Bizning istiqbollarimiz

      • Ayol xavfsizlik xizmatida qanday ishlaydi?

        2014 Mai 8

        image

        Qizlar bolaligidan shifikor va o‘qituvchi bo‘lishni hohlaydilar, bolalar esa tezrok harbiy kiyimini keyishga shoshiladilar. Faqat Oksana Taran, stereotipdan o‘tib, o‘z hohishiga binoan o‘z kasbini tanlagan va bugun u Toshkentdagi BMTTDning Milliy idorada xavfsizlik xizmati xodimidir. Har doim go‘zal ayoldan o‘ta to‘rib, qanday qilib shu ishni bajara olishi tug‘risida unga savol bergimiz keladi. Qimmatbaho jihozlar mavjud bo‘lgan binoni qo‘riqlash va yana mo‘ximrog‘I 60 nafar idoraning xodimlari xavfsizligiga ma‘sul bo‘lish har birimizni ko‘rqitadi, shunday emas mi? Faqat Oksana Taran uchun bu ish odatiy. - Mening kasbim mendan atrofimdagi muhit va mavjud holat tug‘risida tuliq bilishni talab qiladi, shuning uchun men ma’suliyatli va e’tiborli bo‘lishim muhim, - deydi Oksana BMTTDning jamoatchilik aloqalar guruhi bilan bo‘lgan suhbatda. - Men bizning xavfsizlik xizmatimizda yagona ayol hisoblanaman, va men ham kasblarim tomonidan madad, harmat va g‘amxurlikni his qilaman. Men BMTTDda ishlash imkoniyatdan xursandman va doimo bu yerda ishlashga harakat qilganman. Harbiy sohasida faoliyat Oksana xarakterni chiniqtirdi, zero unda ham qiyin holatlar ko‘p o‘chraydi. Shuning uchun u o‘z kasbini barcha talablarni qabul qilishga va o‘z xarakterni ularga muvofiq tarzda rivojlantirishga tayyor bo‘lgan ayollarga tavsiya qiladi. - Bu sohada ishlashni hohlaydigan har bir inson ma’naviy va jismoniy tayyor bo‘lishi muhim, - deydi Oksana. – Men esa zarurliy tajribaga ega  Davomini o'qish

      • Suv resurslarini majmuaviy ravishda boshqarish sohasidagi O‘zbekistonning tajribasini butun Markaziy Osiyo miqyosida qo‘llash sari

        2014 Aprel 29

        image

        Mahalliy miqyosdagi muammoni butun mamlakat kuchlarini ishga solish orqali yechishga qaratilgan harakatni “chumchuqqa zambarak otish” bilan qioslasa bo‘ladi. Butun mamlakat miqyosida amalga oshiriladigan sa’y-harakatlar samaraliroqdek tuyulsada, ko‘p hollarda ular kutilgandan ko‘ra kamroq natijalarga olib keladi.  18-19 aprel kunlari Toshkent shahrida “Markaziy Osiyoda Suv resurslarini majmuaviy ravishda boshqarish” mavzusida konferentsiya bo‘lib o‘tdi. Unda Davlatlararo suv xo‘jaligi komissiyasi, BMTning Markaziy Osiyo bo‘yicha idorasi, BMTTD, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi. Konferentsiyani BMTning O‘zbekistondagi Doimiy vakili janob Stefan Prisner ochib berdi. Mazkur konferentsiya uning ishtirokchilariga suv resurslarini boshqarish sohasida fikr almashish imkonini yaratdi.  BMTTDning Suv resurslarini majmuaviy ravishda boshqarish loyihasi rahbari Ulug‘bek Islomov suv resurslarini boshqarish masalasiga mahalliy miqyosdagi ahamiyatga ega bo‘lgan muammo sifatida qarash maqsadga muvoffiq degan fikrni ilgari surdi. Uning ta’kidlashicha, bunday muammolarga kichik, ixchamgina yechimlarni topish va mahalliy davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy aholi bilan birgalikda hayotga tadbiq etish zarur, negaki suv resurslarini majmuaviy boshqarish usullarini faqat “ozgina-yu sozgina” tamoyiliga rioya etibgina joriy qilish mumkin.  “Suv resurslarini majmuaviy boshqarish kontsepsiyasini birdaniga hayotga tadbiq etishning iloji yo‘q, aksincha, uni bosqichma-bosqich, shoshmasdan, mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy sharoit va talablardan kelib chiqqan holda tadbiq etish lozim”, deb ta’kidladi Ulug‘bek Islomov BMTTD vakillariga.  “Mazkur kontsepsiyani ko‘plab davlatlar  Davomini o'qish

      • O‘zbekistonda gender tengligi: Nima uchun bu savol meni o‘ylantirmoqda?

        2014 Mart 5

        image

        Mazkur rasm bir necha kun avval, BMTTDning qishloq xo‘jaligiga ichimlik suvini yetkazib berish imkoniyatini kengaytirish loyihasining namoyishi sifatida olingan. Bu rasmda biz ketmin bilan arik kaziyotgan ayollarni ko‘rishimiz mumkin. Erkaklar nima qilayaptilar? Ular esa yonma-yon turib, ish jaroyonini boshqarayaptilar. Ehtimol, ushbu rasm muayan mohiyatiga qaratilmagandir, faqat men uni O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan gender tenglikning ramzi sifatida qabul qildim. Statistikaga oid bir nechta ko‘rsatkichlar: ish bilan ta’minlangan aholining 45,4% ayollarni tashkil etadi (2012 yil.), faqat ular ko‘pincha kam maoshli sohalarda, ayniqsa, sog‘likni saqlash, ta’lim yunalishlarda ishlaydilar (ushbu sohalarning 76,2% va 68,4% xodimlari ayollar). Faqatgina ayollarning kamchilik qismigina ko‘p miqdorli maoch beruvchi, jumladan, qurilish (9,2%), transport va kommunikatsiya (12,2%), ishlab chiqarish sohalarida (39,3%) faoliyat yuritadilar.  Ayol mamlakatimizning har bir sohasida erkaklar bilan teng faoliyat yuritadilar. Ammo, ayollar va erkaklar arosidagi farq: ayollar uy yumushlarini hech qanday maoshsiz bajaradilar. Ayollar ushbu ishlarga kunda 4 soat ketkazishsa, erkaklar esa bu ishlar uchun 1 soat sarflaydilar (Ushbu dalim OTBning 2005 tilda, O‘zbekiston ayollari va erkaklari nashrida bayon qilingan ma’lumoti bo‘yicha olindi). Tekissiz uy ishni taksimlashi ayollarning kam maoshli ish faoliyati tullanmagan uy ish bilan o‘rnini koplanishini ko‘rsatadi.  Ta’lim esa bu gender tengsizlikni siyqalash o‘rniga aksincha chukurlashtiradi. Majburiy o‘rta talimdan yuqorrok borganda, gender tengsizligi oshishni ko‘rishimiz mumkin: faqat  Davomini o'qish

      • “Janub-Janub” hamkorligi: O‘zbekiston donor bo‘lishi vaqti keldimi?

        2013 Sentyabr 18

        image
        TOBORA YUKSALAYOTGAN TOSHKENT SHAHRI

        Ildus Kamilov - “Janub-Janub” hamkorligi nafaqat O‘zbekiston iqtisodiyoti balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiyotini tez sur’atlarda o‘sib ketishiga yordam berishi mumkin. Qanday deb so‘raysizmi? “Janub-Janub” hamkorligi ba’zida global janub deb atalmish rivojlanayotgan mamlakatlar orasida resurs, bilim va texnologiyalar almashinuvini nazarda tutadi. Bunday hamkorlik doirasida O‘zbekiston boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan o‘zaro iqtisodiy rishtalarini mustahkamlash orqali xorijiy yordamga qaramligini kamaytirib hattoki dunyo miqyosida kuch muvozzanatining o‘zgarishiga erishishi ham mumkin. Aynan hozir O‘zbekiston o‘z maqomini yanada ko‘tarib yangi donor mamlakatiga aylanish payti keldi. (“Rivojlanayotgan mamlakatlar kelajakni o‘zgartirmoqda” deb ta’kidlangan Inson rivojlanishi haqidagi hisobotda) Yordam oluvchi mamlakat donor mamlakatiga aylanishi uning iqtisodiy va siyosiy nufuzining kuchayishiga olib keladi. O‘zbekistonning rivojlanish modeli esa bunday muhim qadam qo‘yish uchun mustahkam zamin yaratadi. Shuningdek, O‘zbekiston ilmiy almashinuvni rag‘batlantirishga qaratilgan grant loyihalari doirasida olib borilayotgan tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash orqali siyosiy va iqtisodiy dividendlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Liberal iqtisodchilar odatda O‘zbekiston Hukumati mamlakatning iqtisodiy faoliyatiga haddan tashqari ko‘p aralashadi deb shikoyat qilishadi. Shunga qaramasdan, hattoki dunyoning eng liberal iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar ham O‘zbekiston yettidan sakkiz foizgacha YaIMning yillik o‘sishiga (pdf) erishganligini e’tirof etmoqda, vaholingki ushbu ko‘rsatkichga O‘zbekiston 2008 yilning glabal moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ayni avj olgan bir pallada erishgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Qayta qurilish va rivojlanish jamg‘armasi 2012 yilda 10 milliard AQSh dollarini  Davomini o'qish

      • Kvitantsiya va shartnomadan tashqari — O‘zbеkistondagi BMTTD opеratsiyalari

        2013 Iyun 26

        image

        Odam immun tanqisligi virusi bilan yashayotgan insonlar uchun antirеtrovirus tеrapiyasi (ARVT) uchun talab etiluvchi dori-darmonlar doimo kеrak bo‘lgani kabi nozik hamdir: ularni tеgishli haroratda saqlash, zarur shaklda yеtkazish va hamisha yonda olib yurish kеrak. Mazkur holat ushbu hayot uchun muhim bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqaruvchidan istе’molchiga yеtkazib bеrish jarayonini qiyinlashtiradi, aynan shu BMTTDning O‘zbеkistonda OIVga qarshi kurashish loyihasi doirasidagi tadbirlardan biri sanaladi. Dori vositalarini olib kеlishdan oldin va kеyingi noto‘g‘ri sovutish uning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Olib kеlish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlarning mavjud emasligi va tashishning kеchikishi ularga ehtiyojmand bo‘lgan bеmorlarga dori vositalarining o‘z vaqtida yеtib kеlmasligiga olib kеlishi mumkin. Mazkur ikki holat bеmorlar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va ularning salomatligini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Barcha zarur vositalarni yеtkazish – u xoh ARVT uchun dori vositasi bo‘lsin yoki sut saqlash uchun uskunami, tеgishli malakaga ega mutaxassisni jalb etish, insonlarning zarur vosita va xizmatlardan foydalanishini ta’minlash – maqsadi agеntlikning milliy loyihalari muvaffaqiyatiga ko‘maklashish sanaluvchi BMTTDning opеratsiyalar bo‘yicha bo‘limi (Ishlar boshqarmasi) ishining bir qismi sanaladi. “Har safar biz xarid, mutaxassisni yollash yoki to‘lovni amalga oshirganimizda, bu jarayonga biz mahsulot xarid qilish, mutaxassisni yollash yoki o‘z moliyaviy majburiyatimizni bajarish sifatidagina qaramaymiz, — dеya ta’kidlaydi BMTTD doimiy vakilining ma’muriy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Shavkat Mo‘minov, —  Davomini o'qish

    • Oldingi
    • 1
    • Keyingi