O‘zbekistonning qurg‘oqchil rayonlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash

Loyihaning maqsadi

BMTRDning “O‘zbekistonning qurg‘oqchil rayonlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta’minlash” loyihasi Iqlim O‘zgarishi haqidagi BMTning Doiraviy Konvensiyasi (IO‘DK) Adaptatsiya (Moslashish) Fondi tomonidan moliyalashtiriladi. U Orol dengizi qurib borayotgan halokatli regiondagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadigan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlim o‘zgarishi oqibatlariga nisbatan barqarorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Loyiha markaziy, viloyat va mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda o‘ta zaif fermer va dehqon xo‘jaliklariga, mazkur regionda yer resurslari mahsuldorligining kamayishiga olib keladigan suv ta’minotida jiddiy muammolarni keltirib chiqaradigan, hozirgi kunda kuchayib borayotgan va, bashoratlarga ko‘ra, kelajakda yanada kuchayadigan qurg‘oqchilikka qarshi tura olishlariga ko‘mak beradi. 

Loyiha quyidagi 4 komponentdan iborat: (i) qurg‘oqchilikni boshqarish va uni oldindan ogohlantirish tizimining institutsional va texnik potensialini yaratish; (ii) dehqon xo‘jaliklari uchun qishloq xo‘jaligi (dehqonchilik va chorvachilik) ning iqlimiy barqaror amaliyotlari; (iii) iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqarorlikni orttirishga yo‘naltirilgan, landshaftlar darajasida amalga oshiriladigan, adaptatsiya (moslashish) choralari; (iv) iqlim o‘zgarishiga moslashish haqidagi bilimlardan foydalanish va xabardorlikni orttirish.

Qoraqalpog‘istonda tez-tez takrorlanayotgan qurg‘oqchilik mavjud suv resurslaridagi taqchillikni kuchaytirmoqda. Qishloq xo‘jaligi sektori infrastrukturasiga kiritilayotgan yirik investitsiyalar hamda qurg‘oqchil va mahsuldorligi kam yerlarda joylashgan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadigan zaif fermer va dehqon xo‘jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal etishga qaratilgan progressiv reformalarga qaramasdan, ular ancha qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Qishloq xo‘jaligi sektorida amalga oshirilayotgan reformalarni qo‘llab-quvvatlash va uning taraqqiyoti suratlarini kuchaytirish uchun, bu sohada, zudlik bilan adaptatsion choralar ko‘rish va unga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu tadbirlarning, mamlakatning iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish yo‘nalishidagi harakatlari bilan, jumladan, eng zaif jamoalarga moslashish bo‘yicha tez va, ayni paytda, amaliy choralarni belgilash orqali ko‘mak berish bilan hamohang bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

Loyihada kutilayotgan natijalar

  • Qurg‘oqchilikni boshqarish va uni oldindan ogohlantirish tizimining institutsional va texnik potensiali mustahkamlanadi
  • Qishloq xo‘jaligining dehqon xo‘jaliklarida qo‘llaniladigan iqlimiy barqaror amaliyotlari aniqlanadi
  • Iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqarorlikni orttirishga, 1000000 gektardan ortiq yer resurslarini qamrab olgan, landshaftlar darajasida amalga oshirilgan va yer resurslarini samarali boshqarishga hamda tuproq namligini saqlab qolishni ta’minlashga yo‘naltirilgan adaptatsion tadbirlar va choralarni amalga oshirish orqali hissa qo‘shiladi.
  • Qurg‘oqchil yerlarda dehqonchilik va chorvachilikning iqlimiy barqaror amaliyotini qo‘llash haqidagi bilimlar shakllantiriladi va ular keng doiradagi foydalanuvchilarga havola etiladi.

Umumiy byudjet



Jami:  5,190,878 AQSh doll.
Adaptatsiya Fondi  4,990,878 AQSh doll.
BMTTD  200,000 AQSh doll.