“Orol fojiyasidan zarar ko’rgan aholi turmush tarzini yaxshilash” qoshma dasturi

Loyiha maqsadi

 Karakalpak children now have access to safe drinking water BMTTDning O‘zbеkistondagi vakolatxonasi: Endi Qoraqalpog‘istondagi bolalar xavfsiz ichimlik suvi istе’moli qilish imkoniyati bor

 

Dasturning maqsadi Qoraqalpog’iston Respublikasi aholisi zayif qatlamining iqtisodiy, oziq-ovqat, ekologik va salomatlik xavfsizligini oshirish. Inson xavfsizligini ta’minlash kontsepsiyasiga doir “yuqoridan pastga himoyalash” ham “pastdan yuqoriga imkoniyatlarni kengaytirish” tamoyillarga asoslangan holda, Dastur qatlamlar miqyosida aholi farovonligi ta’minlanishi, kutilmagan salbiy iqtisodiy va tabiiy hodisalardan himoyalash uchun poydevor yaratishga yunaltirilgan.  

Dasturning tog’ridan tog’ri benefitsiarlari bo’lib Qoraqalpog’iston Respublikasining eng zayif rayonlari (Muynoq, Shumanay va Qonliko’l)ga mansub 130 000 istiqomat qiluvchilari hisoblanadi. Shuningdek, Dastur o’nta rayonning 494 000 yashovchilarini qamrab oluvchi birlamchi tibbiy hamda boshqaruv tizimini takommillashtirish tashabbuslari olib borilishiga qaratilgan.

Kutilayotgan natijalar:

  • Uchta mazkur tumanlar aholisi zayif qatlamlarining iqtisodiy xavfsizligini kuchaytirish hamda daromad shakllantirishga imkoniyatlarni kengaytirish;
  • O’nta mazkur tumanda ayol hamda yoshlar ehtiyojlariga alohida urg’u berilgan holda, ekologik fojea va iqtisodiy noturg’unlikning oqibatlari aholi salomatligiga ta’sirini bartaraf etish uchun zarur bo’lgan birlamchi tibbiy-sanitar yordam tizimi xodimlari salohiyatini mustahkamlash;
  • Aholi zayif qatlami farovonligi darajasi oshishiga yonaltirilgan ijtimoiy hamda iqtisodiy va ekologik xavfsizlik borasida siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishga dahldor bo’lgan hududiy va tuman hukumat organlari salohiyatini takomillashtirish.

Erishgan yutuqlarimiz

 

  • Uchta mazkur qishloq uyushmalari aholisi orasida qishloq xo’jaligini olib borish takomillashgan usullarini hamda ilg’or veterinariya texnologiyalarini tatbiq etish uchun 23 veterinariya xizmatlarini ko’rsatuvchisi o’qitildi hamda 50 agro maslahatchilardan iborat  tarmog’ tashkil qilindi;
  • Iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash va daromadlar shakllanishini kengaytirish bo’yicha biznes reja va 90 ko’rgazma maydonchalar tuzildi. Bu esa 124 yangi ish o’rinlari (62 ayollar uchun) yaratilishiga olib keldi;
  • Quyi Amudaryo Biosfer rezervatida yerlari degradatsyaga uchragan hududlari bo’yicha 75 ta ko’rgazmali maydonchalar ekologik barqarorlik, suv resurslarini asrash, tuproqni himoyalash hamda anti-eroziya uslublarini qo’llash orqali o’rmon ekinzorlarini tiklashga zamin yaratish uchun barpo etildi;
  • Muynoq tumani Kozoqdariyo posyolkasida irrigatsiya tarmog’i rekonstruktsiya qilinganligi tufayli 509 oila sug’orish imkoniyatiga ega bo’ldi, bu esa mahalliy aholi uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishga va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga imkon yaratdi;
  • Quyi Amudaryo Davlat Biosfera rezervati va Jambas qa’la turistik majmuasi negizida 2 axborot turistik markaz tuzish orqali hududning turistik salohiyatini mustahkamlash uchun ko’mak ko’rsatildi;
  • Dastur tomonidan o’tkazilgan tadbirlar orqali takomillashtirilgan texnologiyaning turli tamoyillari bo’yicha 363 dehqon va fermerlar o’qitildi (yani lazer uskanasini qo’llash, bezarar qishloq unumlarini yetishtirish, tabiiy resurslardan tejamli foydalangan holda atrof muhitni muhofazalash, qishloq xujaligini samarali boshqarish);
  • Etakchi xalqaro tajribaga asoslangan holda Urganch Davlat universitetida axborot-konsultativ resurs markazi tashkil etildi;
  • Oila qurishni rejalashtirish, reproduktiv salomatlik, shuningdek stigma hamda tuberkulez bilan infektsiyalangan odamlar diskriminatsiyasiga oid ayollarning huquqiy masalalarini echish sohasida vrachlar, hamshiralar va boshqa mutaxassislar orasidan 1932 (72% ayol) qatnashchilar o’z salohiyatlarini oshirishdi;
  • “O’pka sog’ligiga amaliy yondashuv” strategiyasi tatbiq etilishi monitoringida 219 qishloq vrachlik punktlari ishtirok etdishdi va amaliy ko’rsatmalar olishdi;
  • Reproduktiv salomatlik, tuberkulez va OIV/OITS profilaktikasi masalalariga yonaltirilgan targ’ibot-tashqiqot kampaniyasida 2000 dan ziyod yoshlar qatnashdilar va joyida 6000 donadan ortiq o’quv-axborot materiyallar tarqatildi;
  • Turli kategoriyali tibbiy uskunalar 175 tibbiyot muassasalariga taqdim etildi;
  • Qoraqalpog’istonning 7 tumanining 80 qishloq fuqarolar yig’inidan 1088 respondentlar (55% ayollar) tuberkulyoz va boshqa nafas yo’llari kasalliklari bo’yicha aholi bilim darajasini aniqlash tadqiqotida ishtirok etdi;
  • Tadqiqot natijalari asosida tuzilgan materiallar bo’yicha o’qitilgan 1644 ommaviy ko’ngillilar tuberkulyoz va boshqa respirator kasalliklar profilaktikasini olib borish uchun tayorgarlikdan o’tishdi;
  • Mingyillik rivojlanish maqsadlari hamda Uyushmalar rivojlanish dasturi bo’icha erishish kontsepsiyasi asosida ustuvor muammolarni aniqlash uslublari bilan mazkur hududlarning 1 032 istiqomat qiluvchilari (ulardan 49% ayollar) tanishib chiqdilar va natijada 54 ta aholi maskanlarini rivojlantirish rejasi ishlab chiqildi;
  • Aholi maskanlarining 41-sida 27 infrastrukturali loyiha amalga oshirilishi orqali 44 262 istiqomat qiluvchi (51.3% ayollar) asosiy ijtimoiy infratuzilmasidan foydalanish imkoniga ega bo’lishdi, yani ichimlik va ekinlar uchun mo’ljallangan suv va elektr tarmoqlariga ulanishi hamda tibbiy va ta’lim muassasalarda sharoit yaxshilanishi tufayli;
  • Muynoq tumanining 9 qishloq vrachlik punkti muqobil energiya manbasi bilan ta’minlandi, benefitsiarlarning umumiy miqdori 29 000 kishini tashkil qiladi;
  • Barqaror rivojlanish, gender yo’nalishi, natijaga asoslangan boshqaruv va inson xavfsizligi kontsepsiyasi bo’yicha yangi bilimlarga ega bo’lib 118 (55% ayollar) tuman va hududiy miqyosidagi hukumat organlari vakillari mahalliy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha o’zlarining salohiyatini mustahkamlashdi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining 28 xodimlari “DevInfo” statistik dasturini qo’llash bo’yicha amaliy ko’nikmaga hamda axborotlar tahlili va qayta ishlash tizimini yaxshilash uchun 10 ta kompyuterga ega bo’lishdi. Iqtisodiyot vazirligi qoshida inson xavfsizligi bo’yicha ma’lumotlar bazasi tuzildi;
  • Qoraqalpog’istonda donor tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi hamda ularning faoliyati to’g’risida hisobot nashr etildi.



BMTTD BMTTD dunyoda

Siz hozir BMTTD O'zbekiston 
O'ting BMTTD dunyo bo'ylab