Infografika - Biznesni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

un_uzb_img_infographics_starting_a_business

Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat hisobiga qo‘yish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ–2486-sonli qarorini amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi 2017 yil 9 fevraldagi 66-sonli Hukumat qaroriga muvofiq, tadbirkorlik sub’ektlarini – yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishning mutlaqo yangi tartibi o‘rnatildi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Hukumat qarorini tayyorlashda ishtirok etgan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTTDning “O‘zbekiston Biznes-forumi” (III-faza) qo‘shma loyihasi biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tizimi joriy etilishi bilan nima o‘zgarishi haqida infografikani tayyorladi.