Inklyuziv va samarali boshqaruv

  • Ayollarning davlat boshqaruvida ishtirok etishlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolliklarini oshirish uchun huquq va imkoniyatlarini kengaytirish

    «Ayollarning davlat boshqaruvida ishtirok etishlari va ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolliklarini oshirish uchun huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» – bu O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMT Taraqqiyot Dasturi (BMT TD) ning hamkorlikdagi loyihasi. Loyihaning umumiy maqsadi ayollarning davlat boshqaruvidagi faol ishtirok etishini BMT ning Xotin-qizlar huquqlarini kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyasi (CEDAW) ga muvofiq oshirish, ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

  • Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishda ko‘maklashish

    «Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishda ko‘maklashish» – bu O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD) ning hamkorlikdagi loyihasi. Loyihaning umumiy maqsadi Hukumatga davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani davlat xizmatlarini yuqori hisobotdorlik, oshkoralik va fuqarolarning ehtiyojlariga rahmdillik bilan taqdim etish hamda fuqarolarning huquqiy axborotlarga kirish huquqini kengaytirish maqsadida isloh qilish sohasida milliy rivojlanish dasturini amalga oshirishda ko‘maklashishdan iborat. Bir vaqtning o‘zida loyiha O‘zbekiston aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish hamda ko‘p miqdordagi ishchi o‘rinlarini yaratish maqsadida AT-autsorsing potensialini oshirishga yordamlashadi.

  • Qonun ijodkorligi, norma ijodkorligi va Qonunchilik aktlari taʼsirini baholash tizimi (QATBT) ni modernizatsiyalashga koʻmaklashish/2-bosqich

    BMTTD loyihasining faoliyati xalqaro standartlar va isbotlovchi siyosat tamoyillariga muvofiq oshkoralik va keng jamoatchilik ishtirokini taʼminlashni, shuningdek, qonun ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlashni koʻzda tutuvchi boshqaruv muhitini yaxshilash yoʻli bilan qonun ijodkorligi sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan.

  • O'zbekistonda rahbar kadrlarni tayyorlashga ko’maklashish

    Loyihaning asosiy maqsadi O'zbekistonning davlat sektoridagi rahbar kadrlari va davlat xizmatchilarini uzluksiz qayta tayyorlash uchun institutsional mexanizmini yanada mustahkamlashdan iboratdir. Loyiha salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan turli xil dasturlarni tashkil etish mavjud o’quv dasturlarini xalqaro standartlar va ilg’or amaliyotga mufoviq takomillashtirish, xorijdagi nufuzli institutlar tajribasini o’rganish, davlat boshqaruvi masalalari hamda davlat xizmati islohotlari doirasida ilmiy tadqiqotlar o’tkazishga ko’maklashish kabi tadbirlar orqali Akademiyaning institutsional va o’quv salohiyatini yanada mustahkamlashga yo’naltiriladi.

  • Qonun ustuvorligi yo’lida hamkorlik

    Loyihaning asosiy maqsadi O'zbekiston adliya tizimiga nisbatan umumiy jamoatchilik ishonchi va sudlarga murojaat qilish imkoniyatini oshirishda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga ko’mak berishga qaratilgan.