Qonun ustuvorligi yo’lida hamkorlik

Loyiha maqsadi

Sud-huquq sohasi islohoti hamda fuqarolik sudlari oshkoraligini ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2010 yilda e'lon qilingan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish milliy kontseptsiyasining asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ushbu islohotlarning amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yil 12 avgustdagi "Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 dekabrdagi “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish  chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, shuningdek, 2014 yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligi to’g’risida”gi Qonunidir.

Fuqarolarning sud xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish ularning huquq va  imkoniyatlarining ta’minlanishi hamda farovonligining kafolati sifatida, BMT bosh assambleyasi tomonidan ishga tushurilgan 2015 yilda keyingi davrda barqaror taraqqiyot bo'yicha ochiq ishchi guruhi tomonidan maqsad sifatida belgilangan. Qayd etilgan islohotlarni inobatga olgan holda, BMTTD O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan hamkorligi doirasida 2012 yilda "Fuqarolik sudlovini takomillashtirish: samarali sud boshqaruvi" loyihasi ishga tushurilgan. Ushbu loyihaning asosiy natijasi 2013 yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda bo’lib o’tgan BMT Bosh Assambleyasining 68-sessiyasida O’zbekiston tomonidan qayd etilgan E-SUD -  sud ishini electron uslubda yuritish tizimining ishlab chiqilish bo’ldi. 

“O’zbekistonda qonun ustuvorligi yo’lida hamkorlik” loyihasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) qo’shma loyihasi hisoblanadi. Loyihaning asosiy maqsadi O'zbekiston adliya tizimiga nisbatan umumiy jamoatchilik ishonchi va sudlarga murojaat qilish imkoniyatini oshirishda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga ko’mak berishga qaratilgan. Loyiha birinchi navbatda Oliy sudga jamiyat ishonchini mustahkamlash, hamda oshkoralik, qonun ustuvorligi va fuqarolik sud ishlarini yuritishda xalqaro e’tirof etilgan standartlarga rioya etish borasida salohiyatini oshirishga ko’mak beradi. Loyiha, shuningdek, demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va sud-huquq tizimini erkinlashtirishga qaratilgan amaldagi islohotlarni amalga oshirishda institutsional va texnik yordamni taqdim etishga qaratilgan.

Loyiha o'z faoliyatida barcha manfaatdor tomonlarning faol ishtirokini ta’minlaydi, jumladan, xo’jalik nizolarini hal etishda oshkoralikni ta’minlash O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Adliya vazriligi qoshidagi Sud departamentining salohiyatini oshirish orqali sud qarorlarining ijro etilishi mexanizmlarini yanada takommilashtirish. Huquqni qo’llash mexanizmlari esa fuqarolarning adolatli sud xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirishini ta’minlash borasida sistemali yondashuv orqali O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Sud departamenti bilan hamkorlikda takomillashtiriladi. Mazkur tashabbuslarning barqarorligini ta’minlash uchun, sud ma’muriyatiga oid yangi tartibotlar va protsessual o’zgarishlar Fuqarolik va Xo’jalik protsessual kodekslariga kiritilib, Adliya vazirligi qo’shidagi yuristlar malakasini oshirish markazi va Toshkent davlat yuridik universitetining o’quv dasturlari va materiallarida o’z ifodasini topadi.

Loyiha maqsadlari:

1) Sudlarning oshkoraligini hamda fuqarolarning sud xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali fuqarolar murojaatlariga nisbatan e’tibor salohiyatini  oshirish.

2) Sudyalar, sud xodimlari va huquqshunoslarning bilim va texnik malakalarini oshirish.

3) Informatsion tizimlarni (interaktiv xizmatlar) ishlab chiqish va joriy etish orqali sudlar faoliyatining samaradorligini oshirish.

Kutilayotgan natijalar

  • Fuqarolik sudlarining aholi bilan qayta aloqa mexanizmini takomillashtirish;
  • Oliy sud internet sahifasi asosida aholi uchun interaktiv xizmatlarni joriy etish;
  • Sudyalar odob-axloq qoidalarini tadbiq etish va ularni sudyalar va sud-huquq tizimi xodimlari orasida keng holda tadbiq etish;
  • Sud faoliyatini rejalashtirish, sud ma’muriyatini yuritish hamda byudjetlashtirish borasida ilg’or amaliyotlarni tadbiq etish;
  • Sudlar oshkoraligini ta’minlash hamda adolat jarayonida fuqarolik jamiyatining faol ishtirokini rag’batlantirish;
  • Fuqarolik sudlarining aholiga bepul huquqiy yordam berishini qo’llab-quvvatlash;
  • O’zbekistonda sud-huquq tizimini isloh etish bo’yicha ochiq muloqotni rag’batlantirish hamda protsessual qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni shakllantirish;
  • Sud qarorlarni ijro etish borasida Adliya vazirligi qo’shidagi sud departamentining salohiyatini mustahkamlash;
  • Sud tizimi xodimlarining kasbiy ko’nikmalarini oshirish borasida texnik yordam ko’rsatish;



Umumiy budjet 1 998 402 AQSh doll.
BMTTD 499 882 AQSh doll.
USAID 1 498 520 AQSh doll.