Global ahamiyatga ega bo‘lgan bioxilmaxillikni muhofaza qilish maqsadida muhim tog‘li hududlarda o‘rmonlardan va tabiat resurslaridan barqaror foydalanish va boshqarish

Loyiha maqsadi

Mazkur tayyorlov bosqichining maqsadi - GEFning grant asosida moliyalashtirilayotgan BMTTDning “Bioxilmaxillikning global miqyosdagi turlari uchun muhim bo‘lgan ahamiyatli tog‘ hududlaridagi tabiiy resurslar va o‘rmon xo‘jaligidan barqaror foydalanish” deb atalmish to‘laqonli loyihasining hujjatini tayyorlashdan iborat. Loyiha mahalliy jamoalarning barqaror rivojlanishiga ko‘mak beruvchi O‘zbekistonning tog‘ ekotizimlaridagi bioxilmaxillik, yer va o‘rmon resaurslarining global ahamiyatli turlarini saqlash bo‘yicha landshaft yondashuvining samaradorligini namoyish qilishga yo‘naltirilgan.

Kutilayotgan natijalar:

•  Joriy holatni tahlili va manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi;

•  Ehtimolli tavakkalchiliklar aniqlandi; 

•  Loyihaning namuna hududi belgilandi;


•  Mavjud texnik, institutsional va moliyaviy/investitsiyaviy salohiyat, hamda tegishli milliy manfaatdor tashkilotlar bilan o‘tkazilgan maslahatlashuvlar natijalari asosida monitoring va baholashni tashkil etish masalalari belgilab olindi;


•  Mavjud joriy siyosat va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, hamda milliy, viloyat va tuman darajasidagi tegishli strategiya/dasturlar/rejalarni tahlili amalga oshirildi;


•  Barcha manfaatdor va jalb qilingan milliy tashkilotlar vakillari uchun to‘liq loyiha hujjatining yakuniy ko’rinishini taqdim etish, muhikama qilish va tasdiqlash maqsadida seminar o‘tkazildi;


•  Tayyorlangan loyiha hujjati ma’qullash va moliya ajratish uchun GEFga taqdim etildi.

Moliyaviy jihat



Umumiy byudjеt: 185,000 AQSh doll.
GEF: 160,000 AQSh doll.
BMTTD: 25,000 AQSh doll.