Infografika - O`zbekiston Respublikasida fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar tizimi

Mazkur infografika, fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar tizimini tushunishni engillashtirish maqsadida Loyiha tomonidan ishlab chiqilgan. Infografika sudlarning bosqichlarga bo`linishini shuningdek, ularning instantsiya bo`yicha vazifalari, hamda sudlovga taalluqlilik qoidalarini o`z ichiga oladi.

Ushbu infografika, birinchi navbatda, huquqshunoslik sohasidagi mutaxassislar, talabalar va huquqshunoslikka qiziquvchi kitobhonlarga mo`ljallangan.

Mazkur nashr O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID)  va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining «O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik» qo`shma loyihasi doirasida tayyorlangan.