Infografika - Davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish

Streamlining Public Service Delivery_1

Davlat xizmatlarini taqdim etish tizimini yanada takomillashtirish yo’lida bir qator xuquqiy, texnologik va tashkiliy vazifalarni bajarish talab etiladi. O’z navbatida ushbu vazifalar echimi vaqt sarflanishimi keskin kamaytirish, xizmat sifatining tubdan oshirish, qogʻozbozlik toʻsiqlarini engib o’tish va davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash kabi maqsadlarni amalga oshirishha yordam beradi.

Davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini takomillashtirish usullaridan biri davlat xizmatlari tartib-taomillarini tubdan qayta ko’rib chiqish va qayta loihalashtirish (reinjiniring) hisoblanadi. Bunda ariza beruvchilarga davlat xizmatidan turli kanallar orqali foydalana olish imkoniyatini yaratish muhim, jumladan davlat veb saytlari, axborot-kiosklari (infokiosk), “Yagona oyna” markazlari, mobil qurilmalar va boshqalar.

BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlari sifatini oshirish” loyihasi tomonidan axborot grafikasi (infografika) tayyorlanib, unda davlat xizmatlarini ko’rsatishning joriy va maqsadli modellari, shu sohaga oid ustuvor vazifalar, shuningdek, ma’muriy jarayonlarning reinjiniringini boshlash boʻyicha talab etilgan xizmatlar taqdim etilgan.