O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish: texnik salohiyatni mustahkamlash (2-Komponent)

Loyiha maqsadi:

 

Loyihaning asosiy maqsadlari milliy suv havzalari va fermer xo’jaliklari suv resurslarini samarali boshqarish bo’yicha  institutsional va texnik salohiyatni mustahkamlash , shuningdek, suv va unga bog’liq resurslardan  oqilona foydalanish  bo’yicha xabardorlikni oshirish.

O’zining geografik joylashiuvi sababli  O’zbekistonda barcha  dehqonchilik  va obodonchilik ishlari tamoman sun’iy sug’orishga asoslangan. Shunga qaramay, respublikadagi suv resurslari miqdorining 85 foyizi daryoning yuqori qismida joylashgan qo’shni mamlakatlarda tashkil bo’lib oqib keluvchi suv resurslari hisobidan shakllanadi. O’zbekiston daryo havzalarining  quyi qismda joylashgani sabab qishloq xo’jaligi uchun zarur suv miqdorini ikki asosiy transchegaraviy  daryolar – Amudaryo va Sirdaryodan oladi. Mamlakat yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmida qishloq xo’jalik ulushi katta bo’lmagan qismni tashkil qiladi (25%ga yaqin), ammo aholining bandligi va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minoti nuqtai nazaridan sektor muhim ahamiyatga ega.             

Mamlakatda aholi sonining o’sishi va sanoat rivojlanishi bilan bog’liq suvga bo’lgan talabning yil sayin kuchayishini hisobga olgan holda, mamlakatdagi suv xo’jaligining imkoniyatlarini oshishi natijasida iqtisod va aholining kerakli miqdordagi suv resurslariga doimiy  o’sib borayotgan  talabini qondirish birinchi darajali muhim vazifalardan biridir.

Loyiha Yevropa Ittifoqining “Yevropa Ittifoqining “O’zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish”  dasturi doirasida amalga oshiriladi. Dastur quyidagi uchta o’zaro bog’liq komponentlar doirasidagi ishlarni amalga oshirgan holda O’zbekiston Respublikasidagi suv hushaligiga yordam ko’rsatishga qaratilgan:                                          

  • Komponent 1: “Milliy suv  resurslarini boshqarish tizimi va suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish ”;
  • Komponent 2: “Texnik salohiyatni mustahkamlash”;
  • Komponent 3: “Xabardorlikni oshirish”

Ushbu dasturining 2 Komponentini – “Texnik salohiyatni mustahkamlash” loyihasini BMT TDning O’zbekistondagi vakolatxonasi hamda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi  hamkorlikda amalga oshiradilar.

Kutilayotgan natijalar:

 
  • O’quv dasturlarini amalga oshirishga mas’ul milliy tashkilotlarning salohiyatini oshirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko’zda tutilgan. Bu faoliyat hozirda mavjud va avvalgi o’qitish modullari va ta’lim vositalarini baholash,shuningdek, bu tashkilotlarning salohiyatini mustahkamlash uchun ehtiyojlarini tahlil asosida amalga oshiriladi.
  • Suv resurslarini boshqarish sohasidagi ijrochilarni tashkiliy tuzilmalarini hamda suv ta’minoti bo’yicha yanada sifatliroq xizmat ko’rsatish uchun undanda mukammal maslahat mexanizmlari, shuningdek suv ta’minotini yahshilash va suvni boshqarish unumdorligini oshirish maqsadida suv havzalari irrigatsiya tizimlari, irrigatsiya tizim boshqarmalari, suv istemolchilari  uyushmalari, fermer va dehqon xo’jaliklari hamda joylardagi mahalliy hokimiyat organlari  faoliyatini kuchaytirish ushun talab va imkoniyatlarni baholash asosida moddiy-texnik baza salohiyatini oshirish maqsad qilib qo’yilgan. Suv xo’jaligi xizmati sigfatini oshirish imkoniyatini namoyish etish maqsadida Irrigatsiya tizimlari  havza boshqarmalar, Irrigatsiya tizimlari boshqarmalari va Suv iste’molchilari uyuishmalari orasida bilim va malakararini oshirish bo’yicha tajriba maslahat xizmati markazlarini tashkil etish ko’zda tutilgan.
  • Suv xo’jaligini boshqarish sohasidagi ishtrokchilarning malakalarini oshirish maqsadida yagona o’quv modullarini ishlab chiqish va amalga oshirish belgilangan. Suv xo’jaligi  sohasidagi rahbarlar va suv resurslaridan foydalanuvchilar salohiyati va malakalarini oshirish maqsadida maxsus o’quv modullarini ishlab chiqish va amalga oshirish ko’zda tutilgan. Shu bilan birga suv resurlarini boshqarish sohasida o’qitish va malaka oshirish bo’yicha yagona va tizimli dastur ishlab chiqish maqsadi qo’yilgan.
  • Yevropa Ittifoqining institutlari va mutaxassislari  bilan aloqalarni va hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilgan. Ushbu faoliyat doirasida magistrantlar uchun stipendiya dasturlari hamda suv xo’jaligi mutahasislari uchun sohadagi eng zamonaviy va etakchi Yevropa tajribalarini o’rganish maqsadida o’quv  safarlarini tashkil etilib amalga oshiriladi.
  • Suv resurslarini boshqaruvini nazarda tutgan holda tanlangan pilot hududlarni rivojlanish rejalarini amalga oshirish maqsadida tanlangan hudidning mavjud salohiyatni baholash ishlari olib boriladi. Bunda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ko’rsatkichlar or’ganib chiqilib, mahalliy boshqaruv organlari uchin mahalliy rivojlanish rejalarini tuzish maqsadida qo’llanma ishlab chiqiladi. Shuningdek, suv resurslarini rejalashtirish, ishlatish va tejash bo’yicha mahalliy boshqarub organlari va mahalla fuqarolari uchun o’quv seminarlari va treninglar o’tkaziladi. Mahallalarda (hududlarda) suv va energiya resurslarini samarali ishlatish metodlarini amaliy demonstratsiya dasturlari amalga oshiriladi. Ushbu faoliyat doirasida tanlangan hududlarda tomorqa va dehqon ho’jaliklarini doimiy suv bilan ta’minlashga qaratilgan mahalliy rivojlanish dasturlarini ishlab chiiqiladi.

Moliyaviy ko‘rsatkichlar:



Loyiha byudjeti: 5,678,755 AQSh dollari 
BMTTD 200,000 AQSh dollari
Yevropa Ittifoqi 5,000,000 EVRO