Infografika - Yashil iqlim jamg‘armasi

Печать

Yashil iqlim jamg‘armasi (YIJ) iqlim sohasidagi eng yirik jamg‘armadir. Uning dastlabki moliyaviy kapitalizatsiyasi 2014 yilda 10.3 milliard AQSh dollariga teng bo‘ldi. Jamg‘arma 2010 yil Kankun shahrida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Hadli Konvensiyasi tomonlarining o‘n oltinchi uchrashuvida 194 davlat hukumatlari ishtirokida tashkil qilindi.  Uning maqsadi  rivojlanayotgan mamlakatlarda issiqxona gazlari chiqishini kamaytirishga hamda himoyaga muhtoj hamjamiyatlarning iqlim o‘zgarishining muqarrar oqibatlariga moslashishga yordam berishdir.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda YIJ bilan  hamkorlik ishlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston Republikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda BMT Atrof-Muhitning “O‘zbekistonni Yashil iqlim jamg‘armasi resurslaridan foydalanishga tayyorlash dasturi” loyihasi doirasida olib borilmoqda. 

Ushbu infografikda YIJ, uning maqsadi, asosiy organlari haqida umumlashtirilgan ma’lumot berilgan hamda milliy vakolatli organ, akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilot va ijro etuvchi tashkilot kabi muhim tushunchalarga izoh berilgan.