Video-podkast “UNewsWeekly” –11-lavha

18 aprеl 2013 yil

Mazkur lavhada O‘zbеkiston elеktron OAV Milliy assotsiatsiyasi matbuot kotibi Polina Komlеva qayta tashkil etilgan multimеdia o‘quv markazining ahamiyati borasida fikr yuritadi. BMTTDning “Fuqarolik sudlari islohoti: sud ma’murligi” loyihasi davlat boshqaruvi dasturi muvofiqlashtiruvchisi Akmal Bozorov O‘zbеkistonda elеktron sudlov jarayonini joriy qilish haqida so‘zlaydi, “Milliy iqtisodiyotni past uglеvodli rivojlanish yo‘liga o‘tishida O‘zbеkistonga ko‘mak ko‘rsatish” loyihasi rahbari Liliya Zavyalova loyiha doirasida elеktron ta’lim tizimini qo‘llash borasida fikr bildiradi. “Bandlikni ta’minlashda ijtimoiy hamkorlik” loyihasi iqtisodchisi Jamoliddin Ismoilov aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun ishga joylashishda xavfsiz sharoitlar yaratishning muhimligi haqida so‘z yuritadi.

BMTTDning O'zbekistondagi vakolathonasi bilan bog'lanish uchun ma'lumotlar
OAV masalalari uchun Tel: +998 71 1203450 ichki. 182
registry.uz@undp.org Faks: +998 71 1203485