O‘zbekistonda yashovchi nogiron va yoshi katta yolg‘iz insonlarga malakali ijtimoiy xizmat ko‘rsatish

Loyiha maqsadi:

2008 yildan boshlab BMTTD O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoyalash vazirligi bilan nogiron shaxslarni ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish hamda ish bilan ta’minlash sohasida hamkorlik qilib kelmoqda. BMTTD 2014 yilda ilk bora O‘zbekistonda yashovchi yoshi katta yolg‘iz insonlarga yordam berishga qaratilgan chora-tadbirlarini boshlab yubordi.  

BMTTD yoshi katta insonlarni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha me’yoriy baza yaratish sohasida O‘zbekistonga o‘z yordamini berishni rejalashtirgan (jumladan, qariyalar va nogiron insonlar uylariga yordam berish, reabilitatsiya markazlarida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va oziq-ovqat paketlari bilan ta’minlash). Bundan tashqari, loyihaning faoliyat yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan ijtimoiy xizmatlar hamda reabilitatsiya va protezlash vositalarining sifati to‘g‘risida xizmat oluvchilarning fikrini bilish, yoshi katta yolg‘iz shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda maxsus xalqaro tajribalarini hayotga tadbiq etishni o‘z ichiga oladi.

Loyihaning asosiy maqsadi Mehnat va aholini ijtimoiy himoyalash vazirligining muassasalari tomonidan yoshi katta va nogiron insonlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifatini oshirishdan iborat.

Biznig yutuqlarimiz:

      

  • Qonunlarni muhokama qilishda nodavlat-notijorat tashkilotlarining (NNT) ishtirok etishi, NNT va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni amalga oshirishning yangi, innovatsion mexanizmlarini hayotga tadbiq etish, joylarda ijtimoiy jamg‘armalarning tashkil etilishi va NNTlar jamoat nazoratida ishtirok etishi uchun kerakli sharoitlarni yaratishni ko‘zda tutuvchi “Ijtimoiy sheriklik” to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlandi.
  • Milliy NNT uyushmasi qoshida nogironlik masalalari bo‘yicha Maslahatlashuv kengashi joriy etilib, u ilk bora mamlakatdagi yetakchi nogironlar tashkilotlarini birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
  • “Mehnat huquqlari savollar va javoblarda”, “Bandlik va aholini ijtimoiy himoyalash bo‘yicha me’yoriy aktlar yig‘indisi”, Nogironlar huquqi to‘g‘risidagi BMT konventsiyasi, NNT rahbarlari uchun O‘zbekistondagi NNTlar faoliyatiga taalluqli dolzarb masalalar bo‘yicha uslubiy qo‘llanma kabi bir qator nashriyot va tahliliy hisobotlar chop etildi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qoshidagi NNT va boshqa fuqaro jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat jamg‘armasining moliyalarini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining qaroriga binoan o‘tkazilgan “NNTlarni ojiz oilalarga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish jarayoniga jalb etish” deb nomlangan qo‘shma grant tanlov doirasida “Oila yili” Davlat dasturiga muvofiq qo‘llab-quvvatlangan NNT asosidagi 19 ta Ijtimoiy xizmat tomonidan 4,500 dan ortiq ijtimoiy ojiz aholi guruhlari vakillariga ijtimoiy xizmatlar (huquqiy yordam, ish bilan ta’minlashdagi yordam, moliyaviy ko‘mak, reabilitatsiya xizmatlari) ko‘rsatildi.
  • Loyiha O‘zbekistonda ijtimoiy korxonalarning rivojlanishiga yordam berib, ushbu korxonalarni qo‘llab-quvvatlashning, ularni imtiyozlar bilan ta’minlashning afzalliklarini ko‘rsatib berdi.
  • Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasining uzoq tog‘li qishloqlarida yashovchi 25 nafar kam ta’minlanga va nogiron ayollarga milliylik va zamonaviy dizaynni o‘zida mujassamlashtirgan to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan xomashyo va boshqa kerakli materiaalar taqdim etililib, ushbu soha bo‘yicha maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu ayollarning mahsulotlari eng yirik Korzinka.uz supermarketlari tarmoqlarida sotuvga qo‘yilgan.
  • Loyihaning yordami bilan “Ijtimoiy mahsulot” logotipiga ega bo‘lgan ijtimoiy korxonalar mahsulotlari eng yirik Korzinka.uz supermarketlari tarmoqlarida sotuvga qo‘yilib, ijtimoiy reklama orqali tanilmoqda. 300 dan ortiq ijtimoiy ojiz bo‘lgan guruhlar vakillari tajribaviy ijtimoiy korxonalarda yaratilgan maxsus ish joylari bilan ta’minlandi.



Kutilayotgan natijalar:

 

  • Yordamga muhtoj fuqarolarni aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish va doimiy ijtimoiy xizmatlarni yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yish orqali ijtimoiy to‘lov va nafaqa, har oylik ozuqaviy yordam paketlari, reabilitatsiya uchun kerak bo‘lgan maxsus texnika vositalari va protez-ortopedik vositalar, dori-darmonlar, uydagi parvarish xizmatlari, sanatoriy va kurortlarda sog‘lomlashtirish xizmatlari, tibbiy xizmatlarini oluvchi yolg‘iz yoshi katta va nogiron insonlar sonini ko‘paytirish.
  • Ijtimoiy yordam va parvarish xizmatlarini ko‘rsatishning yangi tartibi va andozalarini qabul qilish hamda ijtimoiy himoya sohasi va faoliyatini kasbiylashtirish (kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish) orqali yolg‘iz yoshi katta va nogiron insonlarning ijtimoiy xizmatlar sifati bilan qoniqish darajasini oshirish.
  • “Ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi, boshqa insonlar tomonidan ko‘rsatiladigan parvarish xizmatlariga ehtiyoji bo‘lgan yolg‘iz insonlarni ijtimoiy himoyalash tizimini takomillashtirish, ijtimoiy ishchilarga ish haqini to‘lash bo‘yicha ularning tarif-malaka xarakteristikalari va darajalarini belgilash, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoyalash vazirligini institutsional isloh qilishi, uning tuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy akt loyihalarini tayyorlash hamda funksional tahlil o‘tkazish orqali vazirlik tizimi ichida ijtimoiy himoyalash sohasini boshqarishning samarasini oshirish va mavjud bo‘lgan resurslardan oqilona foydalanish. 
  • Avtomatlashgan axborot tizimlari, shu jumladan interaktiv xizmat va ijtimoiy xizmatlar va to‘lovlarni oluvchilarning fikrini aniqlash hamda jamoat nazorati tizimlarini hayotga tadbiq etish orqali ijtimoiy yordam va xizmatlarni ko‘rsatish, reabilitatsiya uchun kerak bo‘lgan maxsus texnika vositalari va protez-ortopedik vositalarni taqdim etish, kurortlarda sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatishdagi ochiqlik va shaffoflikni oshirish.