O‘zbеkiston biznеs-forumi (III bosqich)

Loyiha maqsadi

New entrepreneurs learn the skills needed to expand their businesses and appeal to broader marketsBMTTDNING O‘ZBЕKISTONDAGI VAKOLATXONASI: YANGI TADBIRKORLAR O‘Z BIZNЕSINI KЕNGAYTIRISH VA KATTA BOZORGA CHIQISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN MALAKALARNI O‘ZLASHTIRMOQDALAR.

O‘zbekistonning xususiy sektori, jumladan mazkur sektorning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik kabi sohalari respublika YaIMning muhim bir qismiga aylanib, yangi ish o‘rinlarini yaratishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Hukumatning eng ustuvor masalalaridan biri doimo mazkur sektorning yanada rivojlanishini ta’minlash bo‘lib qolgan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi esa Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda davlat va xususiy sector o‘rtasidagi muloqotning samaradorligini oshirish, biznesni yuritishda yengilliklarni yaratishga qaratilgan ixchamgina tartib-taomillarni amalga tadbiq etish, inklyuziv biznes loyihalarini amalga oshirish orqali mamlakatda tadbirkorlik muhitini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

“O‘zbekiston biznes-forumi” loyihasining 3-bosqichi loyihaning birinchi ikki bosqich doirasida erishilgan yutuqlarga tayangan holda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha o‘zining dastlabki kunlaridanoq bor kuchi va e’tiborini tadbirkorlik muhiti masalalariga hamda bu borada tegishli takliflarni ishlab chiqishga qaratib kelmoqda. Loyiha inklyuziv biznes korxonalarini rivojlantirishga hamda litsenziya olishga qo‘yiladigan talablar, tartib-taomillar va qog‘ozbozlikni qisqartirishga yordam berdi. Loyiha yordamida 200 ta qonun va me’yoriy aktlar qayta ko‘rib chiqildi, bunda hususiy mulkni himoya qilishga, mulkdorlar huquqi kafolatlariga taalluqli qonunlar, tadbirkorlik va oilaviy biznesni litsenziyalash tartib-taomillariga alohida e’tibor berildi.

Loyihaning uchinchi bosqi ilgari erishilgan yutuq va natijalar asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, bunda tadbirkorlik muhitini yanada chuqurroq baholash va monitoring qilish, xalqaro miqyosda qabul qilingan tahlil vositalari va uslublarini hayotga tadbiq etish hamda tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli ba’zi masala va tartib-taomillarni tahlil etish rejaga kiritilgan. Shuningdek, loyiha tadbirkorlik faoliyatini boshqarish va tadbirkorlik muhitining sifatini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga o‘z yordamini berib, siyosatni ishlab chiqish jarayonlarida xususiy sektor vakillarining faol ishtirok etishini ko‘zda tutuvchi yondashuvlarni ilgari suradi.

Kutilayotgan natijalar


  • Mamlakatda tadbirkorlik muhitini takomillashtirish bo‘yicha barcha tegishli tashkilotlar bilan birgalikda takliflar ishlab chiqish va Hukumat e’tiboriga taqdim etish;
  • Biznes jarayonlarini yaxshilash, xususan mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, qurilishga ruxsatnomalar olish, elektr quvvatiga ulanish hamda turli litsenziyalarni olishga taalluqli tartib-taomillarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va ish rejalarini barcha tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqish va Hukumat e’tiboriga taqdim etish;
  • Qonunchilik aktlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha jamoat onlayn mexanizmini qo‘llab-quvvatlash, bu borada kamida uchta qonunchilik akt yuzasidan tegishli muloqot va suhbatni rag‘batlantirish va natijalarni Hukumat e’tiboriga taqdim etish;
  • Biznesni ro‘yxatdan o‘tirish bo‘yicha onlayn tizimini yo‘lga qo‘yish, uni kengaytirib, tizimda soliq va statistik hisobotlari va boshqa hujjatlarni kiritish mexanizmini yaratish;
  • Biznes uchun ko‘rsatiladigan onlayn xizmatlarni my.gov.uz veb-portalidagi “tadbirkorning virtual kabineti” bilan bog‘lash va Internet-banking tizimi orqali turli davlat xizmatlarining haqini to‘lash hamda tegishli guvohnomalarni olish mexanizmlarini kiritish;
  • Qishloq joylarida ayollar tomonidan boshqarilayotgan yoki ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlaydigan kamida to‘rtta kichik korxonani qo‘llab-quvvatlash;
  • Savdo-sanoat palatasi va hamkorlar uchun inklyuziv biznes loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan mablag‘larni jalb etish strategiyasini tuzish.

 

Byudjet:



Talab qilinayotgan umumiy byudjet: 1,286,000 AQSh dollari
BMTTD: 500,000 AQSh dollari
Savdo-sanoat palatasi: 64,200 AQSh dollari
Sasol Synfuels International PTY: 110,000 AQSh dollari
Yetishmayotgan mablag‘ summasi: 621,800 AQSh dollari