkin. Erkaklar nima qilayaptilar? Ular esa yonma-yon turib, ish jaroyonini boshqarayaptilar.

    Ehtimol, ushbu rasm muayan mohiyatiga qaratilmagandir, faqat men uni O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan gender tenglikning ramzi sifatida qabul qildim. Statistikaga oid bir nechta ko‘rsatkichlar: ish bilan ta’minlangan aholining 45,4% ayollarni tashkil etadi (2012 yil.), faqat ular ko‘pincha kam maoshli sohalarda, ayniqsa, sog‘likni saqlash, ta’lim yunalishlarda ishlaydilar (ushbu sohalarning 76,2% va 68,4% xodimlari ayollar). Faqatgina ayollarning kamchilik qismigina ko‘p miqdorli maoch beruvchi, jumladan, qurilish (9,2%), transport va kommunikatsiya (12,2%), ishlab chiqarish sohalarida (39,3%) faoliyat yuritadilar. 

    Ayol mamlakatimizning har bir sohasida erkaklar bilan teng faoliyat yuritadilar. Ammo, ayollar va erkaklar arosidagi farq: ayollar uy yumushlarini hech qanday maoshsiz bajaradilar. Ayollar ushbu ishlarga kunda 4 soat ketkazishsa, erkaklar esa bu ishlar uchun 1 soat sarflaydilar (Ushbu dalim OTBning 2005 tilda, O‘zbekiston ayollari va erkaklari nashrida bayon qilingan ma’lumoti bo‘yicha olindi). Tekissiz uy ishni taksimlashi ayollarning kam maoshli ish faoliyati tullanmagan uy ish bilan o‘rnini koplanishini ko‘rsatadi. 

    Ta’lim esa bu gender tengsizlikni siyqalash o‘rniga aksincha chukurlashtiradi. Majburiy o‘rta talimdan yuqorrok borganda, gender tengsizligi oshishni ko‘rishimiz mumkin: faqat 36,5% talabalar, 27,8% kandidatlar va 18,6% doktorlar ayollar hisoblanadi. 

    Hukumatimizda ayollar  kam  miqdordagi ish o‘rinlarini egallaydilar – davlat institutlaridagi 16,9% xodimlargina ayollar hisoblanadi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 21,7 foizini ayollar tashkil etadi, Oliy Majlis Senatida esa – 15%, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasida – 6,5% ayol xodimlar hisoblanadi. 

     Ammo, aksariyat holatlarda,  iqtisodiyot sohasida ayollarni boshqaruvchi vazifasida uchratishimiz mumkin.  2010 yil 1 yanvar ma’lumotlarga ko‘ra, iqtisodiy sohada 26,8% ma’muriyat xodimlar ayollarni tashkil etgan. Lekin, ayollar faqatgina past va o‘rta daraja o‘rinlarni egallab, boshqaruvchi vazifalarda kam uchraydi. 

    Albatta, bu faqat ko`rsatkich xolos. Erkaklar ushbu holatni tabiiy deb bilib,  ushbu masalani ko`tarilishiga e’tiroz bildiradirishlari mumkin. Ehtimol bu - haqiqat: O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotida ayollar doimo  ikkinchi darajali rolni o‘ynaganlar. Lekin 21 asrda ayollarning jamiyatdagi ishtiroki butunlay o`zgarmoqda.  Agar biz erkagu-ayollarni  teng imkoniyatlar bilan ta’minlay olmasak, insoniyat uchun  ahamiyatli bo‘lgan  salohiyatni to`la  amalga oshira olmaymiz. Biz o‘zimiz tenglikga yetarlicha  baho bera olamiz. Erkaklar va ayollar orasidagi tenglikga erishish, albatta, millatimizga yanada  yorqinlik olib keladi. Aynan shuning uchun meni gender tengligi haqidagi savol o‘ylantirmoqda…