Infografika - Yagona Interaktiv Davlat xizmatlari Portali 2.0: Foydalanuvchi orientatsiya

un_uzb_img_single_e-portal

“Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlari sifatini oshirish” Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va BMTTD o’rtasidagi qo’shma loyihasi tomonidan axborot grafikasi (infografika) tayyorlanib, unda Yagona Interaktiv Davlat Xizmatlari Portali 2.0 dagi asosiy o’zgartirishlar va yangi xizmat turlari taqdim etilgan.

Yagona Interaktiv Davlat xizmatlari Portali fuqoralar va tabirkorlarga xizmat ko’rsatishda ularga eng muhim ma’lumotlarni berishning yagona yo’lidir. Portalning yangi ko’rinishida xizmatlar foydalanuvchilarga alohida yetkaziladi va avtorizatsiyadan keyin foydalanish imkoniyati beriladi. Buning uchun xizmatlar fuqoralar va tadbirkorlar bo’yicha guruhlanadi. Portal may oyida o’z faoliyatini boshlagan.

Yangi versiyada ro’yxatdan o’tish soddalashtirilgan va to’laligicha avtomatlashtirilgan. Yagona Identifikatsion Tizim id.gov.uz, axborot tizimlari majmuasi (ATM) “Litsenziya”, “Soliq”, “Kliring”, “Kommunal” va markazlashgan ma’lumotlar bazasi Yagona Portal bilan birlashtirildi.

Foydalanuvchilar shaxsiy kabineti ham mutlaqo o’zgartirildi. Endi fuqarolar o’z shaxsiy kabinetlariga bir necha xizmat vidjetlari tugmalarini bosish orqali o’zlariga kerakli xizmat turlarini qo’shib qo’yishlari mumkin. Shu yo’l bilan foydalanuvchilar yanada qulay interfeysga ega bo’lishlari va kerakli xizmat turini topishda vaqtni tejashlari mumkin.