Infografika – O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish me’yoriy xujjatlarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llashga qabul qilish

стандарты

2017 yil 1 dekabr kunidan boshlab “O‘zstandart” agentligining qaroriga asosan GOST EN  378-1/2/3/4-2014 “Sovitish tizimlari va isiqliq nasoslari. Xavfsizlik va atrof-muhitni muhofazasiga qo‘yiladigan talablar” nomli yangi Yevropa xavfsizlik standarti kuchga kirdi. Ushbu standart ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni iste’moldan chiqarishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi hamkorligida amalga oshirayotgan qo‘shma loyihasi, “O‘zstandart” agentligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida batafsil ishlab chiqildi va joriy qilindi.

Ushbu infografikada O‘zbekiston hududida qo‘llaniladigan standartlarning turlari, ularni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishning bosqichlari  haqida ma’lumot berilgan.