OIV-infеktsiyaga qarshi kurash miqyosini kеngaytirishni davom ettirish

Loyiha maqsadi

Youth volunteers learn how to support people living with HIVBMTTDning O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI : yosh ko‘ngillilarning g‘ayrat va tashabbusi mamlakatda OIV epidеmiyasiga qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydi

O‘zbеkiston hukumati milliy va xalqaro rеsurslarni jalb etgan holda mamlakatda OIV epidеmiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va kasallikka barham bеrishda katta ishlarni amalga oshirmoqda. O‘zbеkiston OITS, sil va bеzgakka qarshi kurash bo‘yicha global jamg‘arma grantiga ariza bеrdi va bunday grantga bir necha marotaba sazovor bo‘lgan. 33 million AQSh dollariga teng bo‘lgan oxirigi grant BMTTD tomonidan O‘zbekiston Hukumati, fuqarolik jamiyat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Loyihaning to‘liq nomi “O‘zbеkiston Rеspublikasida OIV-infeksiyasiga chalinish ehtimoli yuqori bo‘lgan aholi guruhlariga alohida e’tibor bergan holda OIV profilaktikasi, diagnostikasi va davolash tizimini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirish”. Loyihaning asosiy maqsadi aholi o‘rtasida OIV/OITS tarqalishining oldini olish va O‘zbеkiston bo‘iycha kasallikka chalinish ehtimoli yuqori bo‘lgan aholi qatlamiga ta’sirini kamaytirishdan iborat. Loyiha doirasida O‘zbеkistonda OIV-infеktsiyaning profilaktikasi, diagnostikasi va davolanishdan ommaviy ravishda foydalanishga imkon yaratishni ta’minlash maqsadida milliy tashkilotlar salohiyatini kuchaytirish yo‘li bilan aholini maqsadli qo‘llab-quvvatlash ham ta’minlanmoqda.

 
Mazkur loyiha O‘zbekistonda yashovchi OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga parvarish, davolanish hamda OIV profilaktikasi bo‘yicha xizmatlardan foydalanish imkonini barcha aholiga taqdim etish maqsadida ishlab chiqilgan.

Bizning yutuqlarimiz:

  • Targ‘ibot ishlari hamda OIV infeksiyasi bilan yashovchi insonlar uchun bepul davolanish imkonini yaratishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar natijasida 2013 yilgi holatga nisbatan antiretrovirus terapiyasi (ARVT)ni oluvchi shaxslar sonining ko‘payishi kuzatilmoqda: 2014 yilning oxiridagi holatga ko‘ra 10089 nafar bemor terapiya olish uchun ro‘yxatga yozilgan (ulardan 2631 nafari erkak, 3677 ayol, 2398 o‘g‘il bola va 1383 qiz bola). 2014 yildan boshlab barcha ro‘yxatga yozilgan bemorlar davlat hisobiga (1 million AQSh dollari) davolanadi.
  • Maxsus ajratilgan joylarda belgilangan aholi guruhlari vakillariga ekpress-test xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Bunday xizmatlardan foydalanish imkoniyati tegishli me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqib, joriy etilgani hamda maxsus tashxis qo‘yish vositalarini xarid qilinganidan so‘ng paydo bo‘ldi.
  • 2014 yil oxiridagi holatga ko‘ra OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha xizmatlar 23277 nafar inyeksiya narkotigi iste’molchilari (ulardan 20361 nafar erkak (87,5%) va 2916 ayol 12,5%), 1475 nafar erkaklar bilan jinsiy aloqa qiluvchi erkakalar, 11602 nafar fohishalik bilan shug‘ullanuvchi ayolga ko‘rsatilyapti.
  • Hozirda BMTTD tibbiy preparatlar va himoyalanish vositalarini yetkazib bersh tizimlarini takomillashtirish yo‘llarini izlamoqda. Shuningdek, BMTTD ARV preparatlari, tashxis qo‘yish vositalari hamda xizmatlarni yetkazib berish va taqsimlash bo‘yicha o‘zining maxsus tartib-taomillarini ishlab chiqdi.
  • Bundan tashqari, yangi elektron monitoring axborot tizimi joriy etilib, bu tizim belgilangan aholi guruhi vakillariga maxsus xizmat ko‘rsatish yuzasidan qattiq nazorat o‘tazish imkoniyatini beradi. Ushbu tizim profilaktika vositalari va tovarlarning zaxiralarini sarhisob qilib, ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha mazkur xizmatlarni oluvchilariga hisobot topshirishga yordam beradi. Mazkur tizim “Ishonch nuqtalari” va “Do‘stona kabinetlar”da ishlaydi: bunday joylar O‘zbekistonning barcha 14 ta hududida yaratilgan bo‘lib, inyeksiya narkotigini iste’mol qiluvchilar, fohishachilik bilan shug‘ullanuvchi ayollar va boshqa belgilangan guruhlar vakillari uchun OIVning xavfini kamaytirishga qaratilgan.

Kutilayotgan natijalar:



BMTTD tegishli mutaxassislar ish joyidan uzoqlashmagan holda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan o‘quv kurslarini tashkil etishda davom ettirmoqda. Shuningdek, OIV komponenti bo‘yicha Asosiy retsipiyent vazifasini milliy tashkilotlardan biriga o‘tkazish maqsadida ushbu sohada amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan dasturlar borasida turli tartib-taomillarni ishlab chiqarmoqda. Ayni paytda Asosiy retsipiyent bo‘lmish BMTTD mazkur sohadagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha milliy tizimni takomillashtirishga intilmoqda va boshqa BMT agentliklari bilan birgalikda sog‘liqni saqlash sohasidagi dasturlarni barqaror ravishda moliyalashtirish muhimligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surib kelyapti.

2015 yilda BMTTD OIV bilan yashovchi insonlar uchun ARV terapiyasi bo‘yicha tashabbusining ko‘lamini kengaytirib, xavf guruhlari vakillari profilaktika xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilashni rejalashtirgan.

Xususan, 2015 yilda quyidagilar rejalashtirilgan:

  • Profilaktika: Loyihaning profilaktika bo‘yicha komponenti OIV bilan yashovchi insonlar uchun ARV terapiyasi bo‘yicha tashabbusining ko‘lamini kengaytirish, xavf guruhlari vakillari profilaktika hamda maxsus tibbiy va huquqiy xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilashni ko‘zda tutadi.
  • Davolash: Loyihaning davolash bo‘yicha komponenti barcha bemorlar uchun ARV terapiyasidan foydalanish imkonini kengaytirib, davolanayotgan shaxslarning tibbiy muolajalarga bo‘lgan munosabatini yaxshi tomonga o‘zgartirish, opportunistik kasalliklarni davolash va oldini olish, OIVning onadan bolaga o‘tishini oldini olish, OIVga chalingan bolalar va kattalarni davolash, ularning oila a’zolarini qo‘llab quvvatlashga yo‘naltirilgan. Komponent fuqarolik jamiyat tashkilotlarining, jumladan OIV bilan yashovchi insonlar hamjamiyatining bilim va saviyasini oshirib, davolanayotgan bemorlarning munosabatini o‘zgartirish va davolanish natijalarini yaxshilashga qaratilgan.
  • Targ‘ibot ishlari va OIV bilan kurashish uchun zarur sharoitlarni yaratish: Milliy ish rejalari va dasturlarida OIV bilan kurashish uchun zarur sharoitlarni yaratishning muhimligi tan olingan. Loiyha tomonidan taklif etilayotgan strategiyalar nodavlat-notijorat tashkilotlarning, jumladan OIV bilan yashovchi insonlar hamjamiyatining bilim va saviyasini oshirib, milliy OIVga qarshi kurashish sohasidagi loyiha va dasturlarni amalga oshirish jarayoniga jalb etish asosida ishlab chiqilgan. Loyiha tomonidan stigma va kamsitish harakatlariga qarshi kurashga qaratilgan chora-tadbirlarni targ‘ibot-tashviqot ishlari, davlat xodimlari, ommaviy axborot, huquqni himoya etish organlari ishchilari, diniy va jamoat yetakchilarining saviyasi, bilimini oshirish hamda OIV bilan yashovchi insonlar va xavf guruhi vakillarining kerakli tibbiy va huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali amalga oshirish taklif etilgan.

Barqarorlik (fakultativ kategoriya):

Loyihani amalga oshirish jarayonida OIV epidemiyasiga qarshi kurash sohasidagi loyiha va dasturlarni bajarish borasida milliy hamkorlar salohiyatini oshirishga qaratilgan bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Shuningdek, sub-retsipiyentning salohiyatini baholash, uni oshirish tadbirlari, maxsus o‘quv mashg‘ulotlar hamda maslahatlashuvlar ham o‘tkazildi;

Tibbiy xodimlar uchun maxsus o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, ular tibbiyot sohasidagi o‘quv muassassalarning o‘quv dasturlariga kiritildi;

OIV/OITS xaqida ko`proq malumot olishni istaysizmi? Unda www.unaids.org  sahifasiga tashrif buyiring va Facebookdagi Hayot Yo`li sahifamizga tashrif buyuring yoki 1072 qongiroq qiling

Byudjet:

Talab qilinayotgan umumiy byudjet: 35 039 300 AQSh dollari
Global jamg‘arma: 33 000 000 AQSh dollari
BMTTD: 1 039 300 AQSh dollari
Hukumat: 1 000 000 AQSh dollari