O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini takomillashtirish

Loyiha maqsadlari:

un_uzb_img_investment_project

Ushbu loyiha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hamda boshqa vazirlik va idoralarga 2017-2021 yillar uchun qabul qilingan Harakatlar Strategiyasining uchinchi qismiga muvofiq investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan maqsadini amalga oshirishda, to'g'ridan-to'g'ri chet el sarmoyalarini jalb etish orqali ishchi  o'rinlarini yaratishda ko’mak beradi.

Loyiha, shuningdek, bu yo'nalishda boshqa donorlar va xalqaro tashkilotlar sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etadi.

Kutilayotgan natijalar:

1-komponent: Xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan huquqiy-normativ asoslarni mustahkamlash, investitsiyalarni jalb etish va investorlarning huquqlarini himoya qilish. Shuningdek, iqtisodiy erkinlashtirish ssenariylarini ishlab chiqish va bularning aholining turli qatlamlariga ta’sirini tahlil etib, salbiy ta’sirlarni kamaytirish bo’yicha o’z takliflarini ishlab chiqish.

2-komponent: Parlament a'zolari va investitsiya sohasidagi vazirlik va idoralarning mutaxassislari professional ko’nikmalarini ko’tarish, shuningdek, bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida umumiy xabardorlikni oshirish.


Byudjet:



Umumiy byudjet
300 000 AQSh dollari
BMTTD
 300 000 AQSh dollari