O'zbekistonni Yashil Iqlim Jamg'armasi (YaIJ) resurslaridan foydalanishga tayyorlash dasturi

Loyiha maqsadi

UZB_UN_Green_Climate_Fund_Readiness_Programme_in_Uzbekistan

Loyihaning maqsadi O'zbekiston hukumatiga Yashil Iqlim Jamg'armasi (YaIJ) resurslaridan foydalanish, boshqarish, iqlimiy moliyalashtirish va shu jumladan YaIJ mablag’larini ishlatish va monitoring qilishni samarali rejalashtirish borasida milliy salohiyatini mustahkamlashga yordam ko’rsatishdir.

Ushbu faoliyat davlat siyosati va milliy ustuvor maqsadlar asnosida rejalashtiriladi. Mazkur loyiha jamg’armaning sarmoyalaridan foydalanish va xususiy sektorni jalb etish kabi ikki muhim yo’nalishga qaratilgan. YaIJ tomonidan moliyalashtirish to’liq ishga tushishi uchun bu yo’nalishlarning har biri katta tayyorgarlik ishlari o’tkazishni talab qiladi.

YaIJ resurslarini olish dasturi doirasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan: a) O'zbekistondagi mahalliy organlarning va muassasalarning institutsional salohiyatini barpo etish va oshirib borish. Bunda etibor YaIJga togridan togri murojaat qilishga qaratiladi. b) Iqlimiy o'zgarishlarni oldini olish va bunday o’zgarishlarga moslashishga qaratilgan investitsion strategiyalar, dasturlar va loyihalar tayyorlashda yordam ko’rsatish. Bu masalada xususiy va moliyaviy sektorlarni yaqindan jalb qilish ko’zda tutiladi.

O'zbekistonda YuNEP va BMTTD hamkorligida amalga oshirilayotgan YaIJ resurslaridan foydalanish loyihasi, barcha tegishli davlat organlari, mahalliy moliya institutlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali kuydagi to'rtta tematik komponentlarini amalga oshirishdan iboratdir va shuningdek turli konsultasiyalar davrida aniqlangan YaIJ sarmoyalaridan foydalanishga tayyorligi ko’rsatkichlarini aks ettiradi:

  • YaAJ haqida xabardorlikni va jamg’armaning roli va vazifalari, uning jarayonlari, ustuvor vazifalari va milliy ko'lamda iqlimiy moliyalashtirishdan foydalanishni koordinatsiya darajasi;
  • Iqlim o’zgarishi sohasidagi loyiha va takliflar portfelini shakllantirish va ushbu sohaga investitsiyalarni jalb qilish;
  • Iqlim o’zgarishi va uni oldini olishga qaratilgan loyihalarni moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan chora-tadbirlar uchun investision ramkalar;
  • O’zbekistondagi mahalliy moliya institutlariga, shu jumladan markaziy, mintaqaviy darajadagi moliya institutlari va xususiy sektorga iqlimiy moliyalaltirish loyihalarini aniqlash va ularni samarali baholash haqida o’quv treninglar o’tkazish.

YuNEP tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatidan tashqari, BMTTD loyihaning to'rtta tematik komponentlarni va kutilayotgan asosiy to’rtta natijalarini amalga oshirilishiga ma'sul bo'ladi.

Loyihadan kutilayotga natijalar

  • YaIJ faoliyati hadida xabardorlikni oshirish, uning ustuvor vazifalari, shuningdek iqlimiy o’zgarishlarini moliyalashtirish milliy ko'lamdagi koordinatsiyasi yahshilanishi;
  • Investisiyalarni jalb qilish va loyihalar portfelini shakllantirish buyicha milliy salohiyat oshirilishi;
  • Iqlim o’zgarishini oldini olishga va bu o’zgarishlar oqibatlariga moslashishga qaratilgan loyihalar/dasturlar uchun investision ramkalar ishlab chiqildi, iqlim o’zgarishi masalalarini yechishga qaratilgan eng muhim moliyaviy ehtiyojlari va moliya manbaalari aniqlandi;
  • O’zbekistondagi mahalliy moliya institutlari, shu jumladan markaziy, mintaqaviy darajadagi moliya institutlari va xususiy sector, mahalliy tashkilotlar tomonidan tayyorlangan va moliya manbalarini qidirayotgan, iqlimiy o’zgarishni moliyalashtirishga qaratilgan loyihalarni aniqlab va samarali baholay oladilar.

Umumiy byudjet



Jami byudjet

Germaniya Hukumati (BMUB):

1,589,458 AQSh dollari
BMTTD 1,372,458 AQSh dollari
YuNEP 217,000 AQSh dollari