O'zbekistonda rahbar kadrlarni tayyorlashga ko’maklashish

Loyiha maqsadlari

O’zbekiston davlat xizmati oldida bir qator ustuvor masalalar mavjud. Ushu sohaning ustuvor yo’nalishlaridan biri bu  rahbar kadrlarning malakasini oshirish, ularning professional ta`lim olishlarini tashkil etish orqali samarali va professional davlat xizmati tizimini shakllantirishdir. Rahbar kadrlarining muntazam ravishda malakasini oshirish o’z navbatida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish hamda ma'muriy, iqtisodiy va ijtimoyi o’zgarishlarni amalga oshirishda muhim rol o’ynamoqda. Davlat xizmatining yagona milliy tizimini takomillashtirish masalasi BMTning taraqqiyotga ko‘maklashish bo‘yicha doiraviy dasturining (UNDAF) 2016-2020 yillardagi maqsadlariga to’la mos keladi.

“O'zbekistonda rahbar kadrlarni tayyorlashga ko’maklashish” loyihasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Birlashgan Millatlar tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD)ning qo'shma loyihasdir.

BMTTDning O’zbekistonda demokratik, inklyuziv va samarali boshqaruv hamda davlat xizmatini ta'minlashga qaratilgan keng-qamrovli ko’makchi dasturining ajralmas qismi hisoblanadi. Loyihaning asosiy maqsadi O'zbekistonning davlat sektoridagi rahbar kadrlari va davlat xizmatchilarini uzluksiz qayta tayyorlash uchun institutsional mexanizmini yanada mustahkamlashdan iboratdir.

Loyiha salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan turli xil dasturlarni tashkil etish mavjud o’quv dasturlarini xalqaro standartlar va ilg’or amaliyotga mufoviq takomillashtirish, xorijdagi nufuzli institutlar tajribasini o’rganish, davlat boshqaruvi masalalari hamda davlat xizmati islohotlari doirasida ilmiy tadqiqotlar o’tkazishga ko’maklashish kabi tadbirlar orqali Akademiyaning institutsional va o’quv salohiyatini yanada mustahkamlashga yo’naltiriladi.

Kutilayotgan natijalar

  • Akademiya tinglovchilarining davlat boshqaruvi sohasida ilg’or xalqaro malaka va bilimlarga ega bo`lishi;
  • Davlat boshqaruvini takomillashtirishga oid amaliy taklif va mulohazalarni ishlab chiqish va tatbiq etishga oid salohiyatini yuksaltirish; mavjud o’quv dasturlari va ta’lim sifatini yanada takomillashtirish;
  • Akademiyaning ilmiy-tadqiqot salohiyatini takomillashtirish. Davlat boshqaruvi va davlat xizmatini isloh qilish sohasidagi halqaro tajribaga oid tahliliy materiallar (maqolalar va taqdimotlar) ni tayyorlash;
  • Davlat boshqaruvi organlariga davlat xizmatchilarini odilona baholash asosida ishga qabul qilish masalalariga oid tadqiqotlar o’tkazish;
  • Akademiya o'qituvchilari uchun davlat boshqaruvi sohasida yangi o’qitish usullari va uslublariga bag’ishlangan o'quv treninglarini tashkil etish;
  • Davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish va davlat xizmatini isloh qilish kabi masalalar yuzasidan tajriba almashishga qaratilgan konferensiya, seminar va davra suhbatlarini tashkil etish;
  • Davlat boshqaruviga oid o’quv qollanma va darsliklarni ishlab chiqishga ko’maklashish;
  • Akademiya tinglovchilari va o’qituvchilari uchun xorijdan taklif etilgan professorlar ishtirokida davlat boshqaruviga oid mavzularda yuqori saviyada ma’ruzalar tashkil etishni qo’llab-quvvatlash, shuningdek, mavjud ta’lim dasturlari va o’quv rejalarini baholash;
  • Akademiyaning boshqa yetakchi davlat boshqaruvi tashkilotlari bilan xalqaro munosabatlarini kuchaytirish va kengaytirish hamda o’zaro almashuv dasturlarini tashkil etishga ko’maklashish;
  • DBA tinglovchilari va o’qituvchilarining xalqaro akademik ma’lumotlar bazasiga (misol uchun, JSTOR, IHTT Kutubxonasi, Proquest, Wiley Online Library va boshqalarga) kirishini ta’minlash. 

Byudjet



Umumiy byudjet: 350 000 AQSh dollari
BMTTD
90 000 AQSh dollari
Buyuk Britaniyaning Tashqi Ishlar vazirligi 50 000 AQSh dollari
Hukumat: 210 000 AQSh dollari