Blog

Davlat xizmatlari “yagona darcha”da

2017 Iyul 18

image

Biz tadbirkorlik sub’yektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘satish tizimi tuzilganligi to‘g‘risida intervyu  berganimizdan beri qariyb ikki yil o‘tdi. Ushbu sohada  erishilgan natijalarni o‘rganish va xizmat ko‘rsatuvchi hukumatni kelgusida  yanada rivojlantirish istiqbollarini belgilab olish bugungi kunda muhim bo‘lib hisoblanadi. Andijon, Guliston, Farg‘ona shaharlari va To‘rtkơl tumanida  O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Biznesga ko‘maklashish markazlari”ning tajriba tariqasida tashkil  tilishi rivojlanish va “yagona darcha”da tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishga misol bơladi. Tashabbus 2009-2013 yillarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTDning “O‘zbekiston biznes-forumi” qo‘shma loyihasi tomonidan zamonaviy AKTdan (veb-texnologiyalar,  elektron reyestrlar,  elektron onlayn to‘lov tizimlari va businessinfo.uz – axborot portali) foydalangan holda amalga oshirilgan  edi. Shu tariqa tadbirkorlarga xizmatlar ko‘rsatish b o‘yicha sinalgan mexanizm natijada hozirgi vaqtda tadbirkorlik sub’yektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi  yagona markazlarga aylantirilgan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyalari bazasida joriy  etildi. O‘tgan ikki yil mobaynida barcha tumanlar va shaharlarda tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha 194 ta  yagona markazlar faoliyat  yuritmoqdalar. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTDning “O‘zbekiston biznes-forumi (3-bosqich)” qơshma loyihasi ko‘magida markazlar faoliyatining normativ-huquqiy bazasi shakllantirildi va mustahkamlandi, shuningdek ularning moddiy-texnik ta’minoti kuchaytirildi, davlat xizmatlari pasportlarini, xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar shakllari va blanklarini, “yagona darcha” markazlari xodimlarining lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqish hamda tasdiqlashda yordam ko‘rsatildi. Ma’muriy reglamentlar  Davomini o'qish

Technovation Challenge Oʻzbekistonlik o’quvchi qizlarni dolzarb muammolarni xal etishga qanday ragʻbatlantirmoqda?

2017 Mai 31

image

Oʻquvchi va talabalarning oʻzlashtirish darajasini oshirishda, qariyalarni ish bilan ta’minlash muammolarini xal etishda, maishiy chiqindilarni qayta ishlab chiqarishni  takomillashtirishda mobil ilovalar qanday yordam berishi mumkin? Technovation Challenge dasturi doirasida oʻtgan 3 oy davomida Oʻzbekistonlik o’quvchi qizlar bu va boshqa masalalarni xal etishga harakat qildilar. Technovation Challenge – ilk bor 2010-yilda San-Fransisko (AQSh)da 10-18 yoshlardagi qizlar uchun ishga tushurilgan Xalqaro dastur.  Technovation maqsadi – texnologiyalar, jumladan, mobil ilovalar yordamida qizlarni jamiyatdagi mavjud muammolarni xal etishga ilhomlantirish va zarur qo’nikmalarni oʻrgatish. 2017-yilning fevral oyida Technovation dasturi ilk bor Oʻzbekistonda ishga tushurilgan. 12 hafta davomida 95 nafar yuqori sinf (15-18 yosh) oʻquvchi-qizlari 22ta guruhga boʻlinib, sogʻliqni saqlash, ta’lim, atrof-muhit, kam ta’minlangan, tengsizlik va xavfsizlik sohalariga oid masalalarni xal etishga yonaltirilgan loyihalar ustida ishladilar. Ishtirokchilar 43 nafar mentor-ayol rahbarligida maxsus ishlab chiqilgan oʻquv dasturi boʻyicha oʻqitilib, natijada, biznes yuritish, dasturlashtirish va oʻzini-oʻzi rivojlantirish borasida yangi bilimlarga ega boʻldilar. Mobil ilovalarni ishlab chiqish, marketing izlanishlarni olib borish, biznes-reja tuzish, prezentatsiyalar tayyorlash, fikrlash dizayni, yetakchilik, videoroliklar va ma’ruza-chiqishlarini tayyorlash – bu dastur davomida egallagan koʻnikmalarning bir qismigina xolos.  BMTTDning «Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish» loyihasi Oʻzbekistondagi bolalar va oilalarni qoʻllab-quvvatlash Uyishmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va INHA Universiteti bilan hamkorlikda  Davomini o'qish

Mahalliy boshqaruv tizimini mustahkamlash uchun qulay davr

2017 Yanvar 30

image

2017 yil O‘zbekistonda mahalliy boshqaruv tizimini mustahkamlash va rivojlantirish borasida yangi davr bo‘lishi kutilmoqda. Bunga hukumat tomonidan qabul qilingan muhim qarorlar, mamlakatni rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari hamda joriy yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi kabi omillar zamin yaratib berdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi o‘zining birinchi hamda ikkinchi bosqichdagi faoliyati davomida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirish, hududlarni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Biroq barcha istiqbolli chora-tadbirlar asosan uchta tajribaviy hudud – Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlarida amalga oshirildi. Endi esa mazkur hududlarni taraqqiy etirish sohasidagi to‘plangan boy tajribani butun respublika darajasida qo‘llash imkoniyati tug‘ildi. Yaratilgan asoslar Keng ma’noda aytganda, mahalliy hokimiyat organlariga o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlash imkoniyatini yaratib berish uchun O‘zbekiston Respublikasi hukumati va BMTTD hamkorligidan uchta maqsadga, ya’ni a) yanada amaliy vositalar va infrotuzilma, b) moliyaviy mustaqillik va v) to‘g‘ri qaroq qabul qila olishga - erishish talab etiladi. O‘tgan davr mobaynida ushbu uchala yo‘nalishda ham sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Loyiha doirasida erishilgan ayrim yutuqlar BMTTDning O‘zbekiston hududlaridagi “yashil” texnologiyalarni joriy qilish hamda aholini uzluksiz gaz, elektrquvvati va ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi keng ko‘lamli chora-tadbirlari bilan chambarchas bog‘liq. Kerakli axborot texnologiyalari jihozlarining taqdim etilishi hamda  Davomini o'qish

Kichik biznes xalqaro bozorlarga chiqmoqda

2016 Noyabr 16

image

O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishida kichik va xususiy biznes sektorlarining rivojlanishi ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanib, bu boradagi sa’y –harakatlarning bir qismi xalqaro biznesda aloqa o‘rnatish bilan bog‘liqdir. O‘z faoliyatini 2011 yildan boshlab “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi kichik va xususiy biznesga yordam berib, 2016 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan World Food Moscow kabi xalqaro ko‘rgazmalardagi ishtiroklari orqali qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. «Xalqaro maydon» sari tashlangan ilk qadam qo‘rqinchli bo‘lishi mumkin. «Faraz qilib aytganda «mijozning o‘zi qo‘lingga kelib tushishi»ni boshqa bir vaziyatda taxmin qilib ko‘rish ham qiyin bo‘lsa kerak. Barchaga ma’lum bo‘lganidek, birinchi bitimni tuzish biznes yuritishning eng qiyin qismi bo‘lib hisoblanadi» - deydi Alisher Sapayev, "UzAgroExport" tashqi savdo kompaniyasining marketing bo‘limining boshlig‘i. Loyiha hamkori "UzAgroExport" tashqi savdo kompaniyasi 2016 yilda ta’sis etilib qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishga ixtisoslashtirilgan va u World Food Moscow ko‘rgazmasida milliy stendning tashkil etilishida asosiy hamkor bo‘lgan. «Jamiyki mavjud marketing vositalaridan - savdo yarmarkalar, keng miqyosdagi masalalarni yechishga imkon beradi. Bu yerda ishtirokchilar biznes yuritishlari, o‘z mavqelari ustida ishlashlari, ishbilarmon hamkorlarni izlashlari yoki bozorni o‘rganishlari mumkin», - deb qo‘shimcha qildi, A. Sapayev. Milliy hamkorlar bilan birgalikda, jumladan "Uztadbirkoreksport" va "Uzagroexport” tashqi savdo kompaniyalar bilan BMTTDning «Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish» loyihasining sa’y-harakatlari natijasida xalqaro biznesdagi aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari yaqin chegaradosh  Davomini o'qish

EKSPORT QILISh OSONLAShDI - O‘ZBEKISTONDAGI BIRINChI MILLIY ELEKTRON SAVDO PLATFORMASI

2016 Mai 22

image

«Korxonamiz xo‘l va quruq agro- mahsulotlarini yetishtirishga iqtisoslashtirilgan bo‘lib, savdo bozorini kengaytirishga bo‘lgan qiziqishimiz katta. Yangi “UzTrade” savdo platofrmasi esa bu borada bizga keng doiradagi xorijiy xaridorlarga o‘z mahsulotimizni yetkazib berishimiz uchun yo‘l ochib bermoqda” – deydi BMT Taraqqiyot Dasturining xodimlariga O‘zbekistondagi birinchi onlayn platformaning ochilishida tadbirkor Asqar Qodirov. Avvalgi blogimizda ta’kidlaganimizdek, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etgan Odinaxon Saidova kabi, janob Qodirovning ham maqsadi - ichki muvaffaqiyatni jahon e’tirofiga aylantirishdir. Uning Spectrum ITG korxonasi tomonidan eksport qilinayotgan meva va sabzavotlari, mahsulotlari O‘zbekistonda o‘z maqomiga ega, lekin shu bilan birga UzTrade veb-sahifasi savdoni kengayishi yo‘lida eng yaxshi vosita sifatida o‘z isbotini topmoqda. “O‘ylayman-ki, ‘UzTrade’ orqali men ko‘proq shartnomalar tuzaman va eksport xajmini oshirishga muvaffaq bo‘laman. Veb-sahifasi tashabbuskorlari va uning ijodkorlariga samarali mehnatlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bunday tashabbus elektron tijorat davrida juda ham kerak edi” - deydi A. Qodirov. Biznes uchun yangi vosita. «Agar sizning biznesingiz Internetda emas ekan, demak u biznesdan tashqarida» deb aytgan edi Bill Geyts. Ushbu ibora O‘zbekistondagi kichik va xususiy biznes rivojlanishi uchun yaratilgan yangi “UzTrade” elektron savdo platformasining ustuvorliklariga ham to‘la tegishlidir»- deydi Tune Consultin MChJ vakili, veb-sahifa foydalanuvchisi Mumtoz Dalimov. O‘zbekiston korxonalari xalqaro bozorda ishlashlari uchun veb-sahifa bo‘lishi muqarrar, lekin veb-sahifani yuritish qimmat va murakkab masala bo‘lishi  Davomini o'qish

Kadrlarga bo‘lgan sanoat ehtiyojining o‘zgarishi

2016 Mai 5

image

Xalqaro rivojlanish tashkilotlarining uslubiyatiga ko‘ra, o‘rta daromadli mamlakatlar qatorining yuqori pog‘onasiga o‘tish uchun, mamlakat amalga oshirish kerak bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘p jihatdan mehnat bozoriga yetkazib berilayotgan kadrlar sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Axir, ular innovatsion g‘oyalarni taklif qilishlari va amalga oshirishlari, eng zamonaviy uskunalar bilan ishlay olishlari kerak. Prezident I.A.Karimov mamlakatning YaIMda sanoatning ulushini oshirish vazifasini qo‘ydi. Hozirda, shuningdek yaqin kelajakda texnik kadrlarga talab yanada ortib borishi kuzatiladi. Quyidagi diagrammada, sanoat sektorida kadrlarga bo‘lgan talab o‘zgarishi prognozi ko‘rsatilgan. Ko‘rib turganimizdek, diagramma kasb-xunar kollejlar tizimini tadbiq etish yo‘li to‘g‘ri tanlanganligi tasdiqlamoqda. Shu bilan birga, bozor iktisodiyotidagi tez o‘zgaruvchan sharoitlar ta’lim tizimi oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Shunday qilib, texnik mutaxassislar kollejlar tomonidan nafaqat yetishtirilishi kerak, balki xususiy sektordagi ish beruvchilarni kutayotgan talablarini qondirish ham kerak. I-grafik Shu sababli, sanoatdagi kadrlarga bo‘lgan talab extiyojlarni qondirish uchun, qo‘shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish talab etiladi va eng avvalo kasb-xunar kollejlar talabalarining tayyorlov jarayoniga o‘zgartirish kiritish darkor. Respublikamizda xar yili 9 sinfni o‘rtacha 500 mingta o‘quvchi bitiradi, shulardan 90 % taxsil olishni kasb-xunar kollejlarda davom ettiradi. Hozirgi kunda har bir o‘quvchi o‘rta ma’umotga ega bo‘lishi majbur va undan so‘ng yana 3 yil litsey va kollejda taxsil olib, biron-bir kasb egasi bo‘lishi lozim yoki akademik bilimlarini oshirish kerak. Agarda o‘quvchi tirishqoq,  Davomini o'qish

KIChIK BIZNES EKSPORT QILISh UChUN IMKONIYaT

2016 Mart 20

image

“Avvaliga rosa qo‘rqdim, xatto-ki tadbirda ishtirok etishdan voz kechmoqchi ham bo‘ldim, ammo hamkasblarim men bilan tajribalari eksport kompaniyalaridan xodimlar borishini aytib, fikrimdan qaytarishdi. Bundan tashqari, turmush o‘rtog‘im meni o‘z ishonchi bilan quvvvatlab turdi”. Odinaxon Saidova bir necha rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tgan o‘sib kelayotgan tadbirkorlar jamoasining vakili. BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi ko‘magida 2015 yil sentyabr oyida Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan "World Food Moscow ko‘rgazmasida ishtirok etib, o‘zbek biznesi sur’atining yangi ko‘rinishini namoyon etdi. 2011 yildan boshlab, “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi O‘zbekiston bo‘yicha kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari bilan ishlab, ularga chet el hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga yordam berib kelmoqda. Bu o‘z yo‘lida, kichik va xususiy biznes sektorining rivojlanishiga xamda Uzbekistonga chet el infestitsiyalarini jalb qilish va rivojlanish borasida amalga oshirayotgan sa’y-xarakatlarining bir qismidir. Halqaro ko‘rgazmalarda qatnashish mazkur faoliyatning asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida, “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi O. Saidova kabi 60dan ortiq korxona vakillarini yaqin va uzoq manzillarida tashqil etilgan 15ta savdo ko‘rgazmalarida ishtiroklarini qo‘llab-quvvatladi. Natijada umumiy qiymati 43 million AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan bitimlarga erishildi. “Korxonalarning savdo yarmarkalarida muvaffaqiyatli qatnashishining bevosita namoyon bo‘ladigan natijasi ko‘ra foydali shartnomalar tuzish va yangi ish o‘rinlarining yaratish – bu muhimdir” –deydi Shoxrux Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kichik va xususiy biznes korxonalarini eksport  Davomini o'qish

Sil kasalligini to‘xtatishda velosipedlarning xissasi

2015 Noyabr 27

image Salomatlik ko‘ngillisi Juzimgul Matirzayeva velosiped yordamida Sil kasalligini profilaktikasi bo‘yicha bilimlarini uzoq masofodagi oilalarga yetkazish imkoniga ega bo‘ldi

«Mahallamizda o‘pka kasalligi chalingan, lekin o‘z vaqtida qishloq vrachlik punktiga murojaat qilish muhim ekanligini bilmasligi shuningdek stigma xissi sababli o‘z kasalligini yashirib yo‘rishni ma’qul deb bilgan bemor bo‘lar edi»-deydi ko‘ngilli Juzimgul Matirzayeva, 1620ta xonadondi o‘ziga qamragan «Qrantau» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi oilalar o‘rtasida salomatlik mavzusida o‘tkazayotgan targ‘ibot ishlari paytida BMTTD mutaxassislari bilan o‘tkazgan suhbatida. Uning asossiy ish faoliyati aholi o‘rtasidagi noto‘g‘ri fikirlarni salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan. «Aksariyat odamlar Sil kasalligining davosi yo‘q deb bilishadilar va o‘zlarini bemorlardan o‘zoqroq tutishga harakat qiladi, lekin bizlar olib borgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida aholining kasallik haqidagi tushunchalarini ijobiy tomonga o‘zgartirishga erishdiklar». O‘zbekistonning shimoliy g‘arbidagi Qoraqalpog‘iston hududida Sil kasalligining tarqalishi muammosi Orol dengizining qurub ketishi oqibatida havoning ifloslanishi va sifatsiz ovqatlanish masalalari natijasida yuzaga kelgan muammolardan biri hisoblanadi. Kasallikning yuqish yo‘llari va natijali davolanishi haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lmasligi odamlarning kasallikdan qo‘rqishining kuchayishi, aholi orasida stigma hollatlariga sabab bo‘lmoqda. Bu mammolarning ijobiy yechish maqsadida amalga oshirilayotgan BMTning Qo‘shma Dasturi doirasida o‘z mahallalarda Sil kasaligi haqida kerakli ma’lumotlarni tarqatish maqsadida 1730 nafar jamoatchilik ko‘ngillilari tayyorlandi. J.Matirzayeva mehnatlari jamoatchilik tomonidan 2015 yilda munosib baholanib yangi velosiped bilan taqdirlangan eng faol 55 nafar ko‘ngillilardan biri. Keyinchalik esa ularning mehnatlari bundan ham yuqori saviyada baholanib, dunyo miqyosda «Xalqlar ovozi» mukofoti bilan  Davomini o'qish

Raqamlar so‘zlaganda: o‘qituvchi, shifokor yoki san’at sohasi xodimi – O‘zbekistondagi ayollarga xos bo‘lgan kasb turlaridir

2014 Noyabr 25

image

Gender tengligi nafaqat dunyoning aksariyat mamlakatlaridagi dolzarb masala, balki BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari (MRM)dan biri hisoblanadi. U, shuningdek, BMT 2030 yilgacha amalga oshirishni ko‘zda tutgan Barqaror taraqqiyot maqsadlaridan biri sifatida qayd etilgan. O‘zbekistonda BMT Taraqqiyot dasturi ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan bir qancha ishlarni amalga olirib kelmoqda. Shunga qaramay, davlat va jamiyat e’tiborini qaratishi zarur bo‘lgan sohalar, jumladan iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bor ekanini joriy statistik ma’lumotlardan kuzatish mumkin. Gender tengligi muammolari haqidagi xabardorlikni oshirish maqsadida BMTTDning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash/2 bosqich” loyihasi joriy tendensiyalarni o‘zida aks ettirgan infografikani ishlab chiqdi. Tayyorlangan infografikaga ko‘ra, O‘zbekistonda ayollar va erkaklar soni deyarli teng. Biroq hududlar nuqtai nazaridan olganda, shaharlardagi ayollar soni erkaklar sonidan ko‘proq va qishloq joylarda buning aksi. O‘rtacha olganda ayollar erkaklarga qaraganda deyarli besh yil ko‘p umr ko‘radilar va barcha jinoyatlarning 17%igina ayollarga to‘g‘ri keladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ishtirokka to‘xtaladigan bo‘lsak, yechimini kutayotgan qator kamchiliklar mavjud. Infografika ma’lumotlarida ko‘rsatilishicha, gender bo‘yicha ayrim tengsizliklarni kuzatish mumkin. Raqamlar shuni ko‘rsatmoqdaki, oliy o‘quv yurtiga kirayotgan 258,400 nafar talabaning 36.5%igina xotin-qizlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksariyat xotin-qizlar tabiiy fanlar va pedagogika, mos ravishda 50% va 60%dan ko‘proq, sohalarini o‘rganadilar. Biroq 18-19% qizlargina texnika oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishadi. Shunday ekan, xodimlari sonining 70%dan ortig‘i ayollarni tashkil etgan sog‘liqni  Davomini o'qish

Ayol xavfsizlik xizmatida qanday ishlaydi?

2014 Mai 8

image

Qizlar bolaligidan shifikor va o‘qituvchi bo‘lishni hohlaydilar, bolalar esa tezrok harbiy kiyimini keyishga shoshiladilar. Faqat Oksana Taran, stereotipdan o‘tib, o‘z hohishiga binoan o‘z kasbini tanlagan va bugun u Toshkentdagi BMTTDning Milliy idorada xavfsizlik xizmati xodimidir. Har doim go‘zal ayoldan o‘ta to‘rib, qanday qilib shu ishni bajara olishi tug‘risida unga savol bergimiz keladi. Qimmatbaho jihozlar mavjud bo‘lgan binoni qo‘riqlash va yana mo‘ximrog‘I 60 nafar idoraning xodimlari xavfsizligiga ma‘sul bo‘lish har birimizni ko‘rqitadi, shunday emas mi? Faqat Oksana Taran uchun bu ish odatiy. - Mening kasbim mendan atrofimdagi muhit va mavjud holat tug‘risida tuliq bilishni talab qiladi, shuning uchun men ma’suliyatli va e’tiborli bo‘lishim muhim, - deydi Oksana BMTTDning jamoatchilik aloqalar guruhi bilan bo‘lgan suhbatda. - Men bizning xavfsizlik xizmatimizda yagona ayol hisoblanaman, va men ham kasblarim tomonidan madad, harmat va g‘amxurlikni his qilaman. Men BMTTDda ishlash imkoniyatdan xursandman va doimo bu yerda ishlashga harakat qilganman. Harbiy sohasida faoliyat Oksana xarakterni chiniqtirdi, zero unda ham qiyin holatlar ko‘p o‘chraydi. Shuning uchun u o‘z kasbini barcha talablarni qabul qilishga va o‘z xarakterni ularga muvofiq tarzda rivojlantirishga tayyor bo‘lgan ayollarga tavsiya qiladi. - Bu sohada ishlashni hohlaydigan har bir inson ma’naviy va jismoniy tayyor bo‘lishi muhim, - deydi Oksana. – Men esa zarurliy tajribaga ega  Davomini o'qish