Infografika - O'zbekistondagi ayollar va erkaklar

Barcha insonlar – erkak va ayollar – mamlakatning eng katta boyligidir. Yurt taraqqiyoti jarayonida ularning teng ishtirok etishi demokratik davlat asosini tashkil etadi. Mamlakatimiz aholisining 50 foizini erkaklar, 50 foizini ayollar tashkil etadi. Biroq turli masalalarda, ayniqsa qaror qabul qilish, ta’lim olish, ish bilan ta’minlanish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatlari va mehnat haqi kabi masalalarda erkak va ayollar o‘rtasida katta farqlar hanuz bartaraf etilmagan. BMTTD o‘zining dastur va tashabbuslari doirasida O‘zbekistonda erkak va ayollarning teng huquqliligini ta’minlashga katta hissa qo‘shib kelmoqda. Ushbu infografikada ayol va erkaklarning imkoniyatlari, yutuqlari o‘rtasidagi farqlarni yoritilib, bunday farqlarni bartaraf etish bo‘yicha qator tavsiyalar berilgan.