Infografika - Tabiiy sovitish agentlari

un_uzb_Natural_Refrigerants_ru

Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar bo‘yicha Monreal bayonnomasida ko‘rsatilgan Gidroxlorftoruglerodlardan (GXFU) va gidroftoruglerodlardan (GFU) bosqichma-bosqich voz kechish sharoitida samarali, xavfsiz va muqobil sovitish agentini toppish juda ham muhim hisoblanadi. Bu kabi muqobil sovitish agenti sifatida uglerod dioksidi, ammiak va uglevodorodlar kabi tabiiy sovitish agentlari xizmat qiladi.

Ta’kidlash lozimki, tabiiy sovitish agentlari sovitish sohasida qariyb 100 yil davomida qo‘llanilib kelmoqda. Ularning shubhasiz afzalliklari shundaki, ular ozon qatlamini yemirmaydi hamda iqlimga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari ular yuqori samarador bo‘lib, ularni O‘zbekistonda ishlab chiqarish mumkin. Bu esa mamlakatning qimmat sintetik sovitish agentlari importiga bo‘lgan qaramlikni qisqartirish imkonini beradi.

Ushbu infografika O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi hamda Global Ekologik Jamg‘armasining “Iqtisodiyoti o‘tish davridagi mamlakatlar (IO‘DM) hududida gidroxlorftoruglerodlardan (GXFU) foydalanishni jadal qisqartirishning birlamchi bajarilishi - O‘zbekiston Respublikasi” loyihasi doirasida tayyorlangan bo‘lib, unda keng qo‘llaniladigan tabiiy sovitish agentlari haqida umumlashtirilgan ma’lumot berilgan. Bundan tashqari, infografikda tabiiy sovitish agentlarining afzalliklari va kamchiliklari, qo‘llanish sohalari, global isish salohiyati va ozon yemirish qobiliyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.