BMTning Qoʻshma Dasturi “Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojeasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash”

Dastur maqsadi:

un_uzb_img_un_jp

Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan va ilgarilari kattaligi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turgan Orol dengizi, hozirgi kunga kelib oʻzining oldingi koʻlamining 30 foizinigina tashkil etmoqda. Mintaqadagi mana shunday ekologik oʻzgarishlar iqtisodiy hamda ijtimoiy soha, aholining turmush faoliyatiga salbiy taʻsir ko'rsatmoqda.

Oldingi tashabbusning muvaffaqiyatli tajribasi va amalga oshirilishiga asoslangan holda BMTning Oʻzbekistondagi toʻrtta agentligi – BMTTD, UNESCO, UNFPA va BMTKD sa’y-harakatlari birlashtirilgan BMTning yangi Qoʻshma Dasturi inson xavfsizligiga oʻzaro bogʻliq boʻlgan xatarliklarni yumshatish, hamda Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha Koʻpsheriklik fondini tashkil etish hisobiga barqaror moliyaviy koʻmakni taʻminlashga qaratilgandir.

Inson Xavfsizligi boʻyicha Konsepsiya

BMTning Qoʻshma Dasturi Moʻynoq, Shumanay va Taxtakoʻpir kabi Qoraqalpogʻistonning uchta eng himoyalanmagan tumanlarida istiqomat qiluvchi 120 ming nafardan ortiq aholining xavfsizligini taʻminlashga yoʻnaltirilgan. Inson xavfsizligi boʻyicha Konsepsiya samarali boshqaruv tizimi, ekologik vaziyatni yaxshilash, ta’lim va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish, hamda atrof-muhitni himoya qilish tizimini yaratishni nazarda tutadi. Bu yondashuv koʻplab tarmoqlar (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, sogʻliqni saqlash va boshqalar) oʻrtasida aloqani yaratishga koʻmaklashishi, hamda murakkab va bir vaqtni oʻzida oʻzaro bogʻliq boʻlgan muammolarni bartaraf qilishga koʻmak berishi lozim.

Kutilayotgan natijalar:

1.      Mahalliy va milliy miqyosda  Orol dengizi inqirozi natijasida aziyat chekkan aholiga inson xavfsizligi bilan bogliq boʻlgan ehtiyojlarni hal qilish.

  • Ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik xavfsizlikni izga solish maqsadida innovatsion loyihalarni amalga oshirish orqali bandlik bilan ta’minlanishni kengaytirish va qishloq birlashmalarining daromadlar manbaini shakllantirish;
  • Qishloq xoʻjaligini barqaror boshqarish va barqaror turistik tarmoqni rivojlantirish usullarini ommalashtirish;
  • Qishloq aholisini ichimlik suvi, elektr energiyasi va energiyaning qayta tiklanuvchi manbalaridan foydalanishini kengaytirishga yoʻnaltirilgan birlashmalarni rivojlanish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali mahalliy birlashmalar salohiyatini mustahkamlash;
  • Oilani rejalashtirish, ona va bola salomatligini mustahkamlash, homilador ayollarga qarash boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatishni ta’minlash uchun tibbiyot xodimlari salohiyatini mustahkamlash;
  • Respirator, yurak-tomir va me’da-ichak kasalliklari profilaktikasi, hamda mahalla maslahatchilari salohiyatini oshirish va koʻngillilar birlashmalarini tayyorlash orqali reproduktiv va onalar salomatligi masalalarida aholining bilimini oshirish.

2.      Mintaqada inson xavfsizligi yondashuvini yurishtirish va ahamiyatini oshirish usuli sifatida inson xavfsizligi sohasidagi tashabbuslarni barqaror moliyalashtirishni muvofiqlashtirilgan aniq mexanizmini ta’sis etish.

  • Milliy darajada ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, rivojlanish va davlat boshqaruvi tizimlari darajasida strategiyani rejalashtirishni ishlab chiqish jarayoniga inson xavfsizligi boʻyicha konsepsiyani integratsiyalash;
  • Inson xavfsizligi sohasida rejalar va strategiyani tayyorlashda hukumatga koʻmak berish va Orol dengizi fojeasidan zarar koʻrgan hamjamiyatlarda inson xavfsizligining koʻp oʻlchamli xatarlari va ularning oqibatlarini aniqlashda qoʻllab-quvvatlash;
  • Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, ekologik muvozanatni saqlash, mintaqaning flora va faunasini tiklashga koʻmak beradigan Orolboʻyi hududi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondni tashkil etish.

Moliyaviy jihat:



Umumiy byudjet: 4 154 000 AQSh dollari
BMTIXMFdan soʻralgan mablagʻ 2 000 000 AQSh dollari
BMTTD 647 000 AQSh dollari
UNFPA 100 000 AQSh dollari
UNESCO 81 000 AQSh dollari
BMTKD 72 000 AQSh dollari
BMTning Adaptatsiya Fondi (parallel moliyalashtirish) 1 254 000 AQSh dollari