O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik muhitini takomillashtirish

Loyiha maqsadi

un_uzb_img_business_climate_improvement_project

Loyihaning maqsadi Savdo-sanoat palatasiga 2017-2021 yillar uchun qabul qilingan Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda yordam ko’rsatishdan iborat. Xususan, strategiyaning uchinchi "iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirishning ustuvor yo'nalishlari" bandiga muvofiq loyiha biznes muhitni yaxshilashda, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlarni o'sishi va qishloq joylarda ayollar hamda yoshlarni ish joyi bilan ta’minlashda ko’mak beradi. Loyiha shuningdek, boshqa davlat idoralari va donorlar uchun ushbu ustuvor yo'nalishdagi sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish platformasini qo'llab-quvvatlaydi.

Kutilayotgan natijalar

1-yo’nalish. Mahalliy tadbirkorlarga ko’rsatilayotgan yagona oyna markazlari tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar (ruxsatnomalar berish, litsenziyalash va boshqalar) sifatini yaxshilash, ular uchun sarflanadigan xarajatlar va vaqtni kamaytirish.

·         Tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazishning avtomatlashtirilgan tizimining samaradorligi to'g'risida tahliliy hisobot tayyorlash;

·         Yagona oyna markazlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni tahlil qilish va hisobot tayyorlash, qanday xizmatlar ko’rsatilishi zarurligi, ularni optimallashtirish (biznes-jarayonlarni tahlil qilish), korxonalar uchun vaqt va xarajatlarni qisqartirish bo'yicha aniq tavsiyalar berish;

·         Qurilishga ruxsatnoma olish, elektr tarmog'iga ulanish, mulkni ro'yxatga olish va tashqi savdo bo'yicha xalqaro amaliyotni o'rganish va tahliliy hisobot tayyorlash;

·         Markaz tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar ustidan monitoring tizimi kontseptsiyasini ishlab chiqish.

2-yo’nalish. Davlat-xususiy sektor hamkorligi (DXSH) loyihalarini amalga oshirish mexanizmlarini yaratish

·         Savdo-sanoat palatasi qoshida DXSH loyihalarini qo’llab-quvvatlash bo'limi kontseptsiyasi va ustavini ishlab chiqish;

·         Savdo-sanoat palatasiga DXSH loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan qonun-qoidalarni ishlab chiqishda yordam berish, xususiy operatorlarni kommunal sohada DXSH loyihalariga jalb etishda ko’maklashish.

3-yo’nalish. Viloyatlarda ayollar va yoshlar  startup loyihalarini qo'llab-quvvatlash, shuningdek ularni moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish

·         yoshlar va ayollar o'rtasida startup dasturining uchinchi va keyingi bosqichlarini o'tkazish, ushbu tashabbusga viloyatlarning ko'proq ishtirokini ta'minlash;

·         Startup loyihalarini moliyalashtirishning turli modellari bo'yicha xalqaro tajriba asosida tahliliy hisobot tayyorlash.

Byudjet



Loyiha byudjeti: 500 000 AQSh dollari
BMTTD 200 000 AQSh dollari
SSP 300 000 AQSh dollari