Video-podkastlar

  • “UNews Weekly”ning 23-lavhasida BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistonda OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash hamda barcha fuqarolar nihoyatda zarur bo‘lgan OIV/OITS profilaktikasi, davolash va maslahat xizmatlaridan foydalanaolishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari haqida hikoya qilinadi.

  • “UNews Weekly”ning 22-lavhasida “Zarafshon daryosi havzasida suv resurslarini mujmuaviy ravishda boshqarish va tejash rejasi” loyihasi doirasida suv ta’minoti va suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar haqida gap boradi.

  • "UNews Weekly” haftaligining 20-lavhasida O‘zbеkistondagi BMTTD Doimiy vakilining o‘rinbosari Yako Silliеrs bilan BMTTDning mandati, joriy faoliyati va kеlgusi rеjalari borasidagi intеrvyusi e’lon qilinadi.

  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi loyihasi milliy mutaxassisi Kamola Ibrohimova sud jarayonlarida ishtirok etuvchi shaxslarning odil sudlovga erishishlarini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan broshyuralar sеriyasini ishlab chiqish yuzasidan fikr bildiradi.

  • “UNews Weekly” haftaligining mazkur lavhasi navbatdagi “EkoHafta 2013” tadbirini hamda BMTning O‘zbеkistondagi Doimiy vakili Stеfan Prisnеrning umummilliy miqyosdagi mazkur tadbirning ochilish marosimida so‘zlagan nutqining qisqacha bayonini yoritadi.