Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlarining sifatini oshirish

Loyiha maqsadi:

Elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha loyiha O‘zbekistonda davlat boshqaruvini takomillashtirish, samarali, qulay va fuqarolarning ehtiyojlariga hozirjavob bo‘lgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini shakllantirish, shuningdek, Internet orqali davlat xizmatlaridan sifatli foydalanish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.

2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturiga kiritilgan muhim chora-tadbirlarni amalga oshirishda loyiha quyidagi yo‘nalishlarda ko‘maklashadi:

  • Internet orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish;
  • e-Hukumat tizimining idoralararo munosabatlarini takomillashtirish va biznes jarayonlarni modernizatsiyalash (BJM)ning samarali mexanizmlarini joriy qilish;
  • «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Markazi salohiyatini mustahkamlash orqali e-Hukumatning institutsional taraqqiyotini kuchaytirish.

Kutilayotgan natijalar:

 

1-NATIJA. Internet orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati oshdi (front-ofis)

  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) ning yanada rivojlanishi va kengayishida ko‘maklashish;
  • Elektron xizmatlar ko‘rsatishning takomillashtirilgan xususiyatlari vositasida tranzaksion onlayn xizmatlarni tatbiq qilishni qo‘llab-quvvatlash;
  • e-Hukumat masalalari bo‘yicha davlat xizmatchilari salohiyatini mustahkamlash;
  • e-Hukumat sohasidagi joriy islohotlar borasida jamoatchilikni keng habardor qilishda ko‘maklashish;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Milliy yagona ma’lumotlar markazi (call-sentr) ning istiqboldagi rivoji bo‘yicha konsepsiyasi va ish rejasini tayyorlash;
  • Elektron hukumat, ochiq ma’lumotlarning qonuniy asoslari va ularni joriy etishning ma’muriy amaliyoti sohalarida ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish;
  • e-Hukumat va ochiq ma’lumotlar sohasida yangi qonunchilik hujjatini joriy qilish bo‘yicha tarmoqlararo dastur va ish rejasini ishlab chiqishda Hukumatga ko‘maklashish;
  • Fuqarolar uchun elektron xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha Kraudsorsing amaliyotini joriy etishda ko‘maklashish.

2-NATIJA. e-Hukumatning idoralararo muvofiqligi yaxshilandi va BJMning samarali mexanizmlari joriy qilindi (bek-ofis)

  • Idoralararo munosabatlarning mavjud jarayonlari, semantikasi, boshqaruv jarayonlari, inson salohiyatining tahlillarini amalshi oshirish;
  • Muvofiqlik siyosati va tasniflariga xos bo‘lgan tavsiyalar/tahliliy ma’lumotlarni taqdim qilinish, shuningdek ularning keng va qo‘shma muhokamasiga ko‘maklashish;
  • «davlat xizmati» atamasini ishlab chiqish, mavjud davlat xizmatlarini inventarizatsiya qilish, shuningdek, davlat muassasalarining shakl va xizmatlari yagona reyestrini shakllantirishda ko‘maklashish;
  • my.gov.uz uchun biznes jarayonlarni boshqarish tizimini ishlab chiqish va joriy qilishda ko‘maklashish;
  • Idoralararo muvofiqlik masalalari hamda funksional tahlil va davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid asosiy o‘quv modullarni ko‘paytirish orqali BJM bo‘yicha salohiyatni oshirishga ko‘maklashish;
  • Idoralararo muvofiqlik masalalari bo‘yicha treninglar uslubiyatini ishlab chiqish va keyinchalik ularni o‘z o‘quv markazlariga joriy qilishlari uchun davlat muassasalariga taqdim qilish;
  • BJM, onlayn xizmatlar ko‘rsatish va idoralararo muvofiqlikga oid xalqaro amaliyot va standartlarni o‘rganish;
  • Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ko‘p kanalli mexanizmi, BJM, tranzaksion onlayn xizmatlar ko‘rsatish, idoralararo ma’lumot va hujjat almashish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqishga ko‘maklashish.

3-NATIJA. Mamlakatda e-Hukumatni institutsional takomillashtirish ishlari «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Markazi salohiyatini ko‘tarish orqali amalga oshirildi. (barqarorlik):

  • «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Markazi salohiyatini oshirishga ko‘maklashish;
  • «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish Markazi tomonidan tashkil etiladigan dastlabki tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash.