Mahalliy boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlash loyihasi, 2-bosqich

Loyiha maqsadlari

 

Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirish, ularning hisobdorligi va ochiqligini ta’minlash hamda mahalliy boshqaruvda fuqarolarning keng ishtirokini ta’minlash orqali O‘zbekistonda yanada samarali, hisobdor va inklyuziv mahalliy boshqaruv tizimini joriy etish.

Loyihasining birinchi bosqichi muvaffaqiyatlariga asoslangan holda, loyihaning ikkinchi bosqichi viloyat va tumanlar miqyosida mahalliy davlat boshqaruvi organlarining boshqaruv salohiyatlarini oshirish hamda hisobdor, inklyuziv va tenghuquqli hududiy taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan islohotlarga ko‘maklashadi.

Loyiha faoliyati davlat boshqaruvini markazlashtirishni cheklash, bu boradagi vakolatlarning bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman va shahar miqyosiga o‘tkazishning huquqiy va moliyaviy asoslarini isloh etish, davlat boshqaruvi jarayonlarini qo‘shma ishtirok, qo‘shma boshqaruv va qo‘shma nazorat asosida olib borish hamda boshqaruvga yanada kengroq jamoatchilikni va fuqarolarni jalb etishga qaratilgan. Loyiha Jizzax, Namangan va Toshkent viloyatlarida amalga oshiriladi.

Erishilgan yutuqlar

  • Hujjat” elektron hujjat almashish tizimining yangi platformasi ishlab chiqildi va Jizzax va Namangan viloyatlarining 27 ta hokimliklarida o‘rnatildi. 300 dan ziyod hokimlik xodimlari raqamli imzolar bilan ta’minlandi va AKTdan foydalanish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv kurslarida o‘z malakalarini oshirdi.
  • Jizzax va Namangan viloyatlari, Jizzax va Namangan shahri, Zomin va Yangiqo‘rg‘on tumanlari hokimliklarida 6 ta zamonaviy Axborot xizmati tashkil etildi. Axborot xizmati faoliyati fuqarolarni hokimlik faoliyati haqida axborot bilan ta’minlashga qaratilgan.
  • Fuqoralarga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Jizzax va Namangan shaharlarida 2 ta Yagona oyna markazlari tashkil qilindi.
  • Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish va xarajatlar qismini boshqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
  • Jizzax va Namangan viloyatlari uchun Hududiy rivojlanish strategiyalari ishlab chiqildi.
  • Zomin tumani misolida hududlarda mahalliy turizmni rivojlantirish modeli ishlab chiqildi.



Kutilayotgan natijalar

  • loyihaning birinchi bosqichi yutuqlarini keng tarqatish (Axborot xizmatlari, Yagona oyna markazlari, elektron hujjat almashish tizimi, mahalliy turizmni rivojlantirish modeli, hududiy rivojlanish strategiyasi);
  • joylarda davlat xizmatlari ko‘rsatishning ko‘p qirrali mexanizmiga integratsiya qilish maqsadida davlat xizmatlarining funksional tahlili uchun turli metodologiyalar ishlab chiqish;
  • xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining nazorat, vakillik va qonun ijodkorligi vazifalarini mustahkamlash orqali ularning salohiyatini oshirish;
  • «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Davlat boshqaruvi akademiyasining o‘quv dasturlarini ishlab chiqish jarayoni sifatini oshirishga ko‘maklashish;
  • mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yanada ko‘proq vakolatlar berish, ularning mahalliy boshqaruvdagi hisobdorligini oshirish hamda moliyaviy boshqaruv tizimining sifati va ochiqligini ta’minlash;
  • tajriba hududlarida hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish.

Loyiha byudjeti:

Jami talab qilinadigan mablag‘:

3,000,000 AQSh dollari

2014-2015 yillar uchun ajratilgan mablag‘:

910,195 AQSh dollari

Yetishmayotgan mablag‘:

2,089,805 AQSh dollari