• “Janub-Janub” hamkorligi: O‘zbekiston donor bo‘lishi vaqti keldimi?

    2013 Sen 18

    TOBORA YUKSALAYOTGAN TOSHKENT SHAHRI

    Ildus Kamilov -

    “Janub-Janub” hamkorligi nafaqat O‘zbekiston iqtisodiyoti balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiyotini tez sur’atlarda o‘sib ketishiga yordam berishi mumkin.

    Qanday deb so‘raysizmi? “Janub-Janub” hamkorligi ba’zida global janub deb atalmish rivojlanayotgan mamlakatlar orasida resurs, bilim va texnologiyalar almashinuvini nazarda tutadi.

    Bunday hamkorlik doirasida O‘zbekiston boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro iqtisodiy rishtalarini mustahkamlash orqali xorijiy yordamga qaramligini kamaytirib hattoki dunyo miqyosida kuch muvozzanatining o‘zgarishiga erishishi ham mumkin.

    Aynan hozir O‘zbekiston o‘z maqomini yanada ko‘tarib yangi donor mamlakatiga aylanish payti keldi. (“Rivojlanayotgan mamlakatlar kelajakni o‘zgartirmoqda” deb ta’kidlangan Inson rivojlanishi haqidagi hisobotda)

    Yordam oluvchi mamlakat donor mamlakatiga aylanishi uning iqtisodiy va siyosiy nufuzining kuchayishiga olib keladi. O‘zbekistonning rivojlanish modeli esa bunday muhim qadam qo‘yish uchun mustahkam zamin yaratadi.

    Shuningdek, O‘zbekiston ilmiy almashinuvni rag‘batlantirishga qaratilgan grant loyihalari doirasida olib borilayotgan tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash orqali siyosiy va iqtisodiy dividendlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Liberal iqtisodchilar odatda O‘zbekiston Hukumati mamlakatning iqtisodiy faoliyatiga haddan tashqari ko‘p aralashadi deb shikoyat qilishadi. Shunga qaramasdan, hattoki dunyoning eng liberal iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar ham O‘zbekiston yettidan sakkiz foizgacha YaIMning yillik o‘sishiga (pdf) erishganligini e’tirof etmoqda, vaholingki ushbu ko‘rsatkichga O‘zbekiston 2008 yilning glabal moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ayni avj olgan bir pallada erishgan.

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Qayta qurilish va rivojlanish jamg‘armasi 2012 yilda 10 milliard AQSh dollarini yig‘ib olgan, 2016 yilga qaradar esa jamg‘arma mablag‘i 15 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Mazkur jamg‘arma xom ashyo eksportidan tushayotgan mablag‘lar evaziga to‘ldiriladi.

    Ushbu mablag‘larning bir qismini qo‘shni mamlakatlarga texnik yordam ko‘rsatish dasturlari doirasida eksport kreditlari shaklida ajratilishi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talabning yanada kuchayishiga yordam berib bu mablag‘lar xom ashyoviy bo‘lmagan sohalardan kelayotgan eksport foyda shaklida O‘zbekiston iqtisodiyotiga qaytib kelishini ta’minlagan bo‘lardi.

    Qolaversa, O‘zbekistonda o‘tish davrida orttirilgan tajriba ham, “Janub-Janub” hamkorligiga o‘z hissasi tariqasida qo‘shadigan moliyaviy resurslar ham yo‘q emas. Shunga qaramasdan, O‘zbekistonda ushbu yangi iqtisodiy tadbirni amalga oshirish uchun kerakli institutsional platforma hamda tegishli me’yoriy-huquqiy baza va ma’muriy salohiyat yetishmaydi.

    Xo‘sh, bunday institutsional platformani qanday yaratsa bo‘ladi?

    1. Osiyo taraqqiyot banki va Jahon banki kabi yirik xalqaro moliyaviy institutlar bilan uch tomonlama yoki ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish lozim. Dastlabki bosqichlarda mazkur yondashuv eng murakkab bo‘lgan sohalarda, tashkiliy xarajatlari unchalik ko‘p bo‘lmagan loyihalarni, jumladan eksport kreditlari va uzoq muddatli zaymlar bo‘yicha loyihalarni boshlab yuborishga yordam beradi.

    Xalqaro moliyaviy institutlar Markaziy Osiyo va boshqa mintaqalarda yaratilgan tashkiliy tarmoqlar va loyiha portfeliga ega. Bular O‘zbekiston uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu institutlar tartibga solingan ma’muriy tizimga ega bo‘lib, bu tizim keng ko‘lamli texnik yordam loyihalarini amalga oshirishga yordam beradi.

    2. O‘zbekistonda xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentlik va eksport-import bankini joriy qilish lozim. Mazkur idoralar orqali xalqaro xaridorlarga ichki mahsulotlarning eksporti moliyalashtirilgan bo‘lardi. 2007 yilda O‘zbekistonning Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan mamlakatda eksportni rag‘batlantirish chora-tadbirlari doirasida eksport-import bankining yaratilishi g‘oyasi ilgari surilgan edi.

    Yaqindagina Markaz tomonidan “Development Focus” nashriyotining oxirigi loyihasi ishlab chiqilib unda O‘zbekiston “Janub-Janub” hamkorligida ishtirok etishdan erishadigan yutuqlari va imkoniyatlari yoritilgan. Tez kunlarda keng ommaga taqdim etilishi kutilayotgan yakuniy hisobot O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi sari qiladigan yana bir qadami bo‘lib xizmat qiladi.